Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə45/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   182
to\'plam tayyor

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Закон Республики Узбекистан «О национальной программе по подготовке кадров», Ташкент. 1997. – 25 с.

  2. Закон Республики Узбекистан «О физической культуре и спорте». Ташкент 2002. – 25 с.

  3. Закон Республики Узбекистан УРК – 3994 от 4 сентября Ташкент 2015 года «О физической культуре и спорте»,

  4. Указе Президента Республики Узбекистан УП-4947 от 7 февраля 2017 года «Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годах»,

  5. Указе Президента Республики Узбекистан УП-5368 от 5 марта 2018 года “О мерах по коренному совершенствованию системы государственного управления в области физической культуры и спорта”

  6. Абдалимов О.Х. Методика ППФП в образовательных учреждениях специального назначения. // Методические рекомендации. – Т., 2006. – 23 с.

  7. Абдиев А.И. Научно-педагогические основы формирования профессиональных умений тренера и студентов, специализирующихся в видах спортивных единоборств: Автореф. дис...д-ра пед. наук-Т.2004. - 50с.

  8. Абдуллаев А. Жисмоний маданият назарияси ва методикаси Фарғона-2017. 391 б.

  9. Азизходжаева Н.Н. Педагогические технологии и педагогическое мастерство. [Учебное пособие для магистратуры всех специальностей] Ташкент – 2003-192 с.

  10. Акрамов Ж.А., Абдалимов О.Х. Комплексный контроль физической подготовки курсантов учебного заведения СНБ. //Сб.Научных трудов конференции, посвященной 40-летию кафедры футбола и ручного мяча УзГИФК. Т.2007. – С.119-120.

O‘QUVCHILARINING JISMONIY RIVOJLANISH VA HARAKAT TAYYORGARLIGI KO‘RSATKICHLARINING QIYOSIY TAHLILI
FARG’ONA DAVLAT UNIVRSITETI
Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri p.f.b.f.d (PhD), dotsent
Sanjar Uraimov Ro’zmatovich
O‘quvchilarning harbiy-texnika litseyida muvaffaqiyatli o‘qishlari uchun ular tanlagan bo‘lajak ixtisoslik bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarning shakllanish qonuniyatlarini chuqur o‘zlashtirib olishlari kerak bo‘ladi.
Maxsus ilmiy adabiyotlarning tahlili ixtisoslashtirilgan litsey o‘quvchilari harakat tayyorgarliklarining ilmiy asoslangan ko‘rsatkichlari yo‘qligini ko‘rsatdi, shu sababli o‘quv yillari bo‘yicha o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi holati hamda dinamikasini o‘rganish katta qiziqish uyg‘otdi. Agar ixtisoslashtirilgan litseylar tizimida o‘quvchilarning amaliy jismoniy tayyorgarligi yuqori ahamiyatga ega ekanligini, litseyni tugatib, ular asosan oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlarini inobatga olsak, ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishning tanlangan yo‘nalishi dolzarbligi shubha tug‘dirmaydi.
Shu sababli oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun zaxira tayyorlash tizimi holatini o‘rganish va vatanimiz hamda horijiy mutaxassislarning kasbiy ish tajribasiga tayanib, o‘quv jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etgan holda uni yanada takomillashtirish yo‘llarini izlab topish vazifasi oldinga qo‘yildi.
Pedagogik tajribada Farg‘ona, Samarqand va Xorazm “Temurbeklar maktabi” harbiy-texnika akademik litseylari o‘quvchilarining harakat tayyorgarligi darajasini o‘rganish va ularning qiyosiy tahlilini o‘tkazish vazifasi qo‘yilgan edi.
O‘quvchi yoshlarning jismoniy tayyorgarligini baholash uchun me’yoriy talablar sifatida ixtisoslashtirilgan litseylar uchun mo‘ljallangan jismoniy tarbiya bo‘yicha davlat standartlaridan olingan harakat tayyorgarligi me’yoriy testlari tanlab olindi. Litseylar o‘quvchilarining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini aniqlab beruvchi testlar kompleksiga 100 m ga yugurish, 3000 m kross yugurish, 4x10 mokisimon yugurish, turgan joyidan uzunlikka sakrash, yotib tayanib, qo‘llarni bukib yozish, turnikda tortilish, granata uloqtirish va turnikda ag‘darilib ko‘tarilish mashqlari kiritildi.
Tajriba tadqiqotlarini o‘tkazish davomida olingan natijalar matematik statistika metodi yordamida ishlab chiqildi va u 3.4-jadvalda berilgan.
Farg‘ona ixtisoslashtirilgan litsey o‘quvchilarining tajribalar o‘tkazish davomida olingan tezlik imkoniyatlari ko‘rsatkichlarini tahlil qilayotib, shu narsa aniqlandiki, 100 m. masofani birinchi kurs o‘quvchilari 14.0±0.9 sek ichida bosib o‘tdilar, shunga o‘xshash ishonchsiz natijalar (t=1.41) Samarqand o‘quvchilarida qayd etildi, bunda Xorazm litseyining birinchi kurs o‘quvchilarida natija 0.3 sek. ga ishonchli yomon bo‘lib (t=2.10), u 14.3±1.2 sek ga teng bo‘ldi. Agar Samarqand va Xorazm o‘quvchilarining natijalari taqqoslansa, farq katta emasligi ko‘rinadi, u 0.1 sek. ni tashkil qiladi (t=0.70).
Farg‘ona harbiy-texnika akademik litseyining ikkinchi kurs o‘quvchilari 100m masofani birinchi kurs o‘quvchilari natijalariga nisbatan 0.2 sek ga (4.1%) tezroq bosib o‘tganlar va o‘rtacha 13.8±0.7 sek. ni (t=1.43) tashkil etdi, Samarqand ixtisoslashtirilgan litseyining ikkinchi kurs o‘quvchilari shunga o‘xshash ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishdi, Xorazm litseyi o‘quvchilari esa o‘rtacha 14.2±1.8 sek ga teng natija ko‘rsatib, o‘z natijalarini 0.1 sek ga (t=2.82) ishonchli yaxshiladilar.
Pedagogik testlash davomida olingan o‘quvchi yoshlarning tezlik imkoniyatlari natijalari jismoniy tarbiya bo‘yicha dastur materialida ko‘zda tutilgan baholash shkalasi bilan taqqoslab ko‘rilganda, shu narsa aniqlandiki, tezlik imkoniyatlarining dastlabki darajasi bilan “5” baho uchun farq 1.8% ni, “4” baho uchun 4.4% ni, “qoniqarli” baho uchun 8.2% ni tashkil qildi. Barcha tekshirilgan o‘quvchilarning tezlik imkoniyatlariga doir olingan natijalarni tahlil qilaturib, shuni aytish joizki, barcha o‘quv kurslarida variatsiya koeffitsienti o‘rtacha 3.7% dan 6.3% atrofida o‘zgarib turdi, bu tekshirilayotgan guruhlar darajasi bir xil ekanligini ko‘rsatadi.
Chidamlilik harakat sifati ixtisoslashtirilgan litsey o‘quvchilari uchun muhim omil bo‘lib hisoblanadi, zero u insonning jismoniy yuklamani uning samaradorligini pasaytirmagan holda uzoq vaqt bajara olish qobiliyati bilan ifodalanadi. Uzoq vaqt davom etadigan va shiddatli kechadigan harakat faoliyatini bajarish jarayonida toliqish fazasi yuzaga keladi. U organizm holatini aks ettirib, chaqqonlik qobiliyati darajasining pasayishida namoyon bo‘ladi. Hayot faoliyati amaliyotida chidamlilik insonning maxsus xususiyatga ega bo‘lmagan, jismoniy yuklamalarga moslashishning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan jismoniy ishni uzoq vaqt va samarali bajarish qobiliyati ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, maxsus chidamlilik ham rivojlanadiki, u jismoniy ishni samarali bajarish hamda aniq faoliyat turi talablari taqozo etuvchi sharoitlarda toliqishni yengib o‘tish qobiliyatida aks etadi.
Jismoniy sifat - chidamlilik 3000 m kross masofasini bosib o‘tishnatijalari bo‘yicha tadqiqotlar jarayonida aniqlandi.Farg‘ona shahar litseyining birinchi o‘quv yili o‘quvchilari o‘rtacha 13.0±0.4 min natijaga ega bo‘lishdi, Samarqand shahar litseyi o‘quvchilari o‘rtacha 12.7±1.2 min. natija ko‘rsatishdi, bu ishonchli tarzda (t=2.3) Farg‘ona litseyi o‘quvchilari natijasidan 0.3 min ga ko‘p bo‘ldi, Xorazm o‘quvchilari esa kross yugurishda Samarqand harbiy-texnika litseyi yigitlaridan 0.3 min. ga ishonchli tarzda orqada qoldilar (t=2.3).
Ikkinchi kursda Farg‘ona litseyi o‘quvchilarida o‘rtacha natija 12.2±0.4 min. gacha, 0.2% (t=2.2) yaxshilandi, bunda Samarqand o‘quvchilarida ko‘rsatkichning 0.6 min. ga (t=4.69) yomonlashganligi aniqlandi, biroq Xorazm yigitlari ikkinchi kursda o‘z natijalarini ancha yaxshiladilar va natijalar t=0.58 da o‘rtacha 12.3±2.6 min.ni tashkil etdi, bu Farg‘ona o‘quvchilari natijasidan 0.1 min. yomonroq va Samarqand o‘quvchilarinikidan 0.5 min. ga yaxshiroqdir.
Adabiyot manbalaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, chaqqonlik harakat sifatining o‘lchovlari quyidagilardir:

  1. vazifaning koordinatsion murakkabligi;

  2. harakat amalining bajarilish aniqligi;

  3. zarur aniqlik darajasini egallash uchun harakatni bajarish vaqti yoki vaziyat o‘zgargan daqiqadan boshlab javob harakati boshlangunga qadar bo‘lgan minimal vaqt.

Mazkur yosh kontingentida o‘tkazilgan ko‘p sonli tajriba ishlari [28;37-b., 31;25-b., 48;20-b., 53;3-b., 65;125-b., 84;24-b] shuni tasdiqlaydiki, agar harakat o‘zining vaqt, makon va kuch tavsiflari bo‘yicha harakat vazifasiga mos kelsa, bu vazifa bajariladi.
Harbiy-texnika litseyi o‘quvchilarida chaqqonlik jismoniy sifatini aniqlash maqsadida 4x10 m ga moksimon yugurish bo‘yicha pedagogik test sinovi o‘tkazildi, bu yerda Farg‘ona litseyining birinchi kurs o‘quvchilarida natija 28.2±0.4 sek. ni tashkil etdi, ikkinchi kursa esa 27.2±1.1 sek. gacha yaxshilandi. Bu o‘rganilayotgan tarkibning 3.6% ga (t=3.55) ishonchli o‘sganligini ko‘rsatdi. Aftidan, bu tadqiqot natijalarining monitoringi hamda yengil atletikaninig ushbu bo‘limi metodik jihatdan to‘g‘ri amalga oshirilganligiga bog‘liq.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə