Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə51/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   182
to\'plam tayyor

ASOSIY QISM
Xozirgi kunda sport soxasida xal qilinmagan masalalar ko’p bo’lib, ularning asosiylari shulardai iborat: kishi imkoniyatlaridan foydalaiish masalasnni o’rganish; sportga qobilyatli va iste’dodli bolalarni to’g’ri tanlash; bioritmlarni sistemali, chuqur o’zlashtirish va ular asosida mashg’ulotlarni tartibga solish; sportchilarni shug‘ullanishida iqlim sharoitini e’tiborga olish, funksional tayyorgarlik (mashgulot mashaqqatlarga moslashish mexanizmlarini tashkil qiluvchi omillar) ning vosita va metodlarini o’rganish va boshqarishdir.
Shunday qilib, jismoniy tarbiyaning regional xususiyatlari kursi regional, iqlim sharoiti soxasidagi ilmiy-amaliy bilimlarning tez rivojlanishi asosida shakllanadi. Biroq, bu kurs qismlari zaminida uz ifodasini topgan falsafiy va metodologik tushunchalarga aloxida axamiyat bermoq zarur.
Sport - xususiy musobaqa. Kishining barcha sifat va qobilyatlarini aniqlash, solishtirish usulidir, tuliq sotsial ma’noda shaxslar kurashidir. Sport uchun quyidagilar zarur:
1) bir xillashtirish (qoida, musobakalashish tartibi, moddiy baza, inventar, bir xil sharoit va xokozo);
2) yuqori natijalarga erishish uchun raqobat va talablarning asta-sekin o’sib borishini takozo qiladigan musobaqalashish faoliyati va 3) musobaqalashuvchilar uchun kat’iy tartib va qoidalarni belgilash.
Mamlakatimizda sport ikki asosiy usulda rivojlanmoqda: 1) umum-ta’lim uquv yurtlarida tatbiq etiladigan sport, («Umid nixollari» va respublik olimpiada o’yinlari) xavaskorlik sporti, ixtisislashgan amaliy va rekreaktiv sportdan tashkil topgan asosiy va zamin yaratuvchi sport; 2) xalqaro va milliy sport muassasalari tomonidan tashkil qilinadigan yuksak natijalar sporti.
Katta sportnnng aktiv qatnashchisiga xos xususiyat o’rta xol natijalar bilan qanoatlanmasdan, balki mamlakat va jaxonda eng yuqori natijalarga intilishdir.
Yuksak natijalar sporti ommaga samarali ta’sir ko’rsatadi. Buni Per de Kubertenni konkret ta’rifidagi («50 kishi sport bilan shurullapishi uchun, 20 kishi ixtisoslashishi kerak; ammo 20 kishi ixtisoslashishi uchun 5 kishi eng yuqori natijalarga erishgan bo’lishi zarur».
Yuqorida keltirilgan sport shakllari o’zaro chambarchas bo’lib, bir-birining ta’sirida takomillashadi. «Katta sport» ommaviy xavaskorlikka asoslaiadi. Ommlviy xavaskorlik sportining tarqalishi o’quv yurtlarida, armiya va turli muassasalar sport ishining qanaqangi yo’lga qo’yilganligiga bogliq.
Sport ijtimoiy madaniyatning muxim qismini tashkil qiladi. Sportda takomillashish jarayoni-bu xarakat san’atini o’zlashtirish, insoining kuch va qobilyatini rivojlantirishdir. Sportning muayyan rivojlanish bosqichida erishiladigan eng yuqori natijalar sportchnlarni cheksiz rag’batlantiradi. Sport yutuqlari sportchining iste’dodi bilangina emas, ko’prok uning tayyorgarligi bilan belgilanadi. Yuqori sport yutuqlariga erishish borasida sport mashg’ulotining vositalari, metodlari, shakllari va unga yaqin nazariy tushunchalar takomillashtiriladi. Sport yutuqlarnning darajasi muayyan jamiyatning jismoniy ko’rsatkichlari, xususan, umumiy madaniyatning ifodasi sifatida qaraladi.
Tabiiyki, odam atrof-muhit harorati yuqori darajada bo‘lgan sharoitda uzoq vaqt yashasa, ushbu vazifa,ayniqsa muhim bo‘lib qoladi. Lekin, termoboshqaruv muammosi odamning harakat faolligi va ayniqsa, jismoniy mashqlar bilan bog‘liqlikda alohida dolzarblikka ega bo‘ladi. Shuning uchun, havo harorati yuqori darajada bo‘lgan sharoitlarda mushaklarning ish bajarishi paytidagi termoboshqaruv masalalari alohida qiziqish uyg‘otadi. Quyida biz, hozirgi vaqtda to‘plangan asosiy ma’lumotlar va amaliy tavsiyalarni bayon qilamiz. Avvalambor, organizm termoboshqaruvining fundamental masalalariga murojaat qilamiz.
Tana harorati barqaror bo‘lishi uchun issiqlikning kelishi va qaytib ketishi doimiy bo‘lishi zarur. Atrof-muhit bilan issiqlik almashinuvi to‘rtta asosiy mexanizm hisobiga sodir bo‘ladi:
1) issiqlikning bevosita uzatilishi;
2) konveksiya;
3) radiatsiya;
4) bug‘lanish.
Buni formula ko‘rinishida yozish mumkin:
M + U + K + R- B = 0
bunda, M – metabolik mahsulot; U – issiqlikning bevosita uzatilishi; K – konveksiya hisobiga issiqlikning uzatilishi (ushbu kattalik, agarda havoning harorati teri haroratiga nisbatan yuqori bo‘lganda ijobiy va aks holda salbiy bo‘ladi); R – radiatsiya hisobiga issiqlikning uzatilishi (ushbu kattalik, atrof-muhitning harorati teri haroratiga nisbatan ancha yuqori bo‘lganda ijobiy); B – bug‘lanish hisobiga issiqlikning yo‘qotilishi.
Yuqorida keltirilgan tenglama – tana harorati barqaror bo‘lib qolganidagina adolatli bo‘ladi. Agarda, tananing harorati o‘zgarsa, unda, ushbu tenglamaga qo‘shimcha a’zo kiritiladi va bunda u, quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:
M + U + K + U–B±T = 0
bunda, T – tana haroratining o‘zgarishlari. Agarda, tana harorati pasaysa, T – ijobiy hisoblanishi va ko‘tarilsa – salbiy hisoblanishi qabul qilingan.
Tananing har xil to‘qimalari solishtirma issiqlik sig‘imi umuman bir xil hisoblanmaydi, uncha katta bo‘lmagan tarzda variatsiya qiladi.
Shuning uchun, tani harorati bilan unga uzatilgan issiqlik o‘rtasidagi nisbatni aniqlash paytida, issiqlik sig‘imining o‘rtacha qiymati - 0,83 dan kelib chiqiladi.
Yuqorida nomlari qayd qilingan issiqlik energiyasi almashinuvi yo‘llarining har birini ko‘rib chiqamiz:
Bu holatda, bug‘lanish va konveksiya maksimal bo‘lgan tana qismlarini suv bilan yuvish maqsadga muvofiq. Masalan, velosipedchi va yuguruvchining yelkalariga emas, balki sonlariga suv quyish tavsiya qilinadi. Yengil kiyim bug‘lanishni yengillashtiradi.
Bug‘lanishning jadalligi bir nechta sabablarga bog‘liq, masalan, teri haroratiga, havo oqimining tezligiga, atmosfera havosining namligiga, barometrik bosimga va boshqalarga. Tananing issiqlik balansini baholash amalga oshiriladigan sharoitlarda ushbu omillarni hisobga olish muhimdir.
Har xil sharoitlarda termoboshqaruvning har xil mexanizmlari ulushining nisbati turlichadir.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, o‘quvchi yoshlarni bilan jismoniy tarbiya darslari va jismoniy mashqlarni hamda sport mashg‘ulotlarini o‘tkazishda hududiy omillarni o’quvchi yoshlarning jismoniy tayyorgarligiga ta’siri, atrof-muhitning yuqori harorati sharoitlaridagi jismoniy yuklamalar paytida organizm fiziologik tizimlarining faoliyati, tana haroratining o‘ta yuqori bo‘lishi va uning oqibatlari, issiqlikka adaptatsiya va uning jismoniy takomillashuv bosqichidagi ahamiyati, atrof-muhitning yuqori haroratli sharoitlarida istiqomat qiladigan odamlarning jismoniy ishchanlik qobiliyati va harakat faolligi, hududiy omillarning o‘quvchi yoshlar salomatligiga ta’siri, tashqi muhitning yuqori haroratli sharoitlarida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning har xil variantlari samaradorligi, jismoniy tayyorgarlikning yillik dinamikasi masalalari yoritilgan. Bu mavzuning dolzarbligida doimiy ravishda shubhasiz qolmoqda.



Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə