Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja



Yüklə 121,87 Kb.
səhifə4/4
tarix29.10.2017
ölçüsü121,87 Kb.
#7262
1   2   3   4

Leninizm mafkurasi asosida SSSR va bir qator G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida sotsializm qurish tajribasi olib borildi. Biroq, bu tajriba samarasiz bo‘lib chiqdi va xalq ishonchini oqlamadi. Natijada leninizm XX asrning 90 — yillariga kelib siyosiy mafkura sifatida e’tibordan chetda qoldi va amal qilishdan to‘xtadi.

Hozirgi zamonning tajovuzkor, buzg‘unchi mafkuralaridan biri — fashizmdir. U XX asrning 20 — 30 yillarida G‘arbiy Yevropada urushdan keyingi og‘ir ijtimoiy — siyosiy vaziyatdan, chuqur iqtisodiy inqirozlardan chiqish yo‘llarini ko‘rsatuvchi, milliy tiklanish maqsadi atrofida, turli ijtimoiy guruhlarni birlashtiruvchi va jipslashtiruvchi g‘oya sifatida maydonga keldi.

Fashizmning asosiy qoidalari Italiya sotsialistlari so‘l qanotining sobiq yetakchisi. B. Mussolini va nemis siyosiy arbobi A. Gitler tomonidan asoslab berilgan. Ular muayyan sinflar va ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi liberalizm, konservatizm, sotsializmdan farqli o‘laroq, irqiy afzallik, milliy tiklanish va birlik g‘oyasiga tayandilar.

Fashizmning siyosiy mafkura sifatidagi nazariy negizini rasizm va elitarizm — u yoki bu irqiy, etnik guruhning, xalqning dunyoda boshqalar ustidan afzalligi, uning o‘ziga — xos tarixiy vazifasi xaqidagi g‘oya tashkil etadi. Xususan, German fashizmi oriylarni (nemislar, inglizlar, shvedlar, norvegiyaliklar, daniyaliklarni) dunyoda hammadan ustun turuvchi va tartib o‘rnatuvchi, "madaniyat yaratuvchi irq" deb tasdiqlaydi. U slavyanlar va Shark, Lotin Amerikasidagi ayrim davlatlarning xalqlarini "madaniyatni qo‘llab — quvvatlovchi" irqlar qatoriga qo‘yib, ularning yashaydigan makonini qisqartirishni va "madaniyatni yemiruvchi" xalqlarni (qora tanlilar, yaxudiylar, lo‘lilarni) ayamasdan, shafqatsiz kirib tashlashni targ‘ib etadi). Irqning, millatning bir butunligini, yahlitligini, uning taraqiyotini ta’minlash uchun hokimiyatning barcha imkoniyatlaridan, har qanday vositalaridan foydalanishini e’lon qiladi. Shu sababli fashizm irqiy — etnik manfaatlar yo‘lida davlatning agres siv xarakatini, umuminsoniy ahlok me’yorlarini nazar — pisand qilmasdan bosib o‘tishini oqlaydi.

Shuningdek, fashizm mafkurasida fyurerizm prinsipi Muhim o‘rinni egallaydi. Unda fashist partiyalari va davlatlarining yetakchilari ijtimoiy tartibni ta’minlash uchun ilohiy qobiliyatga ega bo‘lgan, milliy manfaatlarga haddan tashqari sodiq kishilar sifatida kurs atiladi. Shuning uchun ham butun omma, millat o‘zining rahbariga so‘zsiz itoat etishi talab etiladi.

Fashizm ham boshqa mafkuralar singari faqat mafkuraligicha qolgani yo‘k. U ham turli mamlakatlarda amalda o‘zining ifodasini topdi. Xususan, fashizm Germaniyada — A. Gitler, Italiyada — B. Mussolini, Ispaniyada — F. Franko boshqaruvlari davrida o‘zining eng yorqin, mumtoz namunasida, Portutaliyada — A. Salazar boshqaruvi davrida "yumshoqroq" shaklida gavdalandi.

Fashizm II jahon urushi olovini yoqdi va 50 mln.dan ortiq kishining qirilib ketishiga sabab bo‘ldi. Uzbekiston bu ayanchli taqdirdan chetda qolmadi. II jahon urushida qatnashgan mamlakatimiz jangchilaridan 263005 nafari halok bo‘ldi, 132670 kishi dom — daraksiz yo‘qoldi, 60452 kishi nogiron bo‘ldi.

Fashizm mafkurasi turli mamlakatlarda turlicha shakllarda namoyon bo‘lishiga qaramay, o‘zining ijtimoiy tabiatini o‘zgartirgani yo‘q. Barcha mamlakatlarda fashizm mafkurasining amalda qo‘llanilishi ichki siyosatda totalitarizmga olib keldi. Demokratiya davlat shakli sifatida inkor etildi. Ijtimoiy va shaxsiy hayot ustidan to‘laligicha davlat nazorati o‘rnatildi.

Fashizm g‘oyalarining amalda qo‘llanilishi tashqi siyosatda ekspansionizmga olib keldi. Fashistlar ko‘p davlatlar va xalqlarni bo‘ysundirishga intildilar. Bu hol fashizm mafkurasiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmali.

Hozirgi bosqichda fashizm mafkurasi o‘zining ilgarigi o‘rni va mavqe’ni yo‘qotdi. Endilikda u ilgarigidek ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega emas.

Ammo, bugungi kunda ham fashizm mafkura sifatida amal qilishdan to‘xtagani yo‘q. Uning asoratlari hamon turli mamlakatlarda u yoki bu irqiy, etnik, sinfiy va boshqa ijtimoiy birlikning afzalligini tasdiqlovchi rasizm, antisemitizm va boshqa siyosiy ta’limotlar, harakatlar ko‘rinishida uchrab turadi.

Xulosa qilib ayttanda, fashizm — hozirgi zamonning tajovuzkor, buzg‘unchi mafkuralaridan biri hisoblanadi. Bu mafkura jamiyatni siyosiy o‘zgartirishda u yoki bu irqiy - etnik guruhning, xalqning afzalligini, uning o‘ziga xos urni va roli ni tasdiklaydi, bu yo‘lda har qanday vositalardan foydalanishni oqlaydi va ko‘zda tutadi.

Hozirgi zamonning radikal, buzg‘unchi mafkuralaridan yana biri — diniy ekstremizm va fundamentalizmdir. Bu mafkuraviy oqimlarning kelib chiqishi uzoq tarixiy o‘tmishga ega bo‘lsa-da, faqat XX asrning oxiriga kelib keng quloch yozdi. Buning sababi shundan iboratki, keyingi o‘n yilli klar mobayiida dunyoda ro‘y bergan voqealar - ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy tangliklar, kommunizm tizimining yemirilishi diniy ekstremizm va fundamentalizmning jonlanishi va kuchayishiga imkon 6yerdi.

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, jumladan sobiq sovet respublikalarida turli—tuman ko‘rinishlaridagi diniy- ekstremistik oqimlar paydo bo‘ldilar. Bu oqimlar islomni qayta tiklash shiori ostida g‘arazli, tajovuzkor maqsadlarni—miliy davlatchiklikni yo‘q qilish va yagona halifalikni barpo etish g‘oyasini ilgari surdilar.

Aqidaparastlar demokratiyani kufr nizomi, halifalikni esa eng mukammal, ijtimoiy ziddiyatlarni xal qilishning universal vositasi, deb izohlaydilar. Ular yagona islom davlatini barpo etish yo‘lida umuminsoniy qadriyatlarni, me’yorlarni nazar — pisand qilmaydilar, noislomiy dunyo islomiy dunyo bilan yonma — yon va u bilan teng yashash huquqini inkor etadilar va unga qarshi jihodiy harakatda barcha imkoniyatlardan, har qanday vositalardan foydalanishni taklif qiladilar.

Diniy ekstremizm va fundamentalizmning davlatchilik masalalariga bunday mas’uliyatsizlarcha yondoshuvi o‘ta xavfli ekanligi va yomon oqibatlarga olib kelishligi hech kimga sir emas. Bunday intilishlarning oldi olinmasa insoniyatning diniy asosda qarama — qarshi tomonlarga bo‘linib ketishiga, "sivilizatsiyalar to‘qnashuvi", deb ataladigan hodisaning yuzaga kelishiga va misli ko‘rilmagan fojialarga sabab bo‘lishi mumkin.

Afsuski, diniy ekstremizm va fundamentalizm Markaziy Osiyoning yirik davlatlaridan biri bo‘lgan O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. Bu o‘lkada ham so‘nggi yillarda "Vahobiylik", "Xizbut — tahrir" (ozodlik) kabi diniy — ekstremistik oqimlar paydo bo‘ldi.

Mazkur oqimlar O‘zbekistonda mavjud konstitutsiyaviy demokratik tuzumni ag‘darib tashlash va halifalikni o‘rnatish va uning vositasida islom tartib — taomillarini hayotga tadbiq etish g‘oyalarini ko‘tarib chiqdilar. Ularning fikricha, go‘yoki O‘zbekistondagi musulmon jamoalari ham islomiy qiyofalarni yo‘qotgan va dinsiz, johil davlatga aylangan emish. Shuning uchun ham bu davlatni buzib o‘zlari xoxlagan xalifalikni o‘rnatish zarur emish.

Aqidaparastlarning fikricha, xalifalik – O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda yashovchi halqlar manfaatlarini samarali himoya qilishga qodir bo‘lgan birdan bir yagona davlat shakli emish. U Ushbu halqlarga to‘g‘ri, haqiqat yo‘lini ko‘rsatib, ularni ozod va obod, erkin va farovon islomiy hayotga olib borar emish.

Diniy fundamentalistlarning islom vujudga kela boshlagan dastlabki shart – sharoitlarga qaytish, xalifalikni o‘rnatish haqidagi g‘oyasini asosli va real, deb hisoblab bo‘lmaydi. Bu g‘oya kommunistik, fashistik g‘oyalar singari g‘irt xomhayoldir.

Aslini olganda xalifalik – O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda yashovchi xalqlarni ozod va obod, erkin va farovon hayotga olib borishdan olis. U o‘z mohiyatiga ko‘ra xalqimizning va boshqa xalqlarning uzoq va yaqin o‘tmishida o‘z boshidan kechirgan mustabid davlatlarning boshqacha, niqoblangan, islomiy libosga burkangan ko‘rinishidan boshqa narsa emas.

Xalifalik insonga hech qachon hur fiqkrlash va vijdon erkinligini bermagan va bera olmaydi. Dininy fundamentalistlarning xalifalikni o‘rnatish haqidagi g‘oyasi odamlarni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itishdan boshqa narsa emas. Bunday g‘oya eski mustabid tuzumga, qullikka, qaramlikka qaytishning niqoblangan g‘oyasi demakdir.

Ekstremistik oqimlar O‘zbekistonda «bo‘lajak islomiy tartib» ni o‘rnatish uchun «haqiqiy» musulmonlar «sohta» musulmonlarga qarshi har qanday vositalardan foydalanishlari, «jihod» e’lon qilishlari zarur, deb hisoblaydilar. Bu oqimlar mamlakat aholisini, millatni qarama - qarshi guruhlarga – «haqiqiy» va «sohta» musulmonlarga sun’iy ravishda bo‘lib tashlashni va «sohta» musulmonlarni «kofirlar» deb atashni, ularga nisbatan murosasizlik, zo‘ravonlik yo‘lini tutishni ilgari suradilar.

Diniy fundamentalizmning O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda «bo‘lajak islomiy tartib» ni o‘rnatish uchun har qanday vositalardan foydalanish, «jihod» e’lon qilish xaqidagi g‘oyalarini ham asosli va real deb hisoblab bo‘lmaydi. Bu g‘oya ham obyektiv voqelikdan yiroqdir.

Kuch ishlatish, majburlash, jihodiy harakat qilish, umuman biror bir kishiga ozor yetkazish — musulmonlarning hayot yo‘li va usuli emas. Bu yo‘l va usul kommunistlar, fashistlar va boshqa yovuz kuchlarning hayot yo‘li va usulidir. Ular mana shu yo‘l orqali o‘z maqsadlariga erishmoqchi bo‘lganlar.

Aqidaparastlarning kuch ishlatish, majburlash, jihodiy harakat qilish xaqidagi g‘oyasi musulmonchiklikka, o‘zbekchilikka, umuman sog‘lom aqlga zid bo‘lgan g‘oyadir. Bu g‘oya g‘arazli maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun dinni niqob qilib olishdan boshqa narsa emasdir.

Shunday qilib, yuqorida zikr etilgan fikrlar sotsializm, fashizm, diniy ekstremizm va fundamentalizmning jargon hamjamiyati va mamlakatimiz uchun havfli, buzg‘unchi oqimlar ekanligini ko‘rsatadi. Buni yoshlarimiz doimo esda tutishlari, hushyor bo‘lishlari va ularning ildizlarini bartaraf etishda o‘zlarining burch va mas’uliyatlarini unutmasliklari zarur.


Adabiyotlar:

1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: «O‘zbekiston». 2010.

2.Karimov I.A. «O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarini yanada

chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslari shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari» 9 —jild. – T.: 2002.

3.Karimov I.A. Bizning maqsadimiz — jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. - T.: «O‘zbekiston». 2005.

4. Karimov I.A Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch. T., 2008 yil.

5. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T., 2011 yil.

6.Politologiya. O‘quv qo‘llanma. T. A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. «O‘AJBNT» markazi. 2002.

7.Yusupova G.X., Jabborov X.J., Qosimova X.X. Siyosat nazariyasi. – T.: 2003.

8.Pugachev V.P., Solovev A.I. Siyosatshunoslikka kirish. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. - T.: «Yangi asr avlodii». 2004.

9.Makarenkov YE.V., Sushkov V.N. Politologiya: albom-sxem. - M.: 1998.

10. Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug’at. T., 1998 yil

11. S. Otamurodov, I. Ergashev, Sh. Akromov, A. Qodirov. Politologiya (o’quv qo’llanma). T., 99 12. Politologiya (o’quv qo’llanma). T., 2002 yil.

13. S. G’afurov, A. Xaydarov, N. To’laganova. Siyosatshunoslik asoslari. O’quv qo’llanma.T.2006 14. X. Odilqoriev, D. Razzoqov. Siyosatshunoslik. Darslik T., 2008 yil.





Aim.uz


Yüklə 121,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə