Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


MAKTABLARDA AXBOROT KOMMUNIKASION TEXNOLOGIYALARINI TARBIYAVIY ISHLARDA QO’LLANILISHI



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə163/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   182
to\'plam tayyor

MAKTABLARDA AXBOROT KOMMUNIKASION TEXNOLOGIYALARINI TARBIYAVIY ISHLARDA QO’LLANILISHI
Farg`ona davlat universiteti “Aniq va Tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Baxromov Mansur Maxsud o‘g‘li
Annotatsiya: Informatika fanini o`rganishda fanlararo aloqadorligidan foydalanish hamda integratsiyalashgan darslarni o`tkazish metodikasini o`rganish. Informatika fanini boshqa fanlar bilan aloqadorligi bo`yicha ilmiy-mеtodik adabiyotlarni o`rganish; Informatika fanini tabiiy fanlar bilan aloqadorligi bo`yicha metodik asoslarni o`rganish.
Annotation: Study of the use of interdisciplinarity in the study of computer science and the methodology of conducting integrated classes. Studying scientific and methodical literature on the relationship of computer science with other disciplines; To study the methodological bases of the relationship between computer science and natural sciences.
Kalit so'zlar: Telekommunikatsiya, Axborot kommunikasiya, texnologiya, . Elektron fotoalbomlar.
Key words: Telecommunication, Information communication, technology, . Electronic fossils.
Maktablarda axborot kommunikasion texnologiyalari maktab hayotining har bir tomoniga o’zgartirishlar olib keldi. Birinchi navbatda o’quvchining o’rni o’zgardi. U ta’lim olish jarayonining faol qatnashchisiga aylandi, o’qituvchining yaqin hamkori sifatida namoyon bo’la boshladi. Yani o’quvchi o’qituvchiga darslarni o’tkazishda, tarbiyaviy tadbirlarni tashkillashtirish va o’tkazishda ko’mak bera boshladi. Bu ayniqsa o’smirlik davrida juda mihim hisoblanadi, chunki aynan shu davrda o’qvchida bilim olishga bo’lgan qiziqish bir muncha so’nadigan davr xisoblanadi. Axborot texnologiyalariga bo’lgan qiziqish o’quvchini darslarga bo’lgan qiziqishini to’xtatib qo’ymasligiga yordam beradi. Ta’lim-tarbiya berishda axborot kommunikasion texnologiyalarni maktabda qiyidagi o’rinlarda ishlatishimiz mumkin:

  • Telekommunikatsiya – maktabning mahalliy tarmog’ini kengaytirish, telekommunikatsiya loyihalarida ishtirok etish;

  • Nashityotchilik ishlarini olib boorish;

  • Electron xujjat tushunchalarini takomillashtirish

  • O’quv jarayonini monitoringini yuritish ishlari

  • Maktabning statistic xisobotlarini olib borishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish.

Axborot kommunikasion texnologiyalarni tarbiyaviy ishlarda qo’llash turli loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Yaqin kelejakda ta’lim-tarbiya jarayonida multimediya loyihalarini yaratish odatiy xolga aylanishiga bo’lgan ishonch ortib bormoqda. Songgi bir necha yillar ichida kompyuter texnologiyalarini ta'lim jarayonida o’z o’rniga ega bo’ldi. O’z darslarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanmaydigan o’qituvchining o’zi qolmadi. Biroq bolalar bilan tarbiya ishlarida axborot kommunikasiya texnologiyalarining vazifasi hali tugagani yo’q. Maktabda bolalarning tarbiyasi bilan asosan ularning sinf raxbari shug’ullanadi. Hamda ota-onalr bilan ham asosan sinf raxbarlari uchrashuvlar olib borishadi. Bundan tashqari bir yilda 2 marta umumiy ota-onalar majlislari olib boriladi.Bunday tadbirlarda o’qituvchilar albatta axborot texnologiyalaridan foydalangan xolda taqdimotlar o’tkazishadi bu esa ota-onalarni maktabga bo’lgan etibor va qiziqishini orttiradi. Kommunikativ aloqa funksiyasiga sinfda umumiy ijobiy iqlimni targ’ib qilish kiradi. Xayrixoh shaxslararo munosabatlarni paydo bo’lishi sinfdagi o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati natijasida yuzaga keladi. Bunday faoliyat sinf soatlari, axborot soatlari umumta’lim tadbirlari bo’lishi mumkin va albatta bunday tadbirlar o’qituvchi yoki o’quvchilar tomonidan yaratilgan taqdimotlar bilan birga o’tadi. Internet resurslari yordamida suhbatlar, treninglar va davra suhbatlari uchun ma’lumot toppish yanada osonlahsdi. Elektron fotoalbomlarni yaratish bolalarning maktab hayotidagi eng yorqin daqiqalarini yodda tutishiga olib kelmoqda. Maktab an'analarda yashaydi. Ammo ularni bugungi kunda saqlab qolish uchun yangi shakllar yoki yangi tarkib yoki yangi ish texnologiyalari talab qilinadi. Shuning uchun tarbiyaviy tadbirlar, soatlarni tashkillashtirilishiga axborot texnologiyalari jalb qilinmoqda. Ba’zi maktablarda maktab gazetalari nashr qilinib unda o’quvchilar tomonidan yozilgan she’rlar to’plamlari chop qilinmoqda yoki maktab saytlariga yuklanib borilmoqda. Raqmli kamera maktabning video arxivini yuqori sifatli materiallar bilan to’ldirish va bitiruvchilarga noyob estaliklar to’plamini tayyorlash imkonini beradi. Kompyuter dasturlari yordamida ishlab chiqilgan diplomlar, faxriy yorliqlar bu tadbirlarni yanada yorqin qilish imkonini beradi. Sport va dam olish ishlarini tashkil qilishda axborot texnologiyalarini “sog’lom turmush tarzi”, “giyohvandlikka qarshi” kabi mavzularda profilaktik suhbatlar o’tkazishda ishlatilsa bo’ladi. O’quvchilar nafaqat o’qituvchi tomonidan taqdim etilgan mashhur ilmiy filmlarni tomosha qilish bilan cheklanib qolmay, balki o’zlarini axborot izlashga jalb qilishadi. Misol uchun ular quyidagi mavzularda ma’lumotlar yig’ishlari mumkin: “Mobil telefon : yaxshi yoki yomon”, “Zamonaviy jamiyatda klonlash muammolari” va hakazo.
Yuqoridagilarni barchasi maktabda tarbiyaviy ishlarning o’sishiga olib keladi. Uni yanada yuqori darajada olib borilishiga erishiladi. Tarbiyaviy ishlarrni tuzilishi jihatidan zamonaviy, talab darajasiga olib chiqadi.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə