Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH - JAMIYATIMIZ UCHUN FOYDA TOMONLARI



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə34/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   182
to\'plam tayyor

XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH - JAMIYATIMIZ UCHUN FOYDA TOMONLARI


MALOXAT ORTIQALIYEVNA BALTABAYEVA
FDU, o’qituvchi
Baltabayeva_67@inbox.ru


ГУЛЧЕХРА URAZALIYEVNA БАКИРОВА
FDU, S-19.142-guruh talabasi
Kalit so’zlar: bandlik, ijtimoiy sherikchilik, xotin-qizlar, daromad, gender.
Ключевые слова: занятость, общественное партнерство, женщины, доход, гендер.
Keywords: employment, public partnership, women, income, gender.

Bandlik - nima? Аholini ish bilan taʼminlash - mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashgʼul boʼlishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bogʼliq boʼlgan va qonunlarga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati. Bandlik xodimni ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslangan aniq mehnat kooperatsiyasiga jalb etish boʼyicha kishilararo munosabatlarni ifoda etadi. Bandlik turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yollanib ishlash bilan cheklanmay, ayni paytda tadbirkorlikni, oʼzini ish bilan mustaqil taʼminlash (oʼzicha bandlik)ni, shaxsiy tomorqa xoʼjaligidagi ishni, uy xoʼjaligida band boʼlish va bolalarni tarbiyalash b-n shugʼullanish, davlat va jamoat vazifalarini bajarishni, oʼrta maxsus va oliy oʼquv yurtlarida kunduzgi oʼqishni ham oʼz ichiga oladi. Bandlik toʼliq va toʼliqsiz boʼlishi mumkin.


Toʼliq bandlik amalda «yalpi» bandlik, mehnatga qobiliyatli aholining 90 — 92% band boʼlishini nazarda tutadi. Bozor sharoitlarida toʼliq bandlik jamiyat darajasida tabiiy ishsizliknnng boʼlishini ham bildiradi.
Toʼliq boʼlmagan bandlik aksariyat hollarda yashirin koʼrinishga ega boʼlib, xodimlarni rasman band deb hisoblashni nazarda tutadi, amalda xodimlardan qisqartirilgan ish vaqti davrida foydalanishni anglatadi. Ikkilamchi bandlik amalda oʼrindoshlik boʼlib, xodimning qoʼshimcha ish haqi topish uchun ish kuchini oʼzi asosiy band boʼlgan korxonaga (asosiy ishdan boʼsh vaqtlarda) taklif etishini bildiradi. Oʼzini o’zi band qilish daromad manbai boʼladigan faoliyatni mustaqil izlashni, davlatning turli darajadagi idoralari qoʼllab-quvvatlashi yordamida doimiy yoki vaqtinchalik daromad olish uchun ish oʼrinlari barpo etishni nazarda tutadi. Oʼzini o’zi band qilish aksariyat hollarda kichik biznes koʼrinishiga ega boʼladi va xodimlarning oʼz tashabbuslari bilan turli isteʼmol tovarlari tayyorlash va xizmatlar koʼrsatish boʼyicha yakka mehnat faoliyati bilan bogʼliq.
Toʼliq va samarali bandlik tushunchalarini ham bir-biridan farqlamoq kerak. Toʼliq bandlik ishga muhtoj boʼlganlar va ishlashni xohlaganlarning barchasi ish b-n taʼminlangan holatni bildirib, ish kuchiga boʼlgan talab bilan ish kuchi taklifi oʼrtasida muvozanat mavjudligini ifoda etadi.
Samarali bandlikni esa ikki nuqtai nazardan: iqtisodiy nuqtai nazardan — inson resursidan eng oqilona foydalanish, ijtimoiy nuqtai nazardan — mehnatning inson manfaatlariga eng muvofiq kelishi jihatlaridan tavsiflash mumkin. Toʼliq bandlik bandlikni miqdor jihatdan, samarali bandlik esa sifat jihatdan tavsiflaydi.2
Muammoni tahlil qilish ayollarning bandligi va ijtimoiy hayoti muammolarini hal qilishda kompleks yondashuv, mehnat bozori va aholi bandligini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy yo‘nalishlarini umuman iqtisodiyotni makroiqtisodiy boshqarish muammolari bilan bog‘lash zarurligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon berdi.
Shubhasiz, umuman olganda, bandlik muammolarini hal qilish samaradorligi iqtisodiyotning inqirozdan chiqishi va iqtisodiy o‘sishning boshlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Ammo bugungi kunda davlat va jamiyat ayollarning bandligini ta'minlash, uning manfaatlarini ko‘zlab faol ijtimoiy siyosat olib borish zarurligiga duch kelmoqda. Ushbu vazifani bajarish yaqin kelajakda iqtisodiyot va jamiyat rivojiga bevosita ta'sir qiladi, shu jumladan ijtimoiy ishlab chiqarishning o‘sishi va odamlarning turmush darajasini oshirish uchun sharoit yaratadi.3
Respublikasi Prezidentining 07.03.2022 yildagi PF-87-sonli Farmonida “Oila va tizimli qo’llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada to’g’risida” mamlakatda huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, kasbga va bandligini taminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-gizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni taminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Global kun tartibining Barqaror rivojlanish magsadlarini izchil amalga oshirish magsadida: 2022 — 2026-yillarda xotin-gizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish Milliy dastur va 2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish Milliy dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.4
Davlat sherikchiligi mexanizmlaridan foydalanishda Quvasoy shahar “Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimi” tomonidan 2023 yil yanvar-aprel oylari davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 01.05.2023 yil holatiga quyidagi ma’lumotnomani keltiramiz:5


Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə