T. Malikov O. Olimjonov



Yüklə 6,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/336
tarix21.10.2023
ölçüsü6,27 Mb.
#130052
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   336
Moliya darslik 2019 Lotin 784

moliyasi, (
ta’kid bizniki),
 
xalqaro munosabatlar
 
xorijiy tillar (arab, 
fors, ingliz, rus, urdu, turk va b.) va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj 
mavjud 
bo’lgan sohalar bo’yicha malakali kadrlarni tayyorlashga, 
o’rta maxsus, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish 
bosqichlarida uzluksiz 
ta’limning yaxlit tizimini tashkil etishga va 
ilmiy merosni chuqur tadqiq qilish va asrab-avaylashga, diniy va 
dunyoviy bilim berishga ixtisoslashgan yetakchi
ta’lim va ilmiy-
tadqiqot muassasasi hisoblanishi
” ham qayd etildi.
2017 yil fevralda mamlakatimiz Prezidenti mazkur masala 
sohasidagi 
o’ta muhim hujjatga qo’l qo’ydi
21
, unga muvofiq Imom 
Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tashkil etildi. 
Imom Termiziy xalqaro markazining asosiy vazi-falari ichida 
ajdodlarimiz merosini 
o’rganishga ham alohida e’tibor qaratilgan: 
- islom dinining, 
Qur’oni karim va hadis ilmining asl mohiyatini, 
hadisshunoslik 
maktabining 
ilmiy-
ma’naviy asoslarini, Imom 
Termiziy hamda termiziy allomalar, yurtimizdan etishib chiqqan 
mutafakkir zotlar merosini har tomonlama chuqur 
o’rganish va keng 
targ’ib etish; 
- yuksak insoniy 
g’oyalar va muqaddas qadriyatlarimizni o’zida 
ifoda etgan manbalarni tizimli asosda tadqiq etish, ulardan diniy 
ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanish maqsadida 
zarur darsliklar va 
o’quv qo’llanmalari, ommabop nashrlar, ilmiy-
amaliy tavsiyalar tayyorlash yuzasidan doimiy ish olib borish. 
2017 yilda bu borada yana 
o’ta ulkan qadam tashlandi. Ya’ni 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq
22
Vazirlar
Mahkamasi huzurida 
O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi 
tashkil etildi. Mazkur Mar-kaz zimmasiga juda katta vazifalar 
yuklangan, jumladan: 

islom 
dini 
rivojiga 
ulkan 
hissa 
qo’shgan buyuk 
vatandoshlarimiz 
— Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, 
Abu Mansur Moturudiy, Abu Muin Nasafiy, Qaffol Shoshiy, 
Abdulxoliq 
G’ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Burhoniddin Marg’inoniy, 
Bahouddin Naqshband, 
Xo’ja Ahror Valiy kabi allomalarning benazir 
merosini ilmiy asosda chuqur tadqiq etish, ularning ilmiy-
ma’naviy 
jasorati, 
ulug’ insoniy fazilatlarini keng targ’ib qilish; 
- jahon ilm-fani tarixida 
o’chmas iz qoldirgan Muhammad 
Xorazmiy, Ahmad 
Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon 
21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017 yil 14 fevraldagi “Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazini 
tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2774-son qarori.
22
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 iyundagi “Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom 
tsivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3080-son qarori.


Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo 
Ulug’bek, 
Ali Qushchi kabi olim va mutafakkirlar merosining tarixiy va 
zamonaviy tsivilizatsiya taraqqiyotidagi 
o’rni va ahamiyatini, Alisher 
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Kamoliddin Behzod, Mahmud 
Muzahhib singari mumtoz adabiyot va 
san’at namoyandalari 
ijodining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish. 
Bunday
sa’y-harakatlar buyuk mutafakkirlarimiz ilmiy-ijodiy 
merosini chuqur tadqiq etish, jumladan, ular-ning moliya fanining 
shallanishi va rivojlanishi jarayon-lariga 
qo’shgan ulkan xizmatlarini 
o’rganishga xizmat qilishi shubhasiz. Mazkur tadbirlarning eng 
muhim ahamiyati shunda-ki, ular islom iqtisodiyoti va moliyasini 
o’rganish bugun mamlakatimizda davlat darajasidagi muhim 
vazifalar qatoriga kiritilganligidan dalolat berishyapti.
Lekin bu uzoq davom etadigan jarayon 
bo’lib, uni hal etish 
bugun fan olamiga kirib kelayotgan yosh vatandoshlari-miz 
zimmasiga tushadi. Yoshlarimiz ajdodlarimizning buyuk merosini 
o’rganish va shu yo’l bilan tarixiy adolatni tiklash ishiga o’zlarining 
munosib hissalarini 
qo’shishadi, deb umid qilamiz.

Yüklə 6,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə