Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


IQTISODIYOT VA UNING TARMOQLARINI RAQAMLASHTIRISH VA TEXNOLOGIYALARNI OLIB KIRILISHI



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə39/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   182
to\'plam tayyor

IQTISODIYOT VA UNING TARMOQLARINI RAQAMLASHTIRISH VA TEXNOLOGIYALARNI OLIB KIRILISHI
Tursunov Ozodbek Badalovich
Rahimova Kizlarxon Ne’matjon qizi
FarDU sirtqi bo’lim o’qituvchilari
Abduraxmonova Shoxista Abdurasulovna
FarDU sirtqi bo’lim iqtisodiyot yo’nalishi
3-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
Hozirgi kunda texnika va texnalogiyalar borgan sari rivojlanmoqda. Ushbu maqolada, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini raqamlashtirish va yangi texnika va texnalogiyalarni olib kirishni yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: Iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyot, raqamlashtirish, raqamli texnalogiyalar.

Bugungi kunda texnika va texnalogiyalar shu qadar rivojlanmoqdaki, kirib bormagan sohalar, ishg'ol qilmagan devorlar qolmagan. Albatta, iqtisodiyot sohasiga ham kirib keldi va biz yangi iqtisodiyotni kashf etdik. Biz bu iqtisodiyotni raqamli iqtisodiyot deb ataymiz. Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir.


Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo'lmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda, qanday o'zgarishlar ro'y berishi mumkinligini aytib o'tgan.
So'ngi vaqtlarda "raqamli iqtisodiyot" tushunchasi juda ko'p marta qo'llanilmoqda. Darhaqiqat, ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiy ularning rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazgan. Jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot muhim rol o'ynaydi.
Demak, ushbu maqola raqamli iqtisodiyot haqida bo'ladi. Una "Raqamli iqtisodiyot nima?", "Raqamli iqtisodiyot vazifalari va maqsadlari", "Raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishdagi to'siqlar" kabi muhim savollarga javob izlashga harakat qilamiz.
Ushbu mavzuni yoritishdan avval, kundalik hayotimizda ro'y berishi mumkin bo'lgan bir holatni qarab chiqsak. Tasavvur qiling, juma kuni ishdan uyga keldingiz, oila a'zolaringiz davrasidasiz, birdan shanba va yakshanba dam olish kunlari mashinada Samarqand viloyati va Samarqand shahriga sayohat qilish fikri paydo bo'ldi. Lekin Sizning shaxsiy mashinangiz yo'q. Shunda Siz kompyuter yoki smartfoningiz orqali mashinalarni ijaraga taqdim etuvchi kompaniyalar saytlari yoki mobil ilovalariga kirib, ism-sharifingiz, haydovchilik guvohnomangiz raqamini kiritib, ikki kunga 6 kishilik oilaviy mashina buyurtma berdingiz. Endi sayohat yo'nalishi tanlash kerak. Qayerlarga boriladi, qaysi muzey, tarixiy obidalarga tashrif buyuriladi. Shunda Siz sayyohlik xizmatini ko'rsatadigan agentliklar saytlari yoki mobil ilovalariga kirib, oila a'zolaringiz sonini kiritib, o'zingizga va oila a'zolaringizga qiziq bo'ladigan sayyohlik yo'nalishini tanlaysiz. Shunda shanba kuni ertalab uyingiz oldida 6 kishilik mashina, smartfoningizda muzey va tarixiy obidalarga kirish chiptalari va mehmonxonada tunab qolish uchun oldindan buyurtma qilingan joy bo'ladi. Siz hech qayerga bormasdan, hech kimga qo'ng'iroq qilmasdan ikki kunga oilaviy, mashinada, sayohatni tashkil qildingiz. So'ng Samarqandga yo'l oldingiz. U yerda ikki kun aylangan so'ng, yakshanba kuni uyga qaytishda ozgina charchaganingizni sezdingiz, bundan tashqari dushanba kuni ishga borish kerak. Shunda Siz smartfoningizni olib darrov o'zingizga va oila a'zolaringizga Afrosiyob tezyurar poyezdlariga chipta olib, vokzalga borasiz va uyga yo'l olasiz, mashina vokzalda qoldiriladi. Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida elektron tijorat, internet banking, elektron tulovlar, internet reklama va shu bilan birga, internet o'yinlari ko'riladi.
Axborot texnologiyalarini rivojlanishi va tadbiq qilinishi evaziga kundalik hayotimizda juda ko'plab qulayliklar paydo bo'lmoqda. Deylik ovqatlanmoqchimiz, lekin uni tayyorlashni xohlamaymiz, muommo emas, internetdan uyga ovqat yetkazib berish xizmati orqali xohlagan taomni onlayn buyurtma qilishimiz mumkin. Yoki do'stimizga pul o'tkazishimiz kerak, bunda atelabga bank yoki moliya muassasalariga borishga hojat yo'q, biz pulni mobil bank orqali o'tkazishimiz mumkin. Shu kabi ko'plab xizmat turlarini onlayn, smartfon yoki kompyuter orqali amalga oshirishimiz mumkin.
O'zbekistonda "Raqamli 0'zbekiston-2030" dasturini ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni shakllantirish, qolaversa, innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish bo'yicha davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining uzviy hamkorligini ta'minlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali, mamlakatda "axborotlashgan jamiyat" muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Click, Payme, M-bank, Upay, Oson va boshqa onlayn to'lovlarga imkon beruvchi to'lov tizimlari mavjud bo'lishiga qaramay mobil to'lovlar, internet, kommunal to'lovlar uchun onlayn to'lovlarni amalga oshirish ko'rsatkichi yuqori emas. 2017 -yilda 34 foiz hisob egalari raqamli to'lovni amalga oshirgan. Solishtirish uchun bu ko'rsatkich Buyuk Britaniyada 96 foizga teng. E'tiborlisi, terminal orqali to'lovlar son oshib bormoqda. Masalan, 2018-yilda terminal orqali to'lovlar 53 trillion so'mni tashkil etgan.
Raqamlashuv va kiberxavfsizlik tushunchalari doimo yonma-yon keladi. Chunki barcha tizim va jarayonlarni raqamlashtirish bilan birga, ularning texnik jihatdan mukammal va bexato ishlashini, xavfsizligini ta'minlash muhim hisoblanadi. Yurtimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qanchalik e'tibor qaratilayotgan bo'lsa, kiberxavfsizlikni ta'minlash ham shuncha dolzarblik kasb etmoqda. O'zbekiston kiberxavfsizlik global indeksida o'zi pozitsiyasini mustahkamlab bormoqda. 2017-yilda mamlakatimiz bu reytingda 93-o'rinni egallagan bo'lsa, 2018-yilda 52-o'ringa ko'tarildi.
Kiberxavfsizlik axborot xavfsizligining bir ko'rinishi bo'lish bilan axborotlarni saralab olishga xizmat qiluvchi yuksak ma'naviyatdan o'zgacharoq tushuncha. U ko'proq texnik jarayonlarga oid bo'lib oddiy foydalanuvchi uchun pochta, ijtimoiy tarmoqlar, to'lov tizimlarida ishonchli va mustahkam parollarni o'rnatish, o'z shaxsiy kompyuteri va smarfonini viruslardan himoyalashni anglatadi. Kengroq ma'noda esa kiberxavfsizlik tarmoqlar, mobil ilovalar va qurilmalarning himoyasiga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Bu ma'lumotlar konfidensialligini saqlash, ularning butunligini himoyalash, u yoki bu sayt, ilova, dasturning to'laqonli ishlashini anglatadi.
"Kiberxavfsizlik markazi" DUK tahlillariga ko'ra, 2019-yilda internetning milliy segmenti veb-saytlarida 268 ta kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu raqamli olamdagi huquqbuzarliklar soni oldingi yilga qaraganda 44 foizga kamaygan deganidir. Shulardan 222 tasi kontentni ruxsatsiz yuklash, 45 tasi defeys (veb-sayt sahifasi boshqa, masalan, reklama joylashtirilgan sahifaga almashtirilishini anglatuvchi xakerlik hujumi) va bittasi yashirin mayning (kriptovalyuta platformasidagi yashirin faoliyat) ulushiga to'g'ri keladi.
Internetning milliy segmentini monitoring qilish natijasida 130 mingdan ziyod kiberxavfsizlikka tahdidlar aniqlangan. Shundan 106 508 ta holat botnet tarmoqlari ishtirokchilariga aylangan xostlarga tegishli. 13 882 ta holat spam-elektron pochta yoki parolni buzishi sababli turli xizmatlar tomonidan qora ro'yxatga olingan IP-manzillarni blokirovka qilish bilan bog'liq. 8 457 ta holat TFTP (Trivial File Transfer Protocol - fayl uzatishning oddiy shakli) protokoli va tegishli portlardan foydalanish bilan bog'liq bo'lib, ular utentifikatsiya mexanizmlari yo'qligi sababli begona kontentni yuklab olishga olib kelishi mumkin. 2 114 ta holat RDP (Remote Desktop Protocol-masofaviy ish stoli protokoli) zaif protokoli ishlatilishi bilan bog'liq. 1 042 ta holat dasturiy ta'minot va ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida autentifikatsiya mexanizmiga ega bo'lmagani, shuningdek muddati tugagan yoki yaroqsiz imzoga ega SSL-sertifikatlar bilan bog'liq.
Bu tahlillar kiberxavfsizlik masalasining dolzarbligini yana bir bor tasdiqlaydi, boisi dasturiy zaifliklar buzg'unchiga axborot tizimi yoki veb-sayt, shuningdek, fayl va ma'lumotlarga masofadan kirish, fuqarolarining shaxsiy ma'lumotlari chiqib ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Kiberxavfsizlik choralari bu kabi holatlarning oldini oladi.
2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturiga ko'ra, 2020-2023-yillarga mo'ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya va "Kiberxavfsizlik to'g'risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Xulosa: Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan xulosa qiladigan bo'lsak, iqtisodiyot biz uchun eng kerakli sohalardan biri ekanligini ko'rishimiz mumkin. Lekin biz uni rivojlantirishimiz uchun uni raqamlashtirishimiz kerak ekanligini anglashimiz kerak. Ya'ni agar uni raqamlashtiradigan bo'lsak maksimal darajada samaradorlikka erishamiz ekan. Bu esa xarajatlarni minimallashtirib, maksimal foydaga erishamiz degani.



Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə