T. Malikov O. Olimjonov



Yüklə 6,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/336
tarix21.10.2023
ölçüsü6,27 Mb.
#130052
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   336
Moliya darslik 2019 Lotin 784

 


 
2-bob. Moliyaviy siyosat 
2.1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va printsiplari 
 
Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element moliyaviy 
siyosat hisoblanadi. Shu bois moliyaviy boshqaruv-ning barcha 
tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asosla-nadi. Qisqa qilib 
aytganda, moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar 
sohasidagi faoliyatidir. Bu faoliyat davlatga yuklatilgan vazifalarni 
bajarish uchun etarli miqdorda va kerakli muddatda moliyaviy 
resurslar bilan 
ta’minlashga qaratilgan.
Siyosat davlat faoliyatining barcha 
yo’nalishlarini qamrab oladi. 
Siyosiy 
ta’sir ob’yekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga 
bog’liq ravishda iqtisodiy yoki sotsial, madaniy yoki texnikaviy, 
byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat 
to’g’risida so’z yuritiladi. 
Moliyaviy siyosat davlat faoliyatining nisbatan musta-qil sohasi 
bo’lib, bir vaqtning o’zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida 
davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu 
yerda uning iqtisodiyot, sotsial soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro 
munosabatlar 
bo’lishi printsipial ahamiyatga ega emas. 
Siyosat, siyosiy 
ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch 
elementlardan tarkib topadi: 

bosh maqsadni aniqlash va 
qo’yish hamda jamiyat hayotining 
ma’lum bir davriga xos qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun 
echilishi zarur 
bo’lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni 
aniqlab olish; 

qo’yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishila-digan, yaqin 
davrdagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal
qilinadigan munosabatlarning metodlari, vositalari va konkret 
shakllarini ishlab chiqish; 

qo’yilgan vazifalarni yechishga qodir bo’lgan kadr-larni 
tanlash va joy-joyiga 
qo’yish, ularning bajarilishini tashkil qilish. 

Yüklə 6,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə