Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


JISMONIY TARBIYA VOSITALARI -BOLA SALOMATLIK ME’ZONI



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə53/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   182
to\'plam tayyor

JISMONIY TARBIYA VOSITALARI -BOLA SALOMATLIK ME’ZONI
Sharifjon Tillayev Farg’ona davlat universiteti
Sirtqi bo’lim “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya. Mazkur maqolada bolani ilk yosh davrlaridan nozik nihol qilib tarbiyalamasdan, balki chiniqtirish, trenirovka qildirish kerakligi, o’sayotgan organizmning faolligini oshirish lozimigi, biror harakatni mustaqil qilishga o’rganish uchun oldin intilish kerakligi bolalarni yosh davrlariga muvofiq tarzda qismlarga ajratib, ilmiy asoslanib o’tilgan
Kalit so’zlar: suv muolajalari, bola sihat-salomatligi, kun tartibi, jismoniy tarbiya, massaj, kompleks mashqlar, chiniqtirish.
Bola bog’chada bo’lishiga, maktabda o’qishiga qaramay o’z umrining uchdan ikki qismini uyda, ota-onasi bag’rida o’tkazadi. Oilada bolani tarbiya qilish masalasi murakkab va ko’p qirrali. Bu masalada bir qolipda ish tutib bo’lmaydi, hamma bolaga ham bir xil munosabat qilish qiyin, barchaga bir xil maslahat berish mumkin emas. Ota-onalar bolani tarbiya qilar ekan bilimdon, aql-idrok bilan ish ko’radigan, sabr toqatli bo‘lib, har bir bolani o’ziga qarab muomala qilishlari kerak. Bolalar tarbiyasidagi muhim narsa nima? Avvalambor bu savolga shunday javob qilsihni istardim: hammasi ham muhim chindan ham bola tarbiyasida nimani olmay ular orasida birorta ham ahamiyatsizi, nomuhimi, nazardan chetdan qoladigani topilmaydi. Lekin baribir eng muhimi-bola sihat-salomat bo’lib o’sish kerak. To’lalik ham, polvon sifatlik ham, yanoqlarning qizillgi ham o’z-o’zicha salomatlik mezoni bo’la olmaydi. Salomatlikning mohiyati jismoniy va ma’naviy kuchlarning uyg’un, nerv sistemasining muvozanatda bo’lishi, chidamlilik, turli xildagi zararli ta’sirlarga qarshi bardosh bera oladigan bo’lishdir. Xayot bolani albatta qanday bo’lmasin sinovlarga duchor qiladi. Bu nima bo’lmasin-haroratning keskin o’zgarishimi yoki infeksiyami, jismoniy zo’riqishmi yoki ruhiy iztirobmi, his-hayajonmi, bari bir baquvvat organism unga maqsadga muvofiq reaksiyalar bilan javob beradi, o’zi uchun kurashadi, nimjoni esa kurashishga ojizlik qilib, mag’lub bo’ladi. Sog’lom bolani tarbiyalash ancha oson. Buni hamma ham biladi. Barcha zaruriy narsalarga va malakalarga u tez o’rganib ketadi, sharoitlarning o’zgarishiga yaxshi moslashadi va o’ziga qo’yilgan talablarni to’g’ri tushunadi. Sog’liq-xulq-atvorning to’g’ri shakllanishi, tashabbuskorlik rivojlanishi, mustahkam irodali, iste’dodli va tabiatan qobilyatli bo’lish uchun muhim zamindir. Xo’sh, bola sihat-salomat bo’lishi uchun nima qilish kerak? Ishni nimadan boshlash kerak? Buni o’zingizdan boshlang. So’zimga ishoning, bu quruq gap emas. Bu juda muhim, hatto zarur shartdir. “Bolaning sihat-salomat bo’lishi ko’p jihatdan ota-ona sog’lig’iga bog’liq bo’ladi. Bo’lg’usi ota-onalar albatta shifokorga borib uchrashishlari u bilan maslahatlashishlari, o’zlarida qanday bo’lmasin birorta xronik kasallik topilgudek bo’lsa, sabr-toqat bilan to darddan butunlay forig’ bo’lib ketgunlaricha davolanishlari lozim. Keyingi yillarda antenatal profilaktika qo’llanmoqda, ya’ni bola hali yorug’ dunyoga kelmasdan oldinroq undagi kasalliklarning oldi olinadi. Bunda olingan ma’lumotlar shunga ishonch hosil qiladiki, to’g’ri ovqatlanish, mehnat va dam olishni to’g’ri navbatlash, turli xildagi zararli ta’sirotlardan o’zini himoya qilish yo’li bilan homilador ayol yorug’ dunyoga keladigan o’z farzandining rivojlanishini “boshqarishi” mumkin” deydi vrach-pedagog I.O.Studentkin. Bolaning salomatligiga u o’sayotgan va rivojlanayotgan muhit ham ta’sir qiladi. Bola organizmi mayin, yagi niholdek egiladi, o’zgarib turadi. Ma’lum sharoitlarda yomon tug’ma xususiyatlar yuzaga chiqmay qolishi va jiddiy kasalliklar manbayi bo’lishi mumkin. Xuddi shu kabi yaxshi kurtaklar rivojlanishi va takomillashishi yoki so’nib, yo’q bo’lib ketishi mumkin. Odam yorug’ dunyoga chidamlilik, bardoshlik, “tayyor” moslashuvchanlik mexanizmlarning ma’lum jamg’armasi bilan keladi. Buni sehrgar sahiy tabiat har bir bo’lajak farzandga ato etgan tuhfa, deb hisoblash mumkin. Biroq ana shu tabiat in’omini saqlash uchun undan bilib, oqillik bilan foydalanish kerak. Masalan, chaqaloqda issiqlikni idora etadigan tabiiy mexanizmlar juda takomiliga yetgan bo’ladi. Sovuqqa javoban organizmda issiqlik berilishining tezda kamayishiga, isib ketishga javoban esa uning oshishiga imkon beradigan reaksiyalarning murakkab zanjiri paydo bo’ladi. Agarda yuklamani tobora oshirib borib ana shu mexanizmlar tez-tez mashq qildirib turilsa ular tobora ishonchliroq sarkashlik qilmay ishlaydigan bo’lib boraveradi: mobodo bu xildagi mashq bo’lmasa ularning sozligi sezilarli darajada susayadi. Bolani nozik nihol qilib tarbiyalamasdan, balki chiniqtirish, trenirovka qildirish kerak, o’sayotgan organizmning faolligini oshirish lozim. Hamma narsani uning uchun qilishga urinish hadeb yiqilib tushasan, mayib bo’lasan, qilolmaysan deb dakki beraverish bolaga foyda qilmaydi. Ehtiyot bo’lib yurishga o’rganish uchun qachon bo’lmasin yiqilish ham kerakda, biror narsani o’z qoling bilan qilishga o’rganish uchun oldin mehnat qilish, intilish kerak. To’g’ri, bolani aktivlikka ma’lum bir chegarada rag’batlantirish kerak, unga fiziologik va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holda qurbi yetadigan, qo’lidan keladigan ishlarni buyurish kerak. Tabiatga bir razm soling u aniq bir maromda yashaydi, hamma-hammasi quyosh chiqishi va botishi, ichki organlar ham shu xilda bir me’yorda ishlaydi. Masalan sog’lom yurak ritmining aniqligiga quloq soling. Bolani doimo bir xil vaqtda va o’sha soatda uxlating,sayrga olib chiqing, cho’miltiring. Bir maromda ana shunday ish tutish organism hayot faoliyati uchun eng yaxshi sharoit yaratadi. Bolani ishtaxasi yaxshi bo’ladi, miriqib, qattiq uxlaydi, ruhi tetik bo’ladi. Oqilona rejim sharoitida o’sgan bola odatda injiq bo’lmaydi uni miyasida ta’bir joiz bo’lsa, ona suti bilan kirgandek har bir narsaning o’z vaqti, o’z o’rni, o’z me’yori vor, degan tushuncha shakllanadi. Rejimga rioya qilish faqat bola uchungina zarur emas. Rejimga rioya qilinganda oila saramjon-sarishta, batartib, hamma narsa joy-joyida bo’ladi, bolani to’g’ri o’stirishni bilmaydigan oilada esa hamma narsa yoyilib, betartib bo’lib yotadi. Biz rejimni universal vosita deb atadik zero u chindan ham gigiena va pedagogikaning eng muhim talablarini birlashtiradi biroq universal degani hali hammasi emas. Na rejim, na bebaho gigiyenik parvarish, na to’g’ri ovqatlanish o’z-o’zicha avtomatik ravishda “ishlanib chiqilmaydi”. Bolani sevish va unga mehr shafqatli, diqqat e’tiborli bo’lish, his-tuyg’ularga boy bo’lish lozim buni esa bolaga yaxshi, ahil oila baxsh eta oladi holos.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə