Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


TADBIRKORLIK FAOLIYATI - YURT RAVNAQI



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə36/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   182
to\'plam tayyor

TADBIRKORLIK FAOLIYATI - YURT RAVNAQI
Maloxat Ortiqalieyvna Baltabayeva
FDU, o’qituvchi
Baltabayeva_67@inbox.ru
Odinaxon Anvarjon qizi Komiljonova
FDU, talaba
Annotatsiya: Ushbu tezisda yashirin iqtisodiyot tushunchasi, yashirin iqtisodiyotning mamlakatimizda tutgan o‘rni, u keltiradigan zararlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan yashirin iqtisodiyot tadqiqotlari borasida ham mulohaza qilingan.
Kalit so‘zlar: xufiyona iqtisodiyot, jinoiy-iqtisodiy faoliyat, g‘ayriqonuniy, yashirin lobbizm, g‘ayriiqtisodiy, yashirin iqtisodiy aylanma, oshkor zonalar.
Yashirin iqtisodiyot oshkora payqab bo‘lmaydigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste’mol jarayonlari – iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, uning negizida ayrim kishilar yoki kishilar guruhi manfaatlari yotadi. Yashirin iqtisodiyot dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida mavjud. Xufiyona iqtisodiyot – ishtirokchilar tomonidan oshkora olib borilmaydigan, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliqlar to‘lanmaydigan, rasmiy davlat statistikasida qayd etilmaydigan iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy faoliyat turlaridir. Yashirin iqtisodiyot – murakkab ko‘p bosqichli hodisa bo‘lib, uning turli xil shakl va turlari bor:
1) Ikkilamchi iqtisodiyot – kishilarga zarar keltirmaydigan, ular uchun naf beradigan, lekin rasman ruxsat etilmagan va davlat ro‘yxatidan o‘tmagan iqtisodiy faoliyat. Ularga yashirin tadbirkorlik, 1-2 va 5-10 kishi band bo‘lgan yashirin kichik korxonalar faoliyati kiradi. Yashirin tadbirkorlik xizmat ko‘rsatish, qurilish, savdo, kiyim-kechak ishlab chiqarishda keng tarqalgan.
2) Mansabni suiiste’mol qilish va korrupsiyaga asoslangan iqtisodiy xatti-harakatlar. Bular jumlasiga davlat idoralaridagi poraxo‘rlik, yashirin lobbizm, mansabdan foydalanib subsidiyalar olishni kiritish mumkin.6
Jaxon banki ekspertlari bilan hamkorlikda “2021-2025 yillarda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish bo‘yicha Strategiya” va “Yashirin iqtisodiyot ulushini baholash metodikasi” (MIMIC modeli asosida) kabi loyihalar ishlab chiqilmoqda.

1-Rasm. O’zbekiston Respublikasida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar.
Jaxon mamlakatlari bo‘yicha yashirin iqtisodiyot ko‘rsatkichlari AQSHda 8,0%, Braziliyada 36,5%, Ispaniyada 21,7%, Italiyada 19,5%, Portugaliyada 18,5%, Koreyada 18,4%, Xitoyda 14,5%, Kanadada 11,0%, Germaniyada 10,2%, Buyuk Britaniyada 9,6%, Avstraliyada 9,0%, Singapurda 8,6% va Yaponiyada 8,1%ni tashkil etmoqda. O‘rta Osiyo mamlakatlari bo‘yicha esa (MIMIC modeli asosida hisob kitoblar) 2019 yil holatiga O‘zbekistonda 52,11%, Tojikistonda 40,76%, Qozog‘istonda 36,65% va Qirg‘izistonda 30,53% tashqil qilgan.7
Har yili kasb-hunarga o‘qitishga 200 milliard so‘m ajratilayotgani, ammo bu mablag‘lar tadbirkorlik sub’ektlarining mutaxassislarga ehtiyoji bilan bog‘lanmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Prezident aholi bandligini ta’minlash va malakali mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida tadbirkorlikka yanada keng imkoniyatlar yaratish va moliyaviy rag‘batlar taqdim etish zarurligini qayd etdi.
Shu maqsadda 2023 yil 1 iyundan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi. Dasturga 2023-2024 yillarda jami 1 milliard dollar ajratiladi. Bu mablag‘lar hisobidan:
- kambag‘al oilalar a’zosini kasbga o‘qitib, ishli qilish bo‘yicha loyiha ahamiyatiga qarab, amaldagidan past foizlarda va uzoqroq muddatga kredit beriladi;
- tadbirkorning “amaliy monomarkaz” tashkil qilish va jihozlash hamda kasbga o‘qitish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Xuddi shunday, tadbirkor ham yiliga katta xarajat qilib, o‘zi uchun minglab mutaxassis tayyorlashga majbur. Lekin bunda davlat qo‘llab-quvvatlovi kerak.8
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish imkonsiz emas. Buning uchun puxta o‘ylangan, bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan puxta strategiya kerak. Bunday strategiyaga erishishda albatta birinchi navbatda aholining iqtisodiy savodxonligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar aholiga xufiyona iqtisodiyotning salbiy asoratlari muntazam ravishda tushuntirib borilsa, bu orqali xufiyona iqtisodiyot ma’lum darajada bartaraf etishga erishilishi mumkin.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə