Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA “YASHIL IQTISODIYOT” TAMOYILLARINI JORIY QILISH QILISH MASALALARI



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə41/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   182
to\'plam tayyor

O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA “YASHIL IQTISODIYOT” TAMOYILLARINI JORIY QILISH QILISH MASALALARI
Tursunov Ozodbek Badalovich
Rahimova Kizlarxon Ne’matjon qizi
FarDU sirtqi bo’lim o’qituvchilari
Rahmatova Yoqutxon Abduvali qizi
FarDU sirtqi bo’lim iqtisodiyot yo’nalishi
3-bosqich talabasi


Annotatsiya: Maqolada O’zbekiston iqtisodiyotiga yashil iqtisodiyot mexanizmlarini joriy etish masalalari muhokama qilinadi. Respublika va iqtisodiyot tarmoqlaridagi qonunchilik bazasi yashil mexanizmlarni joriy etish darajasi nuqtai nazaridan tahlil qilindi. Sanoat, qishloq va suv xoʻjaligi hamda shahar infratuzilmasini oʻrgangan.
Kalit so’zlar. Yashil iqtisodiyot, iqtisodiyotni ekologiyalashtirish, mintaqalar, strategiya, sanoat rivojlanishi, quyosh energiyasi, fotoelektr stansiyasi.
Barqaror rivojlanishning asosiy maqsadlaridan biri tabiat va uning boyliklarini nafaqat bugungi avlodga yetkazish, balkim, kelgusi avlodga ham asrab-avaylagan holda yetkazishdan iborat. Barqaror iqtisodiy o’sishga to’liq erishish kundan-kunga dolzarblik kasb etib boradi. Bu ishlab chiqarishning pasayib ketishi, aholining iste’mol darajasining kamayishi, muammoli hududlarning yuzaga kelishi bilan bog’liq holda jamiyatning inqirozli vaziyatlarini yuzaga keltirish oqibatida barqaror rivojlanish uchun yangi g’oyalar va tamoyillarni shakllantirish asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni asoslarini yaratishni talab qiladi.
Jahon iqtisodiyoti va uning ayrim davlatlari, mintaqalari iqtisodiyotining faoliyati samaradorligi hozirgi zamonda yashil iqtisodiyot tamoyillarini keng joriy qilgan holda barqaror iqtisodiy rivojlanish muammolarining yechimi bian uzviy bog’liq. Iqtisodiyotni ekologiyalashtirish pirovard natijada ekologiya va iqtisodiyotning rivojlanishidagi muammolarning uzviy bog’liqligi namoyon bo’luvchi yangi yo’nalishni, yangi fanni – Yashil iqtisodiyotni yuzaga keltirdi.
Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish zamonaviy dunyoda har bir mamlakat va uning mintqalarining samarali rivojlanishida davlat siyosatining uzviy bir qismi bo’lib, davlat boshqaruvining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib qoldi. Har bir mamlakatda uning mintaqalari o’zlarining hozirgi qaysidir rivojlanish bosqichlarida yashil iqtisodiyotning ma’lum bir yo’nalishiga ustunlik beradi. Mamlakat mintaqalarida yashil iqtisodiyotning joriy qilinganlik darajasi uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini, raqobatbardoshligini ko’rsatib beruvchi omillardan biriga aylandi.
Yashil iqtisodiyotning joriy qilinganlik darajasi mintaqalar va mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasini belgilab berar ekan, albatta har bir mamlakat va uning mintaqasi ishlab chiqarishning ushbu bosqichiga o’tishini talab etadi. Mamlakat va uning mintaqalarida yashil iqtisodiyotni joriy qilish ularning iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy rivojlanishini belgilab berar ekan, har bir mintaqa va mamlakat ushbu bosqichga tezroq va samarali tarzdavo’tishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
O’zbekiston Respublikasi va uning mintaqalarida yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari to’liq tadqiq etilmagan. Mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirishda yashil iqtisodiyotning joriy qilishning nazariy-ilmiy asoslarini hududiy xususiyatlarni inobatga olgan holda ishlab chiqish mazkur masalaning dolzarb mavzuligini namoyon qiladi.
Mamlakatda yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida ishlab chiqarishni rivojlantirish yangi yo’nalish bo’lib, asosan 2017 yildan keyin e’tibor qaratila boshlandi. Mazkur yo’nalishda huquqiy-me’yoriy asoslar ham yaqin o’tmishdan shakllanib kelmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni hamda 2017 yil 26 maydagi PQ 3012 sonli “2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida”gi Qarori, 2019 yilning 30 oktyabridagi PF-5863 sonli “2030 yilgacha bo’lgan davrda O’zbekiston Respublikasining .trof muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 oktyabrdagi PQ-4477 sonli “O’zbekiston Respublikasining 2019-2030 yillarda “yashil iqtisodiyot”ga o’tish Strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlari shular jumlasidan. Mazkur hujjatlarda yashil iqtisodiyotga o’tish O’zbekiston iqtisodiyotining strategik yo’nalishlaridan ekanligi ta’kidlab o’tilgan.
“O’zbekiston Respublikasining 2019-2030 yillarda “yashil iqtisodiyot”ga o’tish Strategiyasida asosiy yo’nalishlar sifatida quyidagilar belgilangan:
Iqtisodiyotning quyidagi bazaviy tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish bo’yicha:
elektro energetika sohasida: amaldagi elektr stantsiyalarining mavjud quvvatlarini bug’-gazli va gaz-trubinali qurilmalarni o’rnatish, jarayonlarni to’liq avtomatlashtirish va nazoratlarni raqamlashtirish orqali rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish;
issiqlik energetikasi sohasida: issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni joriy qilish, qozonxonalardagi eskirgan texnologiyali uskunalarni rekonstruktsiya qilish, yangi hisoblash uskunalari bilan modernizatsiya qilish, qozonlarda suvni qizdirishda geliokollektorlardan foydalanish tizimlarini qo’llash;
neft-gaz sohasida; kompressor stantsiyalari, past va o’rta bosimli gaz taqsimlash tizimlarini modernizatsiya qilish evaziga tabiiy gazni qazib olish, tashish va qayta taqsimlash jarayonlaridagi yo’qotishlarni qisqartirish, shuningdek, uglevodorodlarni yo’qotishni nazorat qilish (SCADA) tizimlari kabi samarali tizimlarni joriy qilish, neft va gaz qazib oluvchi ob’ektlarda muqobil energiya manbalaridan foydalanish;
Energiya resurslari iste’molini diversifikatsiya qilish va tiklanuvchi energiya manbaalaridan foydalanishni rivojlantirish bo’yicha:
tiklanuvchi energiya manbalari sohasida: qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinadigan energiyalarni ishlab chiqarish, tashish, sotib olish bilan bog’liq tarif siyosatini liberallashtirish, bunday manbalardan foydalanuvchi uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash;
binolarni qurish va ekspluatatsiya qilish sohasida: binolarning energiya samaradorligini oshirish bo’yicha davlat dasturlarini joriy qilish, qaysikim, o’z ichiga ko’p qavatli uy-joylarni rekonsturktsiya qilish, qurilish me’yorlarini kamida har 5 yilda bir marta qayta ko’rib chiqish, energiya samaradorlik talabalarini qat’iylashtirib borish tizimi orqali issiqlik bilan ta’minlashning yopiq tizimlarini joriy qilish, energiyani tejash borasida rag’batlar tizimini qo’llash, ijtimoiy sohada energiyadan samarali foydalanganlikni rag’batlantiruvchi tariflarni joriy qilish;
transport sohasida: Yevro-4 standartlari doirasida energiya samaradorligi va ekologik tozalik yo’nalishlarida yaxshilangan tavsiflarga ega avtotransport vositalarini, elektromobillarni, gibrid dvigatelli avtomashinalarni ishlab chiqarishni kengaytirish, uglevodorodli yonilg’ilardan bosqichma-bosqich voz kechish, elektr transport tizimini rivojlantirishni rag’batlantirish, yangi transport va logistika tizimlarini yaratish, yo’l infratuzilmasini yaxshilash;
Iqlim o’zgarishlari oqibatini yumshatish va unga moslashish, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy ekosistemalarni saqlab qolish bo’yicha:
suv xo’jaligi sohasida: yerning yanada sho’rlanishi va sifatining yomonlashishining oldini olish, gidrotexnik inshoatlar, nasos stantsiyalar va suv omborlari qurish hamda rekonstruktsiya qilish, bunda axborot-kommunikatsion texnologiyalarni va innovatsiyalarni suv xo’jaligida keng qo’llash, qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda energiya samarali va suvni tejovchi texnologiyalarni qo’llash;
qishloq xo’jaligi sohasida: degradatsiyalangan yaylovlarni tiklash, qishloq xo’jalik ekinlarini diversifikatsiyalash, suv manbalarini qishloq xo’jalik chiqindilari bilan ifloslanishini bartraf qilish, o’simlik va hayvonlarning sho’rlanishga, qurg’oqchilik, iqlim injiqliklari kabi notabbiy jarayonlarga, xavflarga chidamli va mos navlarini hamda zotlarini yaratish;
qattiq maishiy chiqindilar sohasida: qattiq chiqindilarni yig’ib olish va zararsizlantirish xizmati bo’yicha aholining barcha qatlamini to’liq qamrab olish, qattiq chiqindilarni yig’ish va qayta ishlash borasida zamonaviy va samarali tizimlarni joriy qilish, qattiq maishiy chiqindilarni muqobil energiya manbalari sifatida ishlatish [2].
Yaylovlarning to’rtdan uch qismi turli darajada degradatsiyalashgan. Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning hosildorligi so’nggi 25 yilda 2 baravarga pasaygan. Ozuqa ekinlarining hosildorligi 1 gektarda yiliga o’rtacha 2 foizga kamayib bormoqda.
Qishloq xo’jaligini yashillashtirish maqsadida 2016 yildan keyin boshlangan islohotlar bandlik, hosildorlik, suv sarfi, daromadlilik yo’nalishlarida o’zining samarasini ko’rsatishi mumkin. Qishloq xo’jaligida ish jarayonlarining avtomatlashmagani hamda raqamli texnologiyalarning qo’llanilishi pastligi bois sohada eng ko’p ishchilar band. Qishloq xo’jaligini yashillashtirish tarmoqda yangi yo’nalishlarda ish o’rinlari yaratilishiga sabab bo’ladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlarini yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida rivojlantirish darajasi qoniqarli emas. Bu borada ishlar boshlangan, biroq tarmoqlar va mintaqalar, hududlar doirasida turli darajada va bosqichlarda bormoqda. Eng asosiysi mamlakatda iqtisodiyotni yashillashtirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Buning uchun ushbu yonalishlarda ilmiy izlanishlarni ko’paytirish, sohaga investitsiyalarni keng jalb qilish, mazkur yo’nalishlardagi faoliyat va ishlab chiqarishni rag’batlantirib borish mexanizmlarini joriy qilish zarur bo’ladi.



Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə