Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


O‘quvchilar organizmiga regional xususiyatlar ta‘siri



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə50/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   182
to\'plam tayyor

O‘quvchilar organizmiga regional xususiyatlar ta‘siri
Farg‘ona davlat universiteti


G‘.N.Ernazarov-Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti v.v.b, p.f.b.f.d (PhD)
Annotatsiya
Hududiy omillarni o’quvchi yoshlarning jismoniy tayyorgarligiga ta’siri, atrof-muhitning yuqori harorati sharoitlaridagi jismoniy yuklamalar paytida organizm fiziologik tizimlarining faoliyati, tana haroratining o‘ta yuqori bo‘lishi va uning oqibatlari, issiqlikka adaptatsiya va uning jismoniy takomillashuv bosqichidagi ahamiyati, atrof-muhitning yuqori haroratli sharoitlarida istiqomat qiladigan odamlarning jismoniy ishchanlik qobiliyati va harakat faolligi, hududiy omillarning o‘quvchi yoshlar salomatligiga ta’siri, tashqi muhitning yuqori haroratli sharoitlarida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning har xil variantlari samaradorligi, jismoniy tayyorgarlikning yillik dinamikasi masalalari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Hududiy omillar, jismoniy tayyorgarlik, atrof-muhit, sport mashg‘ulotlari, issiq iqlim sharoiti, issiqlik almashinuvi mexanizmi, o‘quvchi yoshlar, jismoniy statusi, xudud xususiyatlarining ta’siri.
KIRISH
Jismoniy tarbiya,jismoniy madaniyatning nazariy asoslarini, atrof-muhitning yuqori havo harorati sharoitlaridamashg‘ulotlar o‘tkazish uslubiyatini bilishi, yuqori madaniyatli, har tomonlama bilimli, jozibador va axloqiy toza bo‘lishi shart. Mazkur predmetni o‘rganishga ijodiy yondashilganida, bo‘lajak mutaxassisning olgan bilimlari, uning, pedagogik fan sohasidagi zamonaviy talablarning ancha yuqori darajasiga ko‘tarilishiga yordam beradi.
Jismoniy tarbiyaning regional xususiyatlari fani sport mashg‘ulotlari bilan maxsus tashkil qilingan jarayonda sportchining tayyorgarlik mazmuni va uslubiyati xamda unga ta’sir qiladigan xududiy muammolar, iqlim sharoiti, issiqlik almashinuvi mexanizmi, umumiy qilib aytganda jismoniy tarbiyaning regional xususiyatlarini o‘rganadi.
Jismoniy tarbiyaning regional xususiyatlarining asosiy atamalariga qiyidagilar qiradi: iqlim sharoiti, regional faktorlar, xududiy, ommaviy muammolar, issiq iqlim sharoiti, issiqlik almashinuvi mexanizmi, o‘quvchi yoshlarni jismoniy statusiga xudud xususiyatlarining ta’siri sport tayyorgarligi tizimi, sport maktabi, sport mashg‘ulotlari tizimi. Shu atamalar mazmuni va xajmini aniqlab olmasdan turib, jismoniy tarbiyaning regional xususiyatlari o‘rganadigan fanni muvaffaqiyatli ravishda egallab bo‘lmaydi.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə