Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish texnologiyalari. Fan to’garaklari. Fanga oid qoida, misol, masala,topshiriqlar hamda liyiha ishlarini bajarishning eng sodda usullarini topish va o’rganish reja


Rejalashtirishga qo’yiladigan talablar



Yüklə 109,37 Kb.
səhifə4/5
tarix24.12.2023
ölçüsü109,37 Kb.
#159192
1   2   3   4   5
SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYALARI. FAN TO’GARAKLARI

Rejalashtirishga qo’yiladigan talablar.

Sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasi bu majburiy pedagogik hujjatdir. Ish reja choraklik, yarim va bir yillik tuzilishi mumkin. Hozirgi sharoitda tajribalarning ko’rsatishiga binoan yarim yillik rejasidan foydalanish ancha samara bermoqda. Rejalashtirishda quyidagilar nazarda tutilsa, uning samarasi oshadi:





  1. Reja mahalliy sharoitga qarab, maktabning joylashagan o’rni, albatta, o’quvchilarninrg saviyasi, yoshtga qarab mumkin qadar mos tuzilishi kerak.

  2. Reja muayyan maqsadga qaratshshshi va real (aniq) bo’lishi zarur.

  3. Bolalar va o’smirlar uyushmasi bilan kelishilishi lozim.

  4. Rejada o’quvchilarning kuzgi, qishki, bahorgi va yozgi ta’tillarida

qiladigan ishlari aks etishi kerak.

  1. O’tkaziladigan tadbirlarning bajaruvchi shaxslari, muddati va bajarilishi turi aniq, ko’rsatilishi lozim.

  2. Reja maktab direktori o’rinbosarlari tomonidan ko’rib, direktor

tomonidan tasdiqlanishi shart.
Rejalashtirishda sinf rahbarining pedagogik tayyorgarligi, tajriba va shaxsiy xususiyatlari juda ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyaviy ish jarayonini endi boshlagan, kam tajribaga ega – sinf raxbari, odatda keng qamrovli ish rejasini tuzsa, pedagog esa, chegaralangan reja bilan ishlashi mumkin. Ammo har ikkala holda ham barcha sinf rahbarlarining tarbiyaviy rejasida tarbiyaviy ish faoliyatining asosiy mazmuni hamda yo’nalishlari to’la aks ettirilmog’i darkor. Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi,ta’lim jarayonida ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi.Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalr adaboyoti va xalq o’gzaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish,ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashdan iboratdir.
Sinfdan tashqari o’qish dasturining mazmuniga ko’ra ta’limning har bir bosqichida ikki-asosiy bo’limga ajratiladi.

1-boshqichda o’qish doirasi,ya’ni o’qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o’qish bilan tanishtirish yuzasidan o’quvchilarga ko’rsatma beriladi.


2-bosqichda shu o’quv materiallari asosida bilim,ko’nikma va malakalar shakllantiriladi.


Umumiy o’rta ta’limning Davlat standartlari va o’quv dasturiga ko’ra 1-sinfda sinfdan tashqari o’qish mashq’ulotlarida savod o’rgatish darslarida hosil qilingan ko’nikma va malakalar asosida bolalarning ona vatan,istiqlol,milliy qadriyatlar haqidagi tasavvurlari kengay-tiriladi,boyitiladi.


Sinfdan tashqari o’qish va qiroatxonlik savodlari 1-sinfda haftada 1 marta savod o’rgatish darslarining 20 daqiqasida bolalar badiiy adaboyoti bilan tanishtiriladi.Maqsad kichik yoshdagi bolalarda kitobga mehr uyg’otish, mustaqil uquvlarini paydo qilishdir.Asosan bu sinf o’quvchilariga kitob bilan muamola qilish,kitob o’qish qoidalari, kitobni asrash,asar qahramonlarining hatti-harakatlarini kuzatish,ijobiy tamonlarni o’rgamnish,obrazli qilib qayta hikoya qilib berish, bilim,ko’nikma va malakalarini shakllantirishdir.Bu sinf o’quvchilari uchun asosan rasmlarga boy kitoblar olinadi.O’qituvchi bolalarning his-tuyg’ularini o’stiradigan kitoblarni o’qib berish orqali mustaqil mamlakatimiz,uning go’zal shaharlari,qishloqlari,milliy urf-odatlari,qadriyatlari,o’tmishi,insonlarning orzu-istaklari bilan tanishtiradi.Ularda bilimga havas uygotadi.

2-sinfda o’quvchilar kichik hajmdagi asarlarni o’qituvchining yordami va topshirrigi asosida mustaqil o’qishga o’tadilar.Bu sinfda 2 haftada bir marta sinfdan tashqari o’qish darlari o’tkaziladi.Ona-Vatan va ota-bobolar jasorati,o’simliklar,qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarini o’qituvchi topib,tanlab o’quvchilarga o’qish uchun tavsiya qiladi.


3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida o’quvchilarning mustaqil o’qishlari uchun kishilarninig hayoti,yorqin tasvirlardan,ularning ma’naviy-ahloqiy turmush tarzi aks rttirilgan badiiy va ilmiy-ommobop asarlar tavsiya etiladi.3-4 sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslari ikki harflarda bir marta o’tkaziladi.Bu sinflarda oqituvchi sinf kutubxonasida kerakli bo’lgan o’quvchilar yoshiga mos kitoblarni o’qish darslari ikki haftada bir marta o’tkaziladi.Bu sinflarda o’qituvchi sinf kutubxonasiga kerakli bo’lgan o’quvchilar yoshiga mos kitoblarni to’plashni davom ettiradi.Sinfdan tashqari o’qish burchagi turlicha bezatishi mumkin.Bunda o’qituvchi va o’quvchilar hamkorlikda ish olib boradilar.Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o’qib borilsagina,o’quvchilarning dunyoqarasglarini kengaytirishga,shakllantirishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o’qish bolalarda ezgulikka muxabbat,yozuvlikka nafrat uyg’otish,boglanishli nutqni o’stirish,adabiy-estetik tafakkurlarni yuksaltirishga xizmat qiladi.Bolalr adabiyoti avvalo o’zining qiziqarli mazmuni,badiiy obrazlarning go’zalligi,tilning ifodaliligi,she’riy so’zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch bahsh etadi.Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ham ko’rsatadi.Bolalar adabiyoti o’quvchilarga jonajon o’lka, tabiyatini,kishilarning mehnati,hayoti,ularning qilayotgan ishlari va ko’rsatayotgan qahramonliklari,bolalar hayotidan olingan voqelikni,bolalarning o’yinlarini tushunshga o’rgatadi.
Sinfdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari.

Xalqimimzning tarixi,uning urf odatlari,moddiy va ma’naviy boyliklari,barcha orzu istaklari yillar davomida yaratilgan ertaklarda saqlanib kelmoqda.Kishilar o’z orzu havaslarini yosh avlodlarda il-qizlarida ko’rishni istaydilar.Shu sababdan ham o’quvchilarga ertaklarni o’qishga tavsiya qilinadi.Ertak o’qigan bolalar qiyinchilikni yengishga,botir,jasur bo’lishga intiladilar.O’quvchilar yer yuzidagi barcha insonlarning men bir bo’lagiman,men o’z xalqimga qilayotgan ishlarim bilan ularga munosib bo’lib ulg’ayishim kerak desalargina o’z xalqini munosib farzandlari bo’la oladilar.Ertaklar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiylaydigan baynalminal badiiy quroldir.”Uch og’ayni botirlar”,”Zumrad va qimmat”,”Egri va To’g’ri” kabi bir qator ertaklar o’quvchilarning sevimli ertaklaridir.O’quvchilar bu ertaklardan kishi o’z mehnatiga ishonib yashashni kerakligigini,birovning boyligiga hasad bilan qaramaslik kerak degan hayotiy xulosalarni o’qituvchi yordamida tushinib yetadilar.


“Ur to’qmoq” ertagining bola harakterining shakllanisida alohida o’rni bor: ertak yaxchiga-yaxshi,yomonga-yomon bo’lish kerak degan muhim qoidani o’rtaga tashlaydi.Haqiqatdan ham xalqimizning “Qaynar xumcha”,”Ochil dasturxonlarini zo’rovonlik bilan tortib oladigan shaxslarga nisbatan “Ur to’qmoqlarni ishlatish zarurligini uqtiradi.


Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslari bilan bog’lab olib boriladi.O’quvchilar o’qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsalar,so’ngra bolalarning qiziqishlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o’tadilar.Bunga asosan o’qituvchi o’quvchilar bilan maktab kutubxonasiga,3-4- sinflardan boshlab tuman yoki shahar kutubxonasiga sayohat uyushtirib,bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boraradi.Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham o’quvchilarga ertak,hikoyalar o’qishga yordam beradi.


Sinfdan tashqari o’qish darslari,o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiiy kitoblar axtarish,asar qahramonlarining nomlarini yozish,ularni tasvirlab berish,ijodiy rasm ishlash,fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi.


Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asarlarni o’quvchilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin.Bu boladagi nutqni rivojlantirishga,lug’at boyligini oshirishga yordam beradi.Shungdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o’quvchilarning diqqatilari oshib xotiralarida saqlash qobiliyati o’sadi.

Hatto sahnalashtirish o’quvchini har tomonlama yo’naltiradi,ya’ni aktiyorlik qobiliyatini rivojlantiradi,suxandonlik,rejissorlik kabi kasblarda ilk tasavvurlarni o’rgata boshlaydi.Asarni sahnalashtirishga davrida albatta o’qituvchi rahbarlik qiladi.O’quvchilar ifodali o’qishlari o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga,badiiy asarga havas,uni o’qib o’rganishga intilish uyg’toadi.Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qituvchi o’quvchilarni


bolalar yozuvchilari va shoirlar bilan tanishtirib borishi lozim.Q.Muhammadiy,P.Mo’min,Z.Diyor,A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi.Shuning uchun har bir maktab, ta’lim muasssasi o’quvchilar o’rtasida turli mavzularda ijod ahli bo’lgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishlari kerak.Bunday uchrashuvlar o’quvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi.Kitobni,asarni qanday paydo bo’lishini,uni hurmat qilish, asrab-avaylashni o’rgatadi.Shunday qilib badiiy adabiyot,bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirish,yorqin obrazlar yaratish bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtradi.Ularda hayot go’zalligini idrok etishga o’rgatadi.So’z san’ati badiiy asarda o’z ifodasini topadi.Xalq badiiy so’zning yosh avlod tarboyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan.Badiiy so’z xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan.Buning uchun esa o’quvchi albatta og’zaki xalq ijodni yaqindan o’rganishi lozim.Ertaklar-yaxshilikka yetaklar deganlariday o’quvchi ertaklar bilan tanishar ekan mard,jasur,vatanparvar,mehribon bo’lishga,topishmoqlar o’qir ekan,topog’on,bilimdon,zukko bo’lishga intiladi.Shu bilan bir qatorda sinfdan tashqari o’qish darslarini samaradorligini o’stirishda “Sinfdan tashqari o’qish” burchagini yuritish juda katta ahamiyatga ega.Chunki “Sinfdan tashqari o’qish burchagi turlicha bezatilishi mumkin.Bu ishlar o’quvchilarning ilg’or pedagogik mahoratiga va ijodkorligiga bog’liqdir.”Sinfdan tashqari o’qish burchagi” qanday bezatilmasin,u yerda topshiriq,,rasm va shu kabilarni ishlab ilib qo’yish uchun taxta yoki kitob javoni bo’lishi shart.


O’quvchilar ikki xafta davomida kitoblar bilan tanishadilar.O’zlariga yoddan asar qaxramonlarining rasmlarini chizadilar,aplikasiyalar bilan bezatilgan rasmlar ham tayyorlashlari mumkin.Xafta yakunida o’qigan kitoblari asosida sahna ko’rininshlari tayyorlaydilar,monolog va diologlar o’qiydilar.Savol-javob,test uslublaridan foydalanadilar. Darslar jarayonida o’rgangan xalq maqollari,hikmatli so’zlar,tez aytishlardan foydalanib o’quvchilarning o’g’zaki nutq ko’nikmalarini shakllantiish,mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga ega bo’ladilar.
Jamoat tashkilotlari o’quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtlarda olib boriladigan xilma-xil mashg’ulotlarni o’qituvchilar yordamida tashkil qiladilar.

Sinfdan tashqari ishlar o’z mazmuniga ko’ra juda xilma-xil: ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, ijtimoiy foydali, badan tarbiya-sog’lomlashtirish ishlari bo’ladi. Sinfdan tashqari ishlar uch xil formada: ommaviy, to’garak va individual formalarda tashkil qilinadi.



Yüklə 109,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə