T. Malikov O. Olimjonov


Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyoj-larini



Yüklə 6,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/336
tarix21.10.2023
ölçüsü6,27 Mb.
#130052
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   336
Moliya darslik 2019 Lotin 784

 
Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyoj-larini 
qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini 
moliyaviy resurslar bilan 
ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni 
shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga 
yo’naltiriladigan maqsad va vazifalarning echilishini aniqlash
moliyaviy siyosat deyiladi. 
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa 
ta’rif berish ham 
mumkin:
moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil 


qilishning amaliy shakllari va metodologik printsip-larining 
majmui (
yig’indisi) moliyaviy siyosat deyiladi. 
Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning 
o’z funksiyalarini 
bajarishi uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan 
bog’liq 
bo’lgan davlat organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida talqin 
qilinadi. Bunday talqin 
o’zida bir necha xavfni mujassam etadi. 
Buning boisi shundaki, iqtisodiyot taraqqiyotida davlatning roli 
to’g’risi-dagi jamiyatda hukmron bo’lgan tasavvurlarga muvofiq 
ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham 
o’zgaradi, 
takomillashadi. 
Masalan, 
mamlakat 
iqtisodiyotiga 
davlatning 
aralashuvi, aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini 
tenglashtirish va shunga 
o’xshash davlatning funksiyalari va 
vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon 
munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan 
faqat davlatning funksiyalarini bajarish vositasi (instrumenti) sifatida 
foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy 
o’zini o’zi 
boshqarish organlari bilan moliyaviy tizimning boshqa 
sub’yektlari, 
ya’ni aynan mamlakatning aholisi va xo’jalik yurituvchi sub’yektlari 
manfaatlari 
o’rtasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi. 
Masalan, 
ko’plab mutaxassislar, shu jumladan, davlat 
hokimiyat 
organlarining 
vakillari 
tomonidan 
amaldagi 
soliq 
mexanizmining kamchiliklari mavjudligi, biznesning ayrim sohalari 
uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi 
mumkinligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslansa-yu, moliyaviy siyosat 
uzoq vaqt davomida 
o’zgarmasdan qolaversa, amalga oshiriladigan 
soliq islohotlari uning mohiyatini 
o’zgartirmasa, bunday holda 
davlatning moliyaviy siyosati davlat hokimiyatining tegishli organlari
tomonidan faol ravishda hayotga tadbiq etila-yotgan alohida 
shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga aylanib qolishi mumkin. 
Yuqorida bayon qilingan fikrlardan quyidagi uch mantiqiy 
xulosa kelib chiqadi: 

birinchidan, moliyaviy siyosat faqat 
o’z manfaatlarini ko’zda 
tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsad-larga 
erishishining vositasi emas, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy 
vazifalarini yechish vositasi 
bo’lishi kerak; 

ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat 
organlarining emas, balki moliyaviy tizim barcha 
sub’yektlarining 
manfaatlarini hisobga olishi lozim; 



uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimi-yat 
organlarining moliyaviy siyosati aynan bir xil narsa emas, ularni bir-
biridan farq qilishini tushunish kerak. 
Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliyaviy 
tizimning barcha 
bo’g’inlarida moliyaviy resurslar-ning o’sishini 
mutanosiblashtirilgan (balanslashtirilgan) holda 
ta’minlash bo’yicha 
davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida 
e’tirof etish 
kerak. Xorijiy tajribalarning 
ko’rsatishicha, moliyaviy resurslar-ning 
mutanosiblashtirilgan holda 
o’sishining zarurligini inkor etish
mamlakat 
moliyaviy 
tizimning 
o’zini degradatsiyala-shuviga, 
iqtisodiyotning emirilishi va vayron 
bo’lishiga olib kelishi mumkin. 
Moliyaviy siyosatning 
o’ziga xos bo’lgan eng asosiy xususiyati 
shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi 
kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz 
ravishda 
ta’sir ko’rsatib turishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Bunday 
siyosat aholining turmush darajasi oshishini
ta’minlab va davlat 
daromadlarining miqdorini 
ko’paytirib, moliyaviy xo’jalikka nisbatan 
eng yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosatning ana 
shunga 
yo’naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini 
aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi 
turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni 
yaratish moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir. 
Agar gap korxonalarning moliyaviy siyosati xususida ketadigan 
bo’lsa, bu narsa korxona moliyaviy menejer-larining biznesni yuritish 
maqsadlariga erishish borasidagi maqsadga 
yo’naltirilgan faoliyatini 
anglatadi. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan 
iborat 
bo’lishi mumkin: 

raqobat kurashi sharoitida korxonaning 
sog’lom faoliyat 
ko’rsatishiga erishish; 

yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va kasodga (bankrotga) 
uchrashdan himoyalanganlik; 

raqiblar bilan kurashda yetakchi likka (lider 
bo’lishga) erishish; 

korxonaning bozor qiymatini
ko’paytirish; 

korxona iqtisodiy salohiyatining barqaror 
o’sish sur’atlarini
ta’minlash; 

mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini oshirish; 

foydani maksimallashtirish; 

xarajatlarni minimallashtirish; 

rentabelli faoliyatni 
ta’minlash 

va boshqalar. 


Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi 
ustuvorlik, eng avvalo, biznesni yuritishning maqsadlariga muvofiq 
ravishda aniqlanadi. 
Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun tegishli 
moliyaviy mexanizmdan foyda-laniladi. 
Moliyaviy siyosat moliyaning 
o’zida (boshqaruv ob’ektlarida) 
bevosita 
mujassam 
bo’lgan 
boshqaruvning 
salohiyatli 
imkoniyatlarini, ishning konkret metodlari, moliyaviy tizimning 
(boshqaruv 
sub’yektlari) organlarini tashkil qilish bilan yagona 
maqsadga birlashtirishga imkon beradi. Amaliyotda moliyaviy 
siyosat moliyaviy tizim orqali amalga oshirilib, uning faoliyati 
quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi: 

moliyaviy tizim 
bo’g’inlarining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini 
inobatga olib moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish; 

barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umu-miyligi; 

barcha 
quyi 
boshqaruv 
organlarining 
faol 
ishtirokida 
markazdan umumiy boshqarish. 
Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy metodologik 
tamoyillari quyidagilardan iborat: 

pirovard maqsadga 
bog’liqlik; 

xo’jalik 
barcha 
tarmoqlarining 
makroiqtisodiy 
balans-
lashtirilganligi (muvozanatliligi, mutanosibligi); 

jamiyat barcha 
a’zolarining manfatlariga mos kelishi; 

real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni 
hisobga olish. 
Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishini davlat tomonidan 
o’z 
funksiyalari va dasturlarini (uzoq, 
o’rta va qisqa muddatli) bajarish 
uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish, ularni taqsimlash va qayta 
taqsimlashga 
yo’naltirilgan davlat tadbirlarining majmui ta’minlaydi. 
Bu tadbirlarning orasida moliyaviy munosabatlarning shakllari va 
normalarini huquqiy tartibga solish (reglamentatsiya qilish) muhim 
o’rin egallaydi. 
Moliyaviy siyosat 
o’z-o’zidan yaxshi yoki yomon bo’lishi 
mumkin emas. Uning yaxshi yoki yomon ekanligi jamiyatning yoki 
uning 
ma’lum bir qismining manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va 
qo’yilgan maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarning echilishiga 
qanchalik 
ta’sir ko’rsatganligi bilan belgilanadi. 
Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish va uni 
o’zgartirish bo’yicha tavsiya berish uchun, birinchi navbatda, butun 
jamiyat manfaatlari va aholining alohida guruhlari manfaatlarini 
ajratgan holda jamiyat taraqqiyotining aniq dasturiga, echilishi lozim 


bo’lgan masalalarning muddatlari va metodlarini aniqlagan holda 
istiqboldagi va yaqin yillardagi vazifalarning tavsifiga ega 
bo’lmoq 
lozim. Faqat ana shunday sharoitdagina moliyaviy siyosatni amalga 
oshirishning konkret mexanizmini ishlab chiqish va unga xolisona 
baho berish mumkin. 
Agar moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyotning ehtiyoj-larini, 
jamiyat butun qatlamlarining va alohida guruhlarining manfaatlarini, 
aniq tarixiy sharoitni va hayotning 
o’ziga xos xususiyatlarini 
qanchalik aniq darajada hisobga oladigan 
bo’lsa, uning natijaliligi 
shunchalik yuqori 
bo’ladi. 
Bir vaqtning 
o’zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyat-liligi
muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va 
jamiyat turli qatlamlari manfaatlarining amalga oshirilishiga hamda 
davlatning ixtiyorida 
bo’lgan real imkoniyatlarning mavjudligiga, ya’ni 
jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi hamda ijtimoiy ong va ruhiy 
(psixologik) holatidagi 
o’zgarishlarni hisobga olgan holda moliyaviy 
siyosatning amalga oshirilishiga, ayrim hollarda, bir-biriga qarama-
qarshi 
ta’sir ko’rsatuvchi omillarning ta’siridan har tomonlama 
foydalanish mexanizmining ishlab chiqilishiga bevosita 
bog’liq. 
Moliyaviy siyosat, eng avvalo, moliyaviy resurslarning 
maksimal hajmini shakllantirishga 
yo’naltirilgan bo’lishi kerak. 
Chunki aynan moliyaviy resurslar har qanday 
o’zgarishlarning 
moddiy asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy 
siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning moliyaviy 
ahvoli 
to’g’risida ishonchli ma’lumotlar zarurdir. Huquqiy demokratik 
davlatda moliyaviy statistikaning 
ko’rsatkichlari keng jamoatchilikka 
ham tegishli 
bo’lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, o’z 
vaqtida beriladigan, hamma olishi mumkin 
bo’lgan va eng asosiysi
ishonchli 
bo’lmog’i lozim. 
Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab olishi mumkin 
bo’lgan 
moliyaviy munosabatlar rivojlanishi 
yo’nalish-larining umumiy 
kompleksi bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi 
mumkin: 

moliyaviy 
siyosatning 
umumiy 
kontseptsiyasini 
(uning 
maqsadlarini, printsiplarini, vazifalarini, amalga oshirish bosqichlarini 
va eng samarali metodlarini) ishlab chiqish; 

makrodarajada va bozor iqtisodiyotining 
sub’yektlari darajasida 
iqtisodiy 
o’sishni 
rag’batlantiradigan 
bozor 
iqtisodiyotining 
rivojlanishiga mos 
bo’lgan dinamik holdagi moliya mexanizmini 
shakllantirish; 



markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va 
moliyaviy oqimlarning samarali boshqarilishini oshirish 
bo’yicha 
choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; 

ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli 
restrukturizatsiya qilishdagi roliga muvofiq ravishda ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimning barcha darajalari va sohalari 
bo’yicha moliyaviy resurslarni 
oqilona (optimal) taqsimlashni tashkil qilish; 

iqtisodiy 
o’sishning joriy va istiqboldagi moliyaviy salohiyatini 
shakllantirish. 
Shuningdek, moliyaviy siyosatning mazmuni, uning asosiy 
yo’nalishlari jamiyat taraqqiyotida davlatning roli to’g’risi-dagi 
fanning rivojlanish darajasiga va iqtisodiyotni boshqarishda davlat 
ishtirokining 
darajasini 
aniqlaydigan 
tegishli 
nazariy 
kontseptsiyalarga, moliyaviy siyosatni amalga oshirishning alohida 
vositalaridan foydalanishda, 
ya’ni moliyaviy munosabatlarni tashkil 
etishning aniq shakl-larida namoyon 
bo’ladi. Shunga asosan 
ta’kidlash joizki, yigirmanchi asrda jamiyatning taraqqiyotida 
davlatning roli
to’g’risidagi masala bo’yicha moliya nazariyasining 
asosiy 
yo’nalishlari mumtoz burjuaziya siyosiy iqtisodchilari A.Smit 
(1723-1780) va D.Rikardo (1772-1823) hamda ingliz iqtisodchisi 
J.Keyns (1883-1946) va ularning izdoshlari tomonidan aniqlangan. 
Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari 
bo’lgan A.Smit va 
D.Rikardolar kontseptsiyalarining mohiyati shundan iboratki, davlat 
iqtisodiyotga aralashmasdan erkin raqobatni 
saqlamog’i lozim va
jamiyat 
xo’jalik hayotini tartibga solishda asosiy rol bozor 
mexanizmlariga berilishi kerak. Ana shu printsiplarni inobatga olgan 
holda yigirmanchi asrning 20-yillari oxiriga qadar moliyaviy siyosat 
davlat xarajatlari va soliqlarni cheklashga, davlatning muvozanatli 
(balanslashtirilgan) 
byudjetini 
ta’minlashga 
qaratildi. 
Shu 
maqsadlarga muvofiq ravishda moliyaviy munosabatlarni tashkil 
etish, asosan, harbiy, boshqaruv va davlat qarzini qaytarish hamda 
unga xizmat qilish xarajatlarini byudjetdan moliyalashtirish orqali 
davlat funksiyalarining amalga oshirilishini 
ta’minladi. Byudjet 
daromadlari esa, asosan, egri (bilvosita) soliqlar yordamida
shakllantirildi. 
XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy 
kontseptsiyasi ustunlik qila boshlab, unga 
ko’ra iqtisodiyot 
taraqqiyotida davlatning rolini takror ishlab chiqarish jarayonining 
tsiklik rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish orqali 
kuchaytirish zarurligi asoslandi. Bunday moliyaviy siyosatni amalga 


oshirishning asosiy 
vositasi sifatida yangi ish joylarini yaratishga 
yo’naltirilgan davlat xarajatlari maydonga chiqdiki, bu narsa bir 
vaqtning 
o’zida bir necha iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning 
echilishiga imkon berdi: aholining bandlik darajasi ortdi va aksincha, 
ishsizlik kamaydi; tadbirkorlik faoliyati 
o’sdi; qo’shimcha talab 
shakllantirildi; 
MD 
miqdori 
ko’paydi; 
ijtimoiy 
ehtiyojlarni 
moliyalashtirishda katta imkoniyatlar paydo 
bo’ldi va h.k. 
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi Davlat byudjeti xarajatlari 
hajmining oshishiga olib keldi va shunga muvofiq ravishda bir 
vaqtning 
o’zida davlat daromadlari miqdorining oshirilishini 
ta’minlashga qaratilgan moliya-viy choralar ko’rildi. Daromad solig’i 
davlat daromad-larini oshirishning asosiy manbaiga aylandi. Uni 
hisoblashda soliqqa tortishning progressiv stavkalari 
qo’llanildi. 
Soliqlarning bunday tizimi MDni taqsim-lashda davlatning rolini 
oshirishga olib keldi. 
Moliyaviy 
yo’nalishda har ikkala nazariy kontseptsiyalar 
o’rtasidagi farq mohiyatan byudjet defitsitini turli tarzda baholanishi 
bilan belgilanadi. Agar birinchi kontseptsiya defitsitsiz byudjetni 
shakllantirish va undan foydalanishning zarurligidan kelib chiqqan 
bo’lsa, ikkinchi kontseptsiya esa byudjet defitsitining bo’lishi 
mumkinligiga 
yo’l qo’ygan va buning ustiga iqtisodiy o’sishni 
rag’batlan-tirishda byudjet defitsitiga faol rol ajratgan. 
Haqiqatdan ham XX asrning 30-60-yillarida keynscha moliyaviy 
siyosat deb nom olgan siyosat 
g’arb mamlakatlarida o’zining 
samaradorligini isbotladi. Davlat iqtisodiyotga aralashuvining 
kengayishi va davlat tartibga soluvchi funksiyasining kuchayishi 
oqibatida moliyaviy munosa-batlarni tashkil qilish murakkablashdi. 
Davlat xarajat-larini defitsitli moliyalashtirish siyosati davlat 
kreditining rivojlanishini belgilab berdi. Uzoq va 
o’rta muddatli 
qarzlarni jalb etish ssuda kapitallari bozorining rivojlanishiga olib 
keldi va 
o’zining ahamiyati bo’yicha davlat moliyaviy resurslarini 
shakllantirishning ikkinchi manbaiga aylandi. Buning natijasida MDni 
qayta taqsimlashda moliyaning roli yanada kuchaydi. 
XX asrning 70-yillarida iqtisodiy nazariyaning neo-klassik 
yo’nalishi moliyaviy siyosatning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini 
belgilab berdi. Bu kontseptsiya davlatning tartibga soluvchi rolidan 
voz kechmasa-da, lekin uning iqtisodiyotga va ijtimoiy sohaga 
aralashuvi darajasini biroz chekladi. Amalda esa davlatning 
aralashuvi kamaymadi va aksincha biroz kuchaydi. Chunki bunday 
aralashuv endilikda faqat Davlat byudjetining daromad-lari va 
xarajatlari 
orqali 
amalga 
oshirilib 
qolinmasdan, 
balki 
pul 


muomalasini, valyuta kursini, ssuda kapitallari va qimmatli 
qog’ozlar 
bozorini ham tartibga solish orqali sodir etildi. Buning natijasida 
davlatning 
ta’sir doirasi kengaydi va kapitallar oqimida uning roli 
kuchaydi. Bularning barchasi taraqqiyotning qayta qurilish 
tuzilmasiga va ijtimoiy omillariga 
o’zining ta’sirini ko’rsatdi. 
Ayni davrda rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy siyosati 
boshqa zamonaviy nazariyalar yordamida amalga oshirilib, bu 
nazariyalar amalda tartibga solish ikki tizimining 
qo’shilib 
ketganligidan iborat. Shunga muvofiq ravishda ayrim davlatlar davlat 
tomonidan 
tartibga 
solishning 
ham 
keynschilik 
va 
ham 
neokeynschilik 
tizimining 
turli-tuman 
elementlaridan 
foydalanishyapti. 
Sovet davlatida va sotsialistik orientatsiyada (
yo’na-lishda) 
bo’lgan barcha mamlakatlarda moliyaviy siyosat K.Marks (1818-
1881) va V.I.Leninning (1870-1924) nazariy kontseptsiyalari 
ta’sirida 
shakllandi. Sotsialistik davlat-ning mohiyati va funksiyalari haqidagi 
markscha-lenincha nazariya sovet davlati moliyaviy siyosatining 
asosiy printsipini 
– moliyaviy markazlashtirishni – belgilab berdi. 
Faqat davlatning ixtiyorida moliyaviy resurslar katta qismining 
to’planishinigina emas, balki moliyaviy munosa-batlarni tashkil 
etishda davlatning yakka hokimligini 
ko’zda tutuvchi moliyaviy 
markazlashtirish zaruriyatga aylandi. Chunki davlatning funksiyalari 
shu qadar kengaytirildiki, ularning eng asosiylari 
xo’jalik-
tashkilotchilik va madaniy-tarbiyaviy funksiyalar 
bo’lib qoldi. 
Sovet davlati iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ehtiyojlarini 
byudjetdan 
to’liq moliyalashtirdi. Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda 
davlatning roli keskin oshdi. Chunki iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishning barcha sohalariga davlat rejalari yordamida bevosita 
rahbarlik qildi. Bu, albatta, xususiy mulk shakllarining davlat 
(umumxalq) mulkiga aylanishi bilan belgilanadi. Shunga muvofiq 
ravishda davlat MDni qayta taqsimlashning soliq shakllaridan ishlab 
chiqarish sohasida to
’g’ridan-to’g’ri taqsimlashga va Davlat byudjeti 
orqali qayta taqsimlashga 
o’tdi. 
Moliyaviy markazlashtirish yana shunda namoyon 
bo’ldiki, 
davlat bevosita va monopol ravishda baholarni shaklantirish, pul 
muomalasi, hisob-kitoblar tizimi va kredit munosabatlarini ham 
tartibga soldi. Shunday qilib, boshqaruv tizimining barcha qiymat 
elementlari butun ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarib turuvchi 
yagona 
ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga amalda birlashtirildi. 
Bunday moliyaviy siyosat bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan 
insoniyat tarixi uchun mutlaqo yangi 
bo’lgan ikkinchi ijtimoiy 


munosabatlar tizimiga 
o’tilishini, sovet davlati oldida turgan va 
faoliyatining turli bosqichlarida vujudga kelgan sotsial-iqtisodiy 
muammolarning echilishini kafolatladi. Bu moliyaviy siyosatni etarli 
darajada samarali 
bo’lgan moliyaviy siyosat deyish mumkin. Chunki 
chor 
Rsssiyasidan, 
fuqarolar 
urushidan, 
chet 
el 
harbiy 
interventsiyasidan meros 
bo’lib qolgan favqulodda murakkab 
moliyaviy vaziyatga qaramasdan fashistlar Germaniyasi bilan urush 
arafasida Sovet davlati etarli darajada kuchli iqtisodiy salohiyatni 
yaratishga muvaffaq 
bo’ldi, urushda g’alaba qozondi va qiyosiy 
qisqa muddatlarda urushdan vayron 
bo’lgan xalq xo’jaligini tikladi. 
II jahon urushidan keyingi yillarda Sovet davlatining moliyaviy 
siyosati 
g’arb mamlakatlari va eng avvalo, AQSh bilan qurollanish 
poygasi va kosmosni rivojlantirishdagi musobaqani (raqobatni) 
moliyaviy jihatdan 
ta’minlashga qaratildi. 
Bir vaqtning 
o’zida sotsialistik lager mamlakatlariga juda katta 
miqdorda moliyaviy yordamlar 
ko’rsatildi: 

ularning taraqqiyotida sotsialistik orientatsiyani (
yo’na-lishni) 
ta’minlash uchun; 

sotsialistik mamlakatlarni sanoati rivojlangan mam-lakatlarga 
aylantirish uchun; 

kuchli harbiy ittifoqchilarni shakllantirish va umuman mudofa 
qobiliyatini mustahkamlash uchun. 
Bu maqsadlarga erishish uchun xomashyo bazasini va eng 
avvalo, neft va gaz qazib chiqarishni 
o’ta yuqori sur’at-larda amalga 
oshirish talab etildi. Yangi qazilma boylik-larini 
o’zlashtirish (ularning 
geografiyasi shimoli-sharq tomonga qarab kengaya boshladi) juda 
katta miqdordagi moliya resurslarning 
bo’lishini taqozo etdi. Chunki 
bu narsalar faqatgina yangi hududlarni 
o’zlashtirish, o’sha 
hududlarga katta miqdorlarda ishchi kuchini 
ko’chirish (mehnatga 
haq 
to’lashning oshirilgan normalari bilan birgalikda) bilan bir 
qatorda yangidan neft va gaz quvurlarini qurish yordamida amalga 
oshirildi. Xalqaro bozorda neft va gazning bahosi yuqori 
bo’lib 
turgan paytlarda ularni eksport qilish xarajatlarni 
ma’lum darajada 
qoplagan edi. Shunday 
bo’lishiga qaramasdan, bunday moliyaviy 
siyosatni amalga oshirish MDni tegishli tarzda qayta taqsimlanishini 
talab qildi. Buning natijasida mamlakatda harbiy-sanoat kompleksi 
taraqqiy etgan bir tomonlamali iqtisodiyot yaratildi. 
Davlat tomonidan belgilangan maqsadlar nuqtai-naza-ridan 
urushdan keyingi davrning moliyaviy siyosat va uni amalga oshirish 
choralarini nosamarali deb aytish unchalik 
to’g’ri bo’lmaydi. Hukumat 


rasmiy hujjatlarida aholi turmush darajasi oshayotganligini bayon 
etish, albatta, bu boshqa narsa. Shunday 
bo’lishiga qaramasdan 
aholining turmush darajasi mehnatga haq 
to’lashning darajasiga va 
qishloq 
xo’jaligi, oziq-ovqat va engil sanoat, fuqarolik qurilishi va 
iste’mol predmetlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning rivojlanish 
darajasiga 
bog’liq. Agar harbiy-sanoat kompleksida (mamlakat 
aholisining kattagina qismi shu sohada band edi) mehnatga haq 
to’lashning 
darajasi 
qiyosiy 
jihatdan 
yuqoriroq 
bo’lishiga 
qaramasdan, hatto unda ishlayotgan aholi ham 
o’zining iste’mol 
talablarini qondirish imkoniyatiga ega emas edi. Shuning uchun ham 
iste’mol bozorining rivojlanishida ortda qolish urushdan keyingi 
davrda sovet davlati moliyaviy siyosatning samara-dorligini salbiy 
baholashning sababidir. 
Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurs-larni 
taqsimlash va qayta taqsimlashning negizida quyidagilarning yotishi 
printsipial ahamiyatga egadir: 

taqsimlash munosabatlarining 
sub’yektlarini, ya’ni moliyaviy 
resurslarning egalari va taqsimlovchilarini tanlash; 

yuridik shaxslar va aholining 
o’z ehtiyojlarini qondirishdagi 
mustaqillik darajasi va davlatning funksiyalariga 
bog’liq ravishda 
davlat ixtiyoridagi moliyaviy resurslarning markazlashtirilish 
darajasini aniqlash; 

birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish choralarini 
aniqlash va shularga mos ravishda moliyaviy resurslardan 
foydalanishning ustuvor 
yo’nalish-larini belgilash; 

moliyaviy 
resurslarni 
shakllantirishning 
manbalari 
va 
metodlarini tanlash. 
Moliyaviy siyosat 
o’ta nozik va ko’p qirrali tushuncha 
hisoblanadi. 
Agar 
umumiy 
holda 
uning 
sohasi 
jamiyat 
taraqqiyotining alohida bosqichlarida hukmronlik qilgan nazariy 
kontseptsiyalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va sotsial sohalarni 
boshqarishda davlatning ishtirok etish parametrlari bilan aniqlansa, 
uning qiymat munosabat-larining elementlari 
bo’yicha tabaqalanishi 
moliyaviy tizim-ning rivojlanganligiga va uning ayrim
bo’g’inlarining 
mustaqilligiga 
bog’liq bo’ladi. 
Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi bizga mustaqil 
moliyaviy siyosatni yuritishga imkon berdi. Qisqa fursatlarda 
O‘zbekiston moliyaviy siyosatning tamoyillari ishlab chiqildi va u 
izchillik bilan amaliyotga joriy etila boshlandi. Yangi moliyaviy 
siyosatning asosiy mazmuni shundaki, u davlatning iqtisodiyot 


tarmoqlarini har taraflama rivojlantirish orqali xalqning yuqori 
turmush 
darajasini 
ta’minlash 
vazifasiga 
xizmat 
qilishga 
yo’naltirilgan. 

Yüklə 6,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə