Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Farg‘ona davlat universiteti



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə47/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   182
to\'plam tayyor

Farg‘ona davlat universiteti
G‘.N.Ernazarov-Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti v.v.b, p.f.b.f.d (PhD)
Annotatsiya
Turli ekologik sharoitida yashaydigan maktab o‘quvchilarining jismoniy va aqliy ishqobiliyatlari, ularni ta’minlaydigan kardio-respirator sistemalar funksiyalari va organizmning aerob imkoniyati ertalabki smenadagi darslar bilan bog‘liq bo‘lgan gipodinamiya va darslar davomida asta-sekin rivojlanadigan charchash sababidan o‘zgarishini tadqiq etishga bag‘ishlangan masalalari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: ekologik sharoit, aerob imkoniyat, aqliy ishqobiliyatlari, kardio-respirator sistemalar, PWC170 sinov.
KIRISh
Maktab o‘quvchilarining aqliy va jismoniy mehnatga uning intensivligi ortishiga organizm adaptatsiyasi masalasini o‘rgatish maktab o‘quvchilari uchun tuzilgan kun tartibini yaxshilashga, o‘quvchilar biologik yoshi va jinsiga qarab ular uchun maqbul bo‘lgan aqliy va jismoniy ish quvvatlarini yoki hajmlarini aniq belgilash, shu bilan birga 6-8 soatlik darslar o‘quvchilar sog‘ligiga putur keltirmaslik choralarini qidirib topish imkoniyatini beradi. Maktabdagi darslar o‘quvchilar yoshiga mos kelishi, organizmning darslariga adaptatsiyasi, o‘quv smenasidagi gipodinamiya holati, darslarning qiyinlik darajasi va boshqa o‘quv-pedagogik faoliyatlar organizmining fiziologik holatiga, uning ish qobiliyatiga qanday ta’sir etish masalalari yetarli o‘rganilgan emas.
ASOSIY QISM
Bizning kuzatuv ishlarimiz Farg‘ona, Quvasoy va Vodil sharoitida yashaydigan maktab o‘quvchilarining jismoniy va aqliy ishqobiliyatlari, ularni ta’minlaydigan kardio-respirator sistemalar funksiyalari va organizmning aerob imkoniyati ertalabki smenadagi darslar bilan bog‘liq bo‘lgan gipodinamiya va darslar davomida asta-sekin rivojlanadigan charchash sababidan o‘zgarishini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Kuzatishlar 3,8 va 11-sinflarda o‘qiydigan o‘g‘il (166 nafar) va qiz (172 nafar) bolalarda o‘tkaziladi. O‘quvchilarning jismoniy ishqobiliyati va uni ta’minlaydigan yurak-qon tomir va nafas sistemalari funksiyalari, maksimal kislorod olish, diqqatlarini ko‘rsatgichlari darslar boshlanishidan oldin soat 8:00 da darslar tamom bo‘lganidan o‘ng soat 14:00larda aniqlanadi.
O‘quvchilarning jismoni ishqobiliyati PWC170 sinovi vositasida, diqqati esa korrektura jadvali bilan aniqlanadi. Organizmda sodir bo‘ladigan gemodinamik o‘zgarishlarni kuzatish uchun tegishli kompleks metodikalar qo‘llaniladi.[1]
Maktab o‘quvchilarida o‘tkazilgan kuzatishlar ertalabki smenadagi darslar tugallanganidan so‘ng o‘quvchilarning aqliy va jismoniy ishqobiliyatlari pasayganligini ko‘rsatadi. Bu kamayish 11-sinfda o‘qiydigan o‘g‘il bolalarda 3,1 kgm/min/kg bo‘lsa, qiz bolalarda 1,3 kgm/min/kg ga teng, 8-sinf bolalarida 2,4 kgm/min/kg, qizlarda esa 2,2 kgm/min/kg, 3-sinf bolalarida 2,6 kgm/min/kg, qizlarda esa 3,3 kgm/min/kg ni tashkil etadi (1-jadval).

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə