T. Malikov O. Olimjonov



Yüklə 6,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/336
tarix21.10.2023
ölçüsü6,27 Mb.
#130052
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   336
Moliya darslik 2019 Lotin 784

18

Bobur Hindiston saltanatining hukmronligi davrida davlat 
xazinasini adolat tamoyillari asosida tashkil etish 
bo’yicha keng 
qamrovli soliq islohoti 
o’tkazgan, yagona davlatning yaxlit soliq 
tizimini yaratib, soliqlar miqdorini sezilarli darajada kamaytirgan. 
Avvallar har bitta rojaning
o’z qoidalari bo’yicha yig’iladigan soliq va 
yig’imlar Bobur davrida yagona islomiy qoida va tartibot asosida 
olinadigan 
bo’lgan. 
Ya’ni Bobur o’z davlati hududida yagona soliq tizimi va bir xil 
soliqqa tortish tartibini joriy etgan, soliqqa tortishning muhim manbai 
bo’lgan ekin eri maydonini o’lchash tizimini takomillashtirgan va 
aniqlashtirgan.
Bobur saltanatida quyidagi soliq va 
yig’imlar mavjud bo’lgan -
yyer solig’i, savdo solig’i, zakot (musulmonlar uchun), jiz’ya 
(nomusulmonlar uchun), 
o’lpon to’lovlari, tuz solig’i, urushlardan 
olinadigan 
o’ljalarning beshdan bir qismi, zarb qilingan pullar, 
musodara qilingan egasiz mollar va
sovg’alar. 
Bulardan tashqari mahalliy ehtiyojlar uchun ishlatila-digan 
soliqlar ham mavjud 
bo’lib, ularni mahalliy hoki-miyat yig’ib olgan 
(mazkur soliqlar
“ahbob” deb atalgan). 
Bobur 
kambag’al aholiga soliqlar bo’yicha katta imtiyoz-lar 
bergan. Buning uchun soliqlar miqdori engillashtirilgan hamda 
soliqlarning ma
’lum qismini boy-badavlatlar davlatga emas, beva-
bechoralarga berishgan. Masalan, islo-miy qoidaga 
ko’ra, “zakot” 
solig’i muhtoj oilalarga tarqa-tilgan. Bobur musulmonlardan 
olinadigan
“tamg’a” solig’ini bekor qilgan. 
Boburning 
qator 
farmon 
va 
hukmlari 
Hindistonning 
iqtisodiyotini rivojlantirish va moliyaviy hamda harbiy ahvolini 
yaxshilashga katta hissa 
qo’shgan. 
Bobur xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish davlatning 
iqtisodiy qudratini oshirishning muhim omili ekanligini yaxshi 
tushungan. Uning bu xususdagi qarashlari
“Boburnoma”da
atroflicha ifodalangan.
Shu bois savdogarlarga katta engillik va imtiyozlar berilgan. 
Savdo ahlidan olinadigan soliq va 
yig’imlar miqdori mo’’tadil, adolatli 
va oshkora 
bo’lgan. Sotiladigan mahsulotlar miqdorining oshishi 
soliqlar hissasining kamayishiga olib kelgan va savdo rivojiga katta 
ijobiy 
ta’sir ko’rsatgan. 
18
A. Razzoqov.Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. –T.: O‘zbekiston, 2011. 164-171-betlar.


Xorijiy savdogarlarga bir qator engilliklar beril-gan. Agar 
savdogarlar islom davlatlaridan kelgan 
bo’lsa-lar, daromadlarining 5 
foizi miqdorida soliq 
to’lashgan. Nomusulmon davlatlardan kelgan
savdogarlar esa 
o’z yurtlarida musulmon savdogarlardan olinadigan 
miqdorda soliq 
to’lashgan. 
Boburning soliq sohasida boshlagan islohotlarini uning 
nevarasi Buyuk Akbar oxiriga etkazgan. U saltanatning barcha 
xalqlariga nisbatan bir xil va adolatli soliq siyosatini yaratgan. Akbar
amalga oshirgan soliq islohoti natijasida yagona soliq idoralari tizimi 
hamda soliq-larni 
to’g’ri hisoblash maqsadida bir xil og’irlik va 
miqdor 
o’lchov tartibi joriy etilgan. U musulmon bo’lmagan aholi 
to’laydigan “jizya” solig’i va jon solig’ini bekor qilgan. Avval natura
shaklida olingan va miqdori hosilning uchdan bir qismiga teng 
bo’lgan yyer solig’ini pul shaklida yig’ish tizimiga o’tkazgan. Buning 
natijasida soliq 
to’lash uchun dehqon mahsulotini bozorda sotishi 
shart 
bo’lganligi Hindistonda tovar-pul munosabatlari keskin rivojla-
nishiga va iqtisodiy 
o’sish sur’atlarining oshishiga iqtiso-diy zamin 
yaratgan. 
Vazifalari aniq belgilab 
qo’yilgan yagona soliq ido-ralari 
tizimining barpo etilishi, soliqlarni pul shaklida 
yig’ishning joriy 
etilishi, soliq 
yig’imlari miqdorining aniqligi, hisob-kitoblarning 
puxtaligi soliqchilarning boshboshdoqligini keskin kamaytirgan. Bu 
tadbirlar soliq 
yig’uvchilar soliqlarni o’g’irlay olmaydigan tizim 
yaratish uchun xizmat qilgan.
Buyuk Akbar hosil yaxshi 
bo’lmagan va ocharchilik davrida 
soliq olmaslik imtiyozini joriy etgan, muhtoj aholiga zarur hollarda pul 
va 
g’alla bilan qarz berish tartibini amaliyotga kiritgan. 
Yuqorida 
ta’kidlab o’tilganidek, o’zlaridan oldin mavjud bo’lgan 
davlatlarga nisbatan aholining barcha qatlamlari uchun adolatli va 
engil soliq siyosati yaratil-ganligi Hindiston hududida Boburiylar 
saltanati uzoq davr hukm surganligining muhim sabablaridan biri 
bo’lgan. 
Buyuk vatandoshimiz Xoja Ubaydulloh Ahror moliyaning 
o’ta 
muhim 
bo’g’ini bo’lgan soliq amaliyotining rivojiga ulkan hissa 
qo’shgan, u kishining ayrim xatti-harakatlari esa xalqqa soliqdan 
qator engilliklar berilishiga sabab 
bo’lgan. 
Xoja Ubaydulloh Ahror (1404-1490 yillar) 
o’z zamona-sining eng 
obro’li va buyuk mutafakkiri, Bobur ta’biri bilan aytganda, “xojalar 
xojasi, 
ulug’lar ulug’i” bo’lgan. U kishi o’zi yashab o’tgan 15 asrda 
islom olamining diniy, siyosiy, 
ma’rifiy va iqtisodiy hayotida juda 


katta
o’rin tutgan. Biz bu yerda ul buyuk zotning moliya va soliq 
sohasida qilgan xizmatlari haqida fikr yuritamiz. 
Ayrim islom davlatlarida XV asrda 
o’zaro taxt uchun kurashlar 
natijasida oddiy xalq ahvoli 
og’irlasha borgan. Masalan, temuriylar 
davlatida shariat tomonidan belgi-langan ushr, mol va zakotlardan 
tashqari har xil vaqtlarda turli munosabatlar bilan olinadigan soliqlar 
soni 30 taga etgan. Ulardan ayrimlari (
tamg’o, yorg’u) mo’g’ullar 
hukmron-ligi davrida joriy etilgan 
bo’lib, ba’zi vaqtlarda hali ham 
qo
’llanib kelardi. Ana shunday bir sharoitda Xoja Ahror musulmonlar 
boshidan jabr-zulmni daf etmoq uchun din va shariatni dastur qilgan 
holda sultonlarga murojaat qilib, masalani ijobiy hal etardi.
Turli masalalar 
bo’yicha islom davlatlari rahbarlari va boshqa 
zamondoshlariga yozilgan nomalari 
– “ ruqa” deb atalgan va 
ularning 
ko’pchiligi turli to’plamlar orqali bugungacha etib kelgan.
Ana shu 
“ruqa”larning uchinchi turkumi iqtisodiy, savdo va soliq 
masalalariga 
bag’ishlangan. Bu “ruqa”larda Xoja Ahror oddiy 
xalqning soliq 
bo’yicha huquqlarini himoya qilishga ham katta e’tibor 
qaratgan. 
Xoja Ahror hatto saroy xizmatidan voz kechmoqchi 
bo’lgan 
Alisher Navoiyga xat yozib, aytadi
: «...Eshitishimcha, onhazrat, ya’ni 
sultonga mulozamat qilishchdan goho malomat chekar ekansiz. 
Iltimos shuki, musulmonlarga madad etkazmoq va biror faqirning dili 
mushkullikdan xalos topib, shod 
bo’lmog’i uchun xotiri sharifingizni 
saroy xizmatidan uzmang... Biror kishi ham musulmonlar 
g’amini 
eyishni 
o’ylamay qo’ygan bu vaqtda ularga g’amxo’rlik qilish — eng 
xayrli ishdir
!..» 
Manbalarda 
ko’rsatilishicha, Xoja Ahror o’z zamonasining eng 
yirik tadbirkorlaridan biri 
bo’lgan. Chunonchi, "Rashahot" asari 
muallifi Faxriddin Ali Xoja Ahror erlari Toshkent viloyatidan to 
Amudaryo sohillarigacha 
bo’lgan hududda 1300 dan ortiq 
ekinzorlarni tashkil etganini eslatadi. Lekin bu mulklarning katta 
qismi soliqlar zulmidan ozor chekkan shaxslarning 
o’z erlari va 
tadbirkorliklarini ixtiyoriy suratda Xoja Ahrorga berishlari tufayli 
tashkil topgan. Chunki Xoja Ahrorning hukmdorlar oldidagi nufuzi 
shari-atda belgilangandan (ushr, mol, zakot) tashqari favqulodda 
soliqlarni mehnatkashlar gardaniga yuklashdan ularni himoya etgan. 
Xoja Ahror rasman mulkni olgan, lekin amalda uni oldingi egasi 
ishlatib, foydasini 
o’zi olavergan. Dehqonchilik, chorvachilikdan 
tashqari Xoja Ahrorning shahar-larda ham hunarmandchilik rastalari, 
ustaxonalari 
bo’lgan va bulardan ham katta daromad kelib turgan. 


Lekin Xoja Ahror 
o’z xo’jalik faoliyatidan olgan daro-madning 
katta qismini aholi boshiga tushgan 
og’ir soliqlarni to’lash, diniy va 
madaniy qurilishlarni amalga oshirish kabi ishlarga sarflagan. 
Chunonchi, Umarshayx Mirzo Toshkent aholisidan 250 000 dinor 
hajmida soliq talab qilganida Xoja Ahror bu 
mablag’ning hammasini 
o’zi to’lab, yana 70 000 dinorni ham soliq yig’uvchilarga topshirgan. 
Muxtasar aytganda, Xoja Ubaydulloh Ahror 
o’z davrida davlat 
xazinasini tashkil etish va aholini soliqqa tortish jarayonida adolat 
mezonlariga rioya qilish sohasida hukmdorlarga takliflar bergan va
o’z amaliy harakatlari bilan ularga o’rnak ko’rsatgan. 
Yusuf Xos Hojib tomonidan 1069-1070 yillarda yozil-gan 
“Qutadg’u bilik” (“Saodatga eltuvchi bilim”), Nosiriddin Burhoniddin 
o’g’li Rabg’uziyning “Qisasi Rabg’uziy”(1310 yil) asarlari, Ulug’bek 
Mirzo(1394-1449)ning islohotlari ham mazkur sohada muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-
1501) “Hilo-liya”,
“Vaqfiya, “Mahbub ul- qulub” (“Ko’ngillarning sevgani”), “Saddi 
Iskandariy
” (“Iskandar devori”) kabi qator asar-larida adolatli davlat, 
adolatli soliq masalalari 
bo’yicha o’z fikr-qarashlarini bayon etgan. 
Bundan tashqari, Alisher Navoiy katta saltanatning vaziri va 
bosh vaziri lavozimlarida faoliyat 
ko’rsatgan davrida aholi uchun 
soliq miqdorining adolatli 
bo’lishi uchun kurashgan. 
Biz moliya haqidagi fanning tarkib topishida 
g’arblik olim va 
mutafakkirlarning xizmatlarini inkor etish niyatidan uzoqmiz. 
Haqiqatdan ham ular zamonaviy moliya nazariyasi va 
amaliyotining asoschilari hisoblanishadi. Bunga hech kim shubha 
qilayotgani 
yo’q.
Lekin ular moliyaviy masalalar haqida fikr yuritishar ekanlar, 
insoniyat tarixida 
o’zlaridan oldin yaratilgan asarlar, g’oyalar va oldin 
hukmronlik 
qilgan 
podsholarning 
amaliy 
faoliyatlariga 
tayanishganligi 
negadir 
ko’pchiligi-mizning esimizdan chiqib 
qolmoqda. Biz darslikning bu qismida mazkur masalaga oydinlik 
kiritishga harakat qildik. 
Moliya va, ayniqsa, soliqlar iqtisodiyotning shunday keng 
qamrovli sohasiki, ular jamiyat 
a’zolarining mutloq ko’pchilik qismi 
hayotiga bevosita 
ta’sir ko’rsatadi. Soliq siyosati, uning mazmuni,
amal qilish shakl va vositalari barcha soliq 
to’lovchilarni qiziqtirishi 
o’z-o’zidan tushunarli. Qolaversa, mustaqillikni yaqinda qo’lga 
kiritgan davlat-larda soliq mexanizmi hali shakllanish va 
takomillashish bosqichlarini 
o’z boshidan kechirmoqda. Shu o’rinda
 
mamla-katimizda soliq kontsentsiyasini takomillashtirish 
bo’yicha 


2018 yil davomida olib borilgan amaliy harakatlar va munozaralarni 
eslatib 
o’tish mumkin. Shu sabablarga ko’ra mamlakatimizda so’nggi 
yillarda soliqlar bilan 
bog’liq muammolar tobora ko’proq kitob, 
maqola va ilmiy tadqiqot-larga mavzu 
bo’layotganligini tabiiy bir hol 
sifatida qabul qilish mumkin. 
Mazkur masalaga oid ilmiy-ommaviy adabiyot, ayniqsa, 
dissertatsiyalar bilan tanishish jarayonida yuzaga chiqadigan qiziq 
bir holat kishini 
o’ylashga majbur qiladi. Sobiq sho’rolar davrida 
iqtisodiy, shu jumladan, moliya va soliq nazariyasi bilan 
shug’ullanadigan olimlar o’z tadqiqotlarini asosan K.Marks, F. 
Engels va V. Lenin asarlariga tayangan holda amalga oshirishar edi. 
Bolsheviklar imperiyasi parchalanishi bilan 
bog’liq ob’yektiv 
sabablarga 
ko’ra marksizm-leninizm ta’limoti asoschilari iqtisodiy 
fanlar 
cho’qqisidan tushib ketishdi va bu borada muayyan bo’shliq 
paydo 
bo’ldi. Ulardan keyin moliya va soliq masalalari bo’yicha 
yozilayotgan risola, maqola va ilmiy tadqiqotlar mualliflari mazkur 
vakuumni asosan 
g’arb asarlari hisobiga to’ldira boshlashdi. 
Asar, mabodo zamonaviy moliya-soliq siyosati va uning eng 
dolzarb muammolari haqida yozilayotgan
bo’lsa, bunday 
yondoshishni 
ma’qullash mumkin. Lekin hatto moliya va 
soliqlarning tarixi, ularning paydo 
bo’lishi, rivojlanish bosqichlari, 
ob’yektiv sabablarga ko’ra o’ziga xos xususi-yatlarga ega bo’lgan 
sharq davlatlarida moliya-soliq siyosatining shakllanishi kabi
masalalarni tadqiq qila-yotganda ham tadqiqotchilar 
o’z fikr-
mulohazalarini bayon qilish jarayonida 
ko’proq g’arb olimlari 
asarlariga tayanishmoqda. 
Masalan, soliqlar haqida tayyorlangan har qanday ilmiy 
tadqiqotda mavzuning 
o’rganilganlik darajasi Vilyam Petti, Adam 
Smit, David Rikardo kabi 
g’arblik klassik olimlarning soliqlarga oid 
qarashlarini tahlil etish bilan boshlanishi taomilga kirib qoldi. 
Soliqlar haqidagi fanning paydo 
bo’lishi ham asosan yuqorida 
nomlari zikr etilgan olimlarning xizmatlari, degan xulosa allaqachon 
hammamizning qon-qonimizga singib ketdi. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan va 
o’z oldiga shunday maqsad 
qo’ygan davlatlarda amal qilayotgan moliya-soliq siyosati va uning 
zamonaviy muammolari tadqiq qilingan asarlarning 
«foydalanilgan 
adabiyotlar 
ro’yxati» qismida ham asosan yana g’arblik olimlarning 
nomlarini 
ko’ramiz. qaysi dissertatsiya, kitob yoki maqolani olib 
qaramang, ular S. Bryu, J Keyns, M.Kempbel, Ya.Kornai, K. 
Makkonell, J. Lourens, P. Samuelson, Y. Shumpeter, M. Fridman 
kabi olimlar asarlari bilan boshlanib, yana 
o’shalar bilan tugaydi. 


G’arblik olimlardan keyin sobiq sovet va zamonaviy rus olimlari 
asarlari, va nihoyat, oxirida
o’zbek olim-lari tadqiqotlari tilga 
olinadi. 
Bizning fikrimizcha, masalaga bu taxlit yondoshish tarixiy 
voqelikka
to’g’ri kelmaydi va uni o’zgartirish fursati allaqachon etib 
keldi.
Masalan, soliqqa tortishning umumiy printsiplari birinchi bor
Adam Smit, Vilyam Petti va David Rikardo asarlarida ishlab 
chiqilgan, deb hisoblanadi. Bu 
o’rinda ortiqcha e’tirozimiz yo’q. 
Negaki, klassik siyosiy iqtisod asoschilari 
bo’lmish ingliz olimlari V. 
Petti (1623-1687 yillar
) “Soliqlar va yig’imlar haqidagi risola” (1662 
yil), A.Smit (1723-1790 yillar
) “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari 
to’g’risida tadqiqot” (1776 yil), D.Rikardo (1772-1822 yillar) “Siyosiy 
iqtisod va soliqqa tortish asoslari
” (1817 yil) kabi mashhur asarlarida 
soliq fani sohasida haqiqatdan ham katta xizmat qilishgan. 
Lekin hamma gap shundaki, moliyaning alohida fan va soha 
sifatida shakllanishi jarayonida xalqimizning yuqo-rida nomlari zikr 
etilgan buyuk farzandlarining ham muhim hissasi bor ekanligini tan 
olish kerak. 
Yana shuni alohida 
ta’kidlash lozimki, bunday holat faqat 
moliya va soliqlar masalasi bilan chegaralanib qolmagan. Ming 
taassufki, adabiyot va fanning boshqa sohalarida ham hozirgacha 
“oldingdan oqqan suvning qadri yo’q”, qabilida yashab kelayotgan 
xalq ekanligimiz sir emas. Shoiru-olimlarimiz yozayotgan kitob, 
maqola, 
o’tkazayotgan ilmiy tadqiqotlarida, televidenie va radiodagi 
chiqish-larida 
ko’proq g’arb asarlariga tayanish kasalligidan
hozirgacha qutula olishmayapti. Hatto kundalik hayotimiz va 
o’zaro
suhbatlarimizda ham Buyuk Navoiy, Boburlardan emas, Shekspir 
yoki Gyotelardan 
ko’proq misol keltiramiz... 
Agar bobolarimiz tomonidan 
o’z vaqtida mazkur masa-lalar 
bo’yicha biror jo’yaliroq fikr aytilmaganda bunchalik xafa bo’lishga 
asos 
yo’q edi. 
Ming afsuslar 
bo’lsinkim, hozirga qadar ajdodlari-mizning 
moliya sohasidagi buyuk merosi etarli darajada 
o’rganilmagan va 
o’zining haqiqiy bahosini olmagan. Sobiq sho’rolar davrida biz buyuk 
merosimizni bilmas edik, Al-
Farg’oniy, Imom Buxoriy, At-Termiziy, 
Marg’inoniy, Motu-ridiy kabi allomalarimizning xizmatlari u yoqda 
tursin, hatto nomlarini ham eshitmagan edik. Mustaqillik sharo-fati 
bilangina biz ularni bila boshladik. 
Mazkur holatga chek 
qo’yish uchun ajdodlarimiz qoldir-gan 
buyuk merosni sinchiklab 
o’rganish talab etiladi. Lekin bu oson va 


tez fursatda hal 
bo’ladigan ish emas. Negaki, ularning asarlari eski 
o’zbek(turk), arab va fors tillarida va boshqa imloda, ya’ni arab 
alifbosida bitilgan. 
Istiqlol yillarida mavjud qiyinchiliklarga qara-masdan asrlar 
davomida jahon mamlakatlari va xalqlari 
o’rtasida o’zining munosib 
o’rniga ega bo’lgan va oldiga buyuk maqsadlarni qo’ygan davlatimiz 
o’z ajdodlari merosini tobora kengroq ko’lamda o’rganmoqda.
2016 yildan boshlab ajdodlarimiz merosini 
o’rganish-ga e’tibor 
yanada 
kuchaydi. 
Bu 
borada 
O‘zbekiston Respu-blikasi 
Prezidentining qator farmon va qarorlari qabul qilindi, nufuzli 
tadbirlar 
o’tkazildi.
Jumladan, Samarqandda 2017 yilning 28-30 avgust kunlarida 
YuNESKO shafeligida

Yüklə 6,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə