T. Malikov O. Olimjonov


  O‘zbekistonning moliyaviy siyosati va uning o’ziga



Yüklə 6,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/336
tarix21.10.2023
ölçüsü6,27 Mb.
#130052
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   336
Moliya darslik 2019 Lotin 784

2.3. 
O‘zbekistonning moliyaviy siyosati va uning o’ziga 
xos xususiyatlari 
Tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida davlat 
o’z oldiga 
qo’ygan vazifalarning mazmuni va talablaridan kelib chiqqan holda 
moliyaviy siyosatning mazmuni va shakllari ham
o’zgarib boradi.
Masalan,
Sho’rolar moliya-viy siyosati o’zining mohiyati jihatidan 
tom 
ma’noda mustamlaka davlatining moliyaviy siyosati edi. Shu 
sabab sobiq SSSR davrida yuritilgan moliyaviy siyosati 
O‘zbekiston 
Respublikasining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga keskin 
salbiy 
ta’sir ko’rsatdi.
Sobiq Ittifoq moliyaviy siyosatning yana bir 
o’ziga xos 
xususiyati shunda ediki, u davrda mamlakat taraqqiyotini 
ta’minlashda moliyaviy siyosatning roliga etarlicha baho berilmadi. 
Jamiyat hayotining barcha jabhalarida va eng avvalo, iqtisodiy 


sohada moliyaviy munosabatlarning roli buzib 
ko’rsatildi. Moliya va 
moliyaviy dastaklarning faol roli inkor etilib, moliyaviy siyosat
mamlakat oldida turgan muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur 
usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Uzoq davrga 
mo’ljallangan kontseptsiyalarni ishlab chiqishda iqtisodiy 
samaradorlik 
o’rniga ko’proq siyosiy g’oyalarning asos qilib olinishi,
shu bois iqtisodiy
 
jihatdan kam samara beradi-gan, qisqa muddatli 
foyda olishni 
ko’zlab amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni
qiyin ahvolga olib keldi. 
O‘zbekiston Respublikasida ayni davrda amal qilayotgan
moliyaviy siyosatning mazmunini yaxshiroq tushunib olish uchun 
sobiq 
sho’rolar davri hamda mustamlakachilikdan qutulgan 
davlatlarda moliyaviy siyosatning ayrim jihatlari haqida qisqacha 
axborot berish maqsadga muvofiq 
bo’ladi. 
Siyosiy mustaqillikka erishgan davlatning iqtisodiy mustaqil 
davlatga aylanib ketishi 
o’z-o’zidan amalga oshib ketaveradigan 
hodisa emas. Lekin davlat, iqtisodiy, ayniq-sa, moliyaviy 
mustaqillikka erisha olmasa, uni tom 
ma’noda mustaqil davlat, deb
bo’lmaydi.
Mustamlaka zulmidan qutulgan davlatni moliyaviy qaramlik 
iskanjasida saqlab qolishdan manfaatdor kuchlar hamisha topiladi. 
Birinchi navbatda sobiq mustamlakachi davlat va undagi 
mustamlaka yurt iqtisodiyotini 
o’z foyda-siga ishlatib yotgan turli 
guruhlarda shunday intilish 
bo’ladi. Masalan, XX asr boshida va 
ikkinchi jahon urushidan 
so’ng Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida 
o’nlab davlatlar mustaqillikka erishdi. Lekin siyosiy mustaqillikni 
qo’lga kiritgan davlatlarning asosiy qismi moliyaviy jihatdan avvalgi 
mustamlakachi davlatlarga qaramligicha qolaverdi. Mustamlakachi 
davlatlar esa sobiq mustamlakalari iqti-sodiyotida 
o’z nufuzlarini 
saqlab qolish, ularda moliyaviy mustaqillikka erishish uchun 
qilinayotgan xatti-harakatlarga zimdan zarba berish, ilm-fan rivojiga 
to’sqinlik qilib, ishlab chiqarishning fan yutuqlari va yuqori intellektni 
talab qiladigan sohalari taraqqiyotini cheklash, ularni arzon ishchi 
kuchi va xomashyo mintaqalari sifatida saqlab qolish uchun turli 
vositalar 
o’ylab topishdi. 
Masalan, rivojlangan davlatlar va yirik transmilliy kompaniyalar 
mahsulot sotish va xizmat 
ko’rsatish xalqaro bozorini o’zaro 
taqsimlab olishdi. Ular bu sohada tartib - intizom 
o’rnatishdek 
olijanob 
g’oya ostida turli xalqaro savdo-iqtisodiy tashkilotlar 
tuzishdi. Yosh, rivojlanayotgan davlatlardan birida har taraflama 
sifatli, bejirim mahsulot ishlab chiqarildi, deb faraz qilaylik. Jahon 


bozorining 
“xo’jayinlari” yangi mahsulot egasiga ular bilan 
kelishmasdan, 
ya’ni daromadning ma’lum qismini birgalik-da baham 
ko’rmasdan, xalqaro bozorga chiqishga imkon bermaslikka harakat 
qila boshlashdi. 
Ba’zan siyosiy mustaqil, iqtisodiy rivojlanish dara-jasi baland 
davlatlarning moliyaviy mustaqillikni 
qo’ldan boy berib qo’yish hollari 
ham uchraydi. Bunday hodisa turli sabablarga 
ko’ra yuz berishi 
mumkin. 
Masalan, 
Yaponiya, 
Janubiy 
Koreya, 
Malayziya, 
Indoneziya, Singapur, Gonkong, Argentina, Rossiya kabi davlatlar 
1997-1998 yillarda moliyaviy inqiroz holatiga tushib qolishdi va bu 
hodisa mazkur davlatlar moliyaviy mustaqilligiga juda katta salbiy 
ta’sir ko’rsatdi. Ayrim davlatlar, xalqaro moliya-viy idoralardan 
o’nlab milliard dollar miqdorida qarz olishga majbur bo’ldi va shu 
qarzni 
to’lab qutilgunlariga qadar amalda mustaqil moliyaviy siyosat 
o’tkazish huquqini yo’qotishdi. 
Bu 
ro’yxatga tushib qolgan Janubiy Koreya tezda avvalgi 
mavqeini tiklab olishga muvaffaq 
bo’ldi. Negaki, koreys millatida 
vatanparvarlik va Vatanning istiqboli uchun fidoyilik juda kuchli 
ekanligi 
ma’lum bo’ldi. Koreya Respublikasida mamlakatning 
moliyaviy mavqeini tiklash 
bo’yicha umumxalq harakati boshlanib 
ketdi. Jumladan, ixtiyoriy suratda tilla va zeb-ziynat buyumlarni 
yig’ish va davlatga tekinga topshirish boshlandi. Birgina “DEU” 
kontserni jamoasi yarim kunning 
o’zida 45 kilogramm oltin yig’di. 
Mamlakat 
bo’yicha bu raqam juda katta miqdorni tashkil etdi. 
2008 yili AQSh ipoteka banki tizimida boshlangan inqiroz butun 
dunyoni qamrab oldi. Mazkur iqtisodiy inqiroz iqtisodiyotni bozor 
munosabatlarining 
o’zlari tar-tibga solishi kerak, davlatning 
iqtisodiyotga iloji boricha aralashmasligi maqsadga muvofiq, degan 
nazariy qarash va amaliy xatti-harakatlar 
noto’g’ri ekanligini 
ko’rsatdi. Eng muhimi esa, jahonning rivojlangan davlatlari moliya 
siyo-satida juda katta xatolar bor ekanligi 
ma’lum bo’ldi va uni 
tubdan isloh qilish zaruriyati kun tartibiga 
qo’yildi. 
Ayrim davlatlarning iqtisodiy rivoji 
ma’lum bir sohalargagina 
bog’lanib qolgan. Faqat turizm, qazilma boy-liklar, xomashyo qazib 
chiqarish bilan xalqaro iqtisodiy makonda 
o’z o’rnini topgan davlatlar 
bunga misol 
bo’la oladi. Mazkur sohalarga keskin ta’sir ko’rsata 
oladigan voqea-larning yuz berishi (konlarning tugashi, 
qurg’oqchilik 
yoki suv toshqini, sayyohlik marshrutlarining 
o’zgarishi va h.k.lar) 
natijasida mamlakat moliyaviy siyosatining mazmuni va shakllari 
keskin 
o’zgarishi mumkin. 


Shu nuqtai nazardan qaraganda, eng katta tabiiy boylik-lar ham 
hamisha mustaqil moliyaviy siyosat yuritish va iqti-sodiy taraqqiyotni 
ta’minlashga etarli zamin bo’la olmaydi. Agar shunday bo’lganda, 
Rossiya, Braziliya, Meksika, Argen-tina kabi davlatlar jahonning eng 
boy mamlakatlari 
bo’li-shi kerak edi. Holbuki, ular turli davrlarda 
dunyodagi eng 
ko’p qarzi bor davlatlar ro’yxatining birinchi 
o’ntaligidan joy olishgan (Rossiya 2000 yillarga kelibgina bu 
ro’yxatdan chiqa oldi). Qazilma boyliklari deyarli bo’lmagan 
Yaponiya esa ularga eng 
ko’p qarz bergan davlatlardan biri 
hisoblanadi.
Keltirilgan misollardagi kabi salbiy holatlar yuz bermasligining 
oldini olishda oqilona tanlangan va amalga oshirilgan moliyaviy 
siyosatning ahamiyati juda katta 
bo’ladi.
O‘zbekiston tom ma’nodagi mustamlaka mamlakat edi. Bu yerda 
yaratilgan boylik 
to’laligicha Moskva ixtiyoriga tashib ketilib, xuddi 
shu boylikning kichik bir qismi ortga qaytib berilardi. Lekin bu qaytish 
endi 
go’yoki Ittifoq hukuma-tining o’zini o’zi boqishga qodir 
bo’lmagan xalqqa “yordami” edi. O‘zbekistondan olib ketilayotgan 
boyliklarning buxgal-teriya hisob-kitoblari ham Moskvada yuritilar va 
yaratila-yotgan daromadlar miqdorini 
o’zbekistonliklar bilmasligi 
uchun turli vosita hamda usullar
o’ylab topilgan edi. 
Shu bois mustaqillikka erishish arafasida, 
ya’ni 1989-1991 
yillarda 
O‘zbekiston davlat byudjeti daromadining 30-40 foizi sobiq 
Ittifoqdan qaytib beriladigan subven-tsiyadan iborat edi. Lekin, 1988 
yildagi hisob-kitoblarga 
ko’ra, O‘zbekistondan olib ketilgan bir yillik 
paxta tolasi-ning 
o’zidangina 25 milliard rubl daromad olingan, ya’ni 
bu miqdor bizga
“subventsiya”ga berilgan 2,5 milliard rubl-dan 10 
baravar 
ko’p edi.
1991 byudjet yilida 
O‘zbekiston uchun yanada og’ir moli-yaviy 
ahvol yuzaga keldi. Rossiya Federatsiyasi
 
rahbariyati SSSR davlat 
byudjetiga Rossiya hududidan 
yig’ib olinadigan mablag’ning 
tushishini 
to’xtatib qo’ydi. Mazkur holat Ittifoq byudjetidan 
O‘zbekistonga qaytishi mo’ljallangan subventsiya hajmining oldinroq 
qisqara boshlashiga, keyin esa butunlay 
to’xtashiga olib keldi. 
O‘zbekiston davlat byudjeti va iqtisodiyoti butunlay izdan chiqib 
ketish xavfi ostida qoldi.
Shunday 
qiyinchiliklarga 
qaramasdan, 
O‘zbekiston Res-
publikasi siyosiy mustaqillikni 
qo’lga kiritgan kundan bosh-lab 
mustaqil moliyaviy siyosat yurita boshladi. 
O‘zbekiston rahbariyati 
xalqaro moliyaviy maydonga biz barcha bilan faqat teng huquqli, 
o’zaro foydali shartlar asosida iqtiso-diy hamkorlik qilishga 


tayyormiz, degan pozitsiya bilan chiqdi. Endigina mustaqillikka 
erishgan davlatlar rahbarlarining faqat yordam 
so’rab murojaat 
etishlariga 
o’rganib qolgan xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari 
uchun
O‘zbekiston Respublikasining mustaqil moliyaviy siyosat 
kutilmagan hol edi. Aslida mustaqillikni endigina 
qo’lga kiritgan 
mamlakat tashqi moliyaviy yordamga muhtoj edi.
Bir vaqtning 
o’zida mustaqil O‘zbekistonning mustaqil moliya, 
bank va soliq tizimiga asos solish rejali iqtiso-diyotdan bozor 
iqtisodiyotiga 
o’tish ob’yektiv zaruriyatga ay-langan murakkab bir 
sharoitga 
to’g’ri keldi va bu masalalar ham o’z echimini topdi. 
Mustaqil moliya, bank va soliq tizimlarini barpo etish sohasida 
o’tkazilgan tadbirlarni bir necha guruhlarga bo’lish mumkin. Buning 
uchun birinchi navbatda moliya, soliq va bank tizimini mutlaqo yangi 
asoslarda barpo etish uchun zaruriy huquqiy asos yaratildi. 
Mustaqil davlatchilik talablari asosida va yangi qonun-chilik 
negizida bu sohaning boshqaruv organlari butunlay qaytadan tashkil 
etildi. Masalan, moliya vazirligi tizimi tubdan qayta tashkil etilgan 
bo’lsa, Davlat soliq qo’mitasi butunlay yangidan barpo qilindi. SSSR 
Davlat banki 
O‘zbe-kiston filiali negizida O‘zbekiston Respublikasi 
mustaqil Markaziy banki, SSSR davlat ixtisoslashtirilgan tarmoq 
banklari 
O‘zbekiston filiallari asosida paychilikka asos-langan tijorat 
banklari tuzildi. Aralash mulk va xususiy mulkchilikka asoslangan 
o’nglab yangi tijorat banklari tashkil topdi. 
Yuqorida sanab 
o’tilgan chora-tadbirlar natijasida 1991-1992 
yillar mobaynida mustaqil davlatga xos 
bo’lgan moliya, soliq va bank 
tizimlari 
shakllana 
boshladi. 
O‘z daromadimizdan oqilona 
foydalanish evaziga, xarajat-larimizni qiyinchiliklar bilan 
bo’lsa-da, 
o’zimiz qoplay boshladik. Bu davrga kelib, mamlakatimizda bozor 
iqtiso-diyotini barpo etishning asosiy strategik masalalari, uning 
tamoyillari ishlab chiqildi.
Har qanday mustaqil davlat 
o’zining mustaqil pul birligiga ega 
bo’lishni xohlaydi va bu mustaqil davlat-chilikning muhim 
belgilaridan biri hisoblanadi. Lekin sobiq SSSR hududida endigina 
mustaqillikka erishgan davlatlar 
o’sha paytdagi sharoitda to o’z milliy 
pul tizimlarini barpo etgunga qadar 
“rubl”dan umumiy holda 
foydalanib turishlari iqtisodiy zaruriyat edi. Boshqa chora 
yo’q ham 
edi. Chunki siyosiy mustaqillikka erishilgani bilan sobiq ittifoqdosh 
respublikalarning bir-biriga qaram qilib tashlangan iqtisodiyotlari bir 
kunda mustaqil yashab keta olmasdi. Natijada 
Hamdo’stlik 
davlatlarining 
ko’pchi-ligi to o’z valyutasini kiritishga etarli sharoit 
yaratgunga qadar 
“yagona rubl hududi”da qolishga xohish bildirishdi 


va ular 1992 yil oktyabrda 
“yagona rubl hududi” to’g’risidagi bitimni 
imzolashdi. Keyin 
O‘zbekiston va Rossiya hukumat-lari, Markaziy 
banklari pul tizimlarini birlashtirish haqidagi ikki tomonlama 
shartnomaga 
qo’l qo’yishdi. 
1993 yil namunasidagi yangi rubllar 
O‘zbekiston hududiga etib 
kelgandan keyin mazkur bitim va kelishuvlar Rossiya Federatsiyasi 
hukumati tomonidan bir tomonlama 
to’xtatildi. 
Bundan sal oldinroq, 
ya’ni 1993 yilning 10 mayida Qirg’iziston 
to’satdan o’z milliy valyutasi – somni muomalaga kiritdi. Xolbuki, 
Hamdo’stlik davlatlaridan birortasi o’z milliy pul birligiga o’tishga 
qaror qilsa, bu haqda boshqa 
a’zolarni uch oy oldin rasman 
ogohlantirish shartligi haqida maxsus davlatlararo bitim bor edi. 
Qirg’izistonda rubl o’rniga somning muomalaga kiritilishi va 
Rossiya Federatsiyasi shartnomalarni bekor qilishi tufayli 1993 yil 
kuziga kelib, yagona rubl hududi yaratish 
g’oyasi barbod bo’ldi.
Bu hodisa 
Hamdo’stlik davlatlari iqtisodiyotiga katta zarar 
etkazdi, iqtisodiy islohotlar samarasini sezilarli darajada pasaytirib 
yubordi, uning ilk natijalarini 
yo’qqa chiqardi. O‘zbekistonda endigina 
shakllanib kela boshlagan moliya va pul muomalasi tizimini 
qaytadan jar 
qirg’og’iga keltirib qo’ydi. Mamlakat iqtisodiy hayoti o’z 
maromida davom etishi uchun zarur vositalardan biri 
bo’lmish pul 
tizimi va pul birligisiz qoldi. Iqtisodiy hayot qisqa muddat ichida yana 
bir bor butunlay izdan chiqish xavfi ostida qoldi. 
Zudlik bilan 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1993 yil 12 noyabrda imzolangan
“O‘zbekiston Respublikasi 
hududida 
parallel 
to’lov vositasi sifatida “So’m-kupon”larni 
muomalaga kiritish 
to’g’risida”gi qarori asosida 15 noyabrdan 
boshlab
so’m kuponlar muomalaga kiritildi. “So’m – kupon”larning 
1, 3, 5 va 10 
so’mliklari Angliyada ishlangan bo’lsa, 25, 50, 100 
so’mlikdan 10 ming so’mlikkacha bo’lgan qismi o’z pul fabrikamizda 
bosib chiqarildi. 
Pul belgilarini ishlab chiqish 
g’oyatda murakkab, ko’p mehnat va 
yuqori aniqlik talab etadigan jarayon 
bo’lib, unga erishish yuksak 
texnik va texnologik tayyorgarlikni taqozo qiladi. 
O‘ta qisqa fursat 
ichida, 
ya’ni 1993 yildayoq zamonaviy texnika va texnologiya 
asosida pul, boshqa qimmatli 
qog’oz va tanga ishlab chiqara 
oladigan 
“Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi qurib 
ishga tushirildi. 
“Yagona rubl hududi”si g’oyasi barbod bo’lganligiga bog’liq 
ko’plab salbiy oqibatlarni bartaraf etishni so’m-kuponlar o’z ustiga 
oldi va 
o’ta qisqa fursat ichida O‘zbekiston o’zining to’laqonli pul 


birligi 
– so’mni 1994 yil 1 iyuldan muomalaga kiritish uchun zarur 
iqtisodiy sharoit yarata oldi.
Milliy valyutaning muomalaga kiritilishi mamlakat-ning moliyaviy 
siyosat tarixida yangi bosqichni boshlab berdi. 
Shu davrda 
O‘zbekistonda mustaqil moliya asoslarini yaratish 
jarayoniga noxush 
ta’sir ko’rsatgan yana bir voqea yuz berdi. 
Rossiya Federatsiyasi hukumati 
o’zini sobiq SSSRning barcha 
sohalar 
bo’yicha qonuniy merosxo’ri, deb e’lon qildi. Natijada uzoq 
yillar mobaynida sobiq ittifoqdosh respublikalar aholisi mehnati 
evaziga yaratilgan barcha boylik ular ixtiyoriga 
o’tib ketdi.
Jumladan, aholining sobiq SSSR 
jamg’arma banki tizimida 
saqlanayotgan omonat-lari (
o’sha paytda bu muassasa hali eski 
nomi bilan 
“omonat kassalari” deb atalar edi) Rossiya ixtiyoriga olib 
qo’yildi. 
O‘zbekistonda milliy valyutaga o’tish masalasida “tadrijiy” 
usuldan foydalanildi. 1993 yil 15 noyabrda milliy valyutani joriy 
etishning tayyorgarlik bosqichi, 
ya’ni oraliq to’lov vositasi – “so’m-
kupon
”ga o’tildi. Rossiya rubllari o’rniga “so’m-kupon” muomalaga 
kirishi bilan eski puldan darhol voz kechilgani 
yo’q. Daromadlarini 
rublda 
jamg’arib kelgan aholiga uni oxirigacha ishlatish mikoniyati 
berildi. Almashtirish miqdori 200 ming rubl qilib belgilandi, undan 
ortiq qismi bankda mazkur shaxsning nomiga 
jamg’arma sifatida 
rasmiylashtirildi. Vaholanki, 
o’z milliy valyutasiga o’ta boshlagan 
Hamdo’stlik davlat-larining ko’pchiligida eski rubllarning 20, 30, 50 
ming, eng 
ko’pi bilan 100 ming almashtirildi, undan ortiq qismi xalq 
qo’lida oddiy qog’oz sifatida qolib ketdi. 
Mamlakatimizda pul almashtirishi bilanoq, pensiya, stipendiya, 
nafaqa va ish haqi yangi 
“so’m-kupon”da berila boshladi. 
Yaqindagina 20 foizga oshirilgan ish haqi yana 50 foizga 
ko’paytirildi.
Milliy pul birligini joriy etish bilan 
bog’liq ob’yektiv qiyinchiliklarni 
yumshatish masalasi shu taxlit chora-tadbirlar yordamida amalga 
oshirildi va 1994 yil 1 iyuldan 
“so’m-kupon” o’rniga haqiqiy valyuta – 
so’mga o’tildi. 
O‘zbekistonda milliy valyutani darhol muomalaga kiri-tish va 
birdaniga uning erkin almashinuvini 
ta’minlash yo’lidan borilmadi. 
O‘zbek so’mining ichki konvertatsiyasi 2003 yil 15 oktyabrdan 
boshlandi. Lekin u hali tom 
ma’nodagi ichki konvertatsiya emas, 
balki katta cheklovlarga ega edi. 
Aslida hech qanday cheklovsiz, xohlagan paytda xohlagan 
miqdordagi pulni xohlagan tarzda konvertatsiya qilish hech bir 


davlatda mumkin emas va jahonda bunday valyutaning 
o’zi yo’q. 
Masalan, AQSh yoki Angliyaga ularning bir qop pulini 
ko’tarib 
kelsangiz, hech qaysi bank uni qabul qilmaydi. Siz eng avvalo, olib 
borgan pulingizni qayerda va qanday ishlab topganligingiz haqida, 
ya’ni uning manbai haqida hujjat taqdim etishingiz shart. Mana shu 
ham cheklovning bir 
ko’rinishi. Bunga o’xshash cheklovlar juda ko’p. 
Masalan, valyu-tasi 
to’la konvertatsiya qilinadigan davlatlarda 
narkobiz-nes, 
o’g’irlik, fohishabozlik, qurol-yarog’ni noqonuniy 
tarzda sotish kabi juda 
ko’p holatlarda topilgan pulni boshqa 
valyutaga 
konvertatsiya 
qilish 
mutlaqo 
taqiqlangan, 
ularni 
ishlatishga ham 
yo’l qo’yilmaydi. 
Demak, hamma gap cheklovlarning mazmuni, shakli va 
miqdorida. Shu pozitsiyadan qaraydigan 
bo’lsak, 2003-2017 yillarda 
mamlakatimizda xalqning yuqori turmush darajasini 
ta’minlashga 
qodir rivojlangan bozor iqtisodiyoti barpo etish jarayoniga xizmat 
qiladigan holatlarda milliy valyuta muayyan miqdorda konvertatsiya 
qilib kelindi. Masalan, eksportga mahsulot chiqaradigan yoki import 
o’rnini bosadigan yuqori sifatli mahsulot yarata-yotgan yoki shunday 
xizmat 
ko’rsatayotgan xo’jalik yuritish sub’-ektlari rasman so’mni 
erkin almashtirish huquqiga ega edilar. 
Bunday 
manzilli 
konvertatsiya 
usuli 
yordamida 
erkin 
almashinadigan valyutani kamroq sarflab, 
ko’proq natijaga erishish 
ko’zda tutilgan edi. Shunday usul bilan mamlakatda o’nlab yangi 
tarmoq va sohalarga asos solindi, 
ma’naviy va jismoniy jihatdan 
eskirib qolgan minglab ishlab chiqarish korxonalari zamonaviy, 
yuqori unumli texnika va texnolo-giya bilan jihozlandi.
Mustaqillik yillari moliyaviy siyosat haqida 
so’z yurit-ganda uning
quyidagi 
o’ziga xos tomonlariga alohida urg’u berish kerak bo’ladi.
Dastlab 
ma’muriy-buyruqbozlik tamoyillari asosiga o’rnatilgan 
mustamlaka davri iqtisodiyotini isloh qilish, 
ma’rifiy bozor 
iqtisodiyotini qurishning 
o’ziga xos nazariyasi yaratildi. Bunda 
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishning besh tamoyili asosida 
O‘zbekistonda dav-lat bosh islohotchi sifatida maydonga chiqdi. Bu 
esa tota-litar iqtisodiyot asoslari sindirilayotgan, yangisi endigina 
shakllanayotgan sharoitda jamiyatda boshqaruv tizimining mutlaqo 
buzilib ketmasligini 
ta’minlashga xizmat qildi. 
Shuningdek, bozor munosabatlari shakllanayotgan sharo-itda 
inflyatsiya, ishsizlik, daromadlar notekis taqsimla-nishi kabi bozor 
iqtisodiyotiga xos ayrim salbiy holatlar-ning aholi turmush darajasiga 
noxush 
ta’sirini kamaytirish imkoniyatini yaratdi. Davlatning bosh 
islohotchiligi tufayli zamonaviy korxonalar, yangi sohalar paydo 


bo’ldi, ular yordamida va mavjud tarmoqlarni qo’llab-quvvatlash yo’li 
bilan mustaqil davlatning mustaqil iqtisodiyoti asoslari barpo etildi. 
Hamdo’stlik davlatlarining ko’pchiligida o’zini o’zi stixiyali suratda 
boshqaradigan bozor iqtisodiyotini barpo etish 
yo’lidagi urinishlari 
samarasiz tugadi. Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, mashhur 
iqtisodchilarning mamlakat iqtisodiyotini 500, 300, hatto 100 kun 
ichida qayta qurish kabi 
g’oyalari aslida puch ekanligi tezda 
isbotlandi.
Totalitar tuzum davrida mulkning 90 foizdan 
ortig’i davlatga 
tegishli edi. Bunga barham berish va mulkchilikning turli shakllaridan 
foydalanish masalasi kun tartibiga 
qo’yildi. Qator davlatlar mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarishning shoshilinch usullarini tanlashdi. 
Masalan, uning vaucher usulini amalga oshirgan Rossiya 
Federatsiyasi kabi davlatlarda mamlakat iqtisodiy asosini tashkil 
qiladigan eng yirik korxonalar arzon-garovga turli guruh yoki alohida 
shaxslar ixtiyoriga 
o’tib ketdi. 
Iqtisodchilarning hisob-kitoblariga 
ko’ra, Rossiyada narxni sun’iy 
ravishda pasaytirish tufayli birgina neft sanoati korxonalarini 
xususiylashtirishdan hukumat eng kamida 150 milliard AQSh dollari 
miqdorida zarar 
ko’rgan.
24
Buning ustiga xususiylashgan korxonalar 
daromadlari bugun xalqning emas, yangi 
xo’jayinlarning cho’ntagini 
to’ldirmoqda.
Yuqorida bayon etilgan holatlar 
O‘zbekistonning 1992-2016 yillar 
mobaynida yurgizgan moliyaviy siyosatning mazmuni va uning 
o’ziga xos tomonlarini ko’rsatib beradi. Bu davr moliyaviy 
siyosatning eng muhim natijasi shu ediki, qisqa fursatda mustaqil 
davlatning mustaqil moliyaviy tizim va shunga mos keladigan 
moliyaviy siyosat yaratildi. Tubdan yangilangan moliyaviy siyosat 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil iqtisodiyotining asoslarini 
yaratishga muhim hissa 
qo’shdi.
Lekin bir paytning 
o’zida 1992-2016 yillar mobaynida amal 
qilgan moliyaviy siyosatning qator xato va kamchi-liklari ham bor edi. 
Ya’ni bu davrda qog’ozda rasman iqtisodiyotning siyosatdan 
ustuvorligi haqida bong urilgan 
bo’lsa-da, amalda ba’zan buning 
teskari hollari ham yuz berganligi haqiqiy bozor iqtisodiyotini barpo 
etish jarayoniga halaqit berdi. Shunga mos ravishda moliyaviy 
siyosat ham 
o’zibilarmonlik, jahonning ilg’or tajribasini inkor etish, 
ko’rsatkichlarni oshirib ko’rsatish kabi illatlarning qurboni bo’ldi. 
Moliyaviy 
ko’rsatkichlar ijtimoiy va iqtisodiy hayotning haqiqiy 
24
“Trud” gazetasi, 1999 yil 18 noyabr. 


ahvolini 
bo’yab ko’rsatish siyosatining muhim vositalaridan biriga 
aylandi. Natijada soxta moliyaviy 
ko’rsatkichlar jamiyatdagi haqiqiy 
ahvolni 
noto’g’ri ko’rsata boshladi. Moliyaviy ko’rsat-kichlarning katta 
qismi 
“xizmat doirasida foydalanish uchun”, eng muhimlari esa hatto
“maxfiy” belgisi ostiga yashirildi, ya’ni ko’pchilik ular bilan tanishish 
imkoniyatidan mahrum etildi. 
Bu masalada tub ijobiy burilish 2016 yili yuz berdi. 
O‘zbekiston 
Prezidenti 
lavozimiga 
Shavkat 
Mirziyoev 
saylanishi 
bilan 
mamlakatimiz iqtisodiy hayotida yangi davr boshlandi. 1992-2016 
yillik davrda moliyaviy siyosatda 
yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni 
tuzatish sari 
yo’l tutildi. 
O‘zbekistonda 2016 yildan boshlangan yangi tarixiy davrda 
moliyaviy siyosatni tubdan 
o’zgartirib yuborgan qator qonunlar, 
Prezident farmon va qarorlari tayyorlandi va kuchga kirdi. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Preziden-tining 2017 yil 7 fevralda 
imzolangan 
“2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar 
strategiyasi

25
da 
mamlakatimiz moliyaviy siyosatni yanada 
takomillashti-rish, 
ba’zi o’rinlarda esa butunlay qayta tashkil etish 
talablari 
qo’yildi. 
Shu nuqtai-nazardan qaraganda, iqtisodiy islohotlar-ning yangi 
bosqichida 
O‘zbekistonda moliyaviy siyosatning asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 

Davlat byudjeti moliyaviy ahvolining barqarorligini 
ta’minlash; 

byudjet daromadlari va xarajatlarining ochiq, shaffof va oshkora 
bo’lishini tashkil etish; 

davlat xarajatlarini birinchi navbatda modernizatsiya qilish va 
tegishli tarkibiy 
o’zgarishlarni amalga oshirish asosida iqtisodiyotni 
innovatsion asosda rivojlanishini 
ta’minlashga yo’naltirish; 

xarajatlarning ijtimoiy 
yo’naltirilganligini saqlab qolgan holda 
davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni 
ta’minlash; 

davlat byudjeti defitsitini 
yo’l qo’yilgan eng kam daraja 
doirasida (YaIMning 3-4%i atrofida) cheklashga 
yo’naltirilgan qat’iy 
moliyaviy siyosatni amalga oshirish; 

mahalliy 
byudjetlarning 
daromad 
qismini 
yanada 
mustahkamlash va byudjetlararo munosabatlarni takomil-lashtirish; 

byudjet intizomiga 
qat’iy rioya qilish; 
25
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi”. 2017 yil 7 fevralda imzolangan 
O‘zbekiston Respublikasi Prezi-dentining PF-4947-sonli Farmoni. 



davlat byudjeti daromadlarining katta qismini joylarga biriktirish, 
mahalliy byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash; 

ijtimoiy 
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining 
ijtimoiy 
himoyasini 
ta’minlash, aholining konstitutsiya bilan 
kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni 
ta’minlovchi moliyaviy 
bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi 
turmush daraja-sini keskin oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni 
yaratish; 

soliq yuklamasini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini yanada 
soddalashtirish, soliq 
ma’muriyatchiligini takomillashtirish; 

soliq kontseptsiyasi va siyosatini takomillashtirish, soliqlarning 
iqtisodiyotga 
rag’batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsadida: 
- soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, 
tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, 
to’plangan mol-mulkdan 
samarali foydalanishga 
rag’batlan-tiruvchi ta’sirini oshirish; 
- korxonalar zimmasidagi soliq yuklamasini kamay-tirish
qo’shilgan qiymat va foyda solig’i stavkalarini kamaytirish va shu 
asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish; 
- soliq tushumlari tarkibini tubdan 
o’zgartirish, resurslar, mol-
mulk 
solig’ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq 
undirishning progressiv tizimini takomillashtirish; 

soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga 
tadbiq etuvchi tegishli moliya-soliq mexanizmini ishlab chiqish va 
takomillashtirish; 

istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni kreditlashni yanada kengaytirish orqali kredit siyosatini 
takomillashtirish; 

milliy valyutani haqiqiy konvertatsiya qilishni joriy etish, pul 
almashuv tartibini yanada soddalashtirish, 
so’mning barqarorligini 
ta’minlash; 

ijtimoiy himoyaning manzilli 
bo’lishiga, moliyaviy mablag’larning 
ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga etib borishini 
ta’minlash; 

mahalliy 
byudjetlarni 
shakllantirish 
manbalari 
bo’lgan 
umumdavlat soliqlari bilan mahalliy soliqlar 
o’rtasida aniq chegara 
o’tkazish va boshqalar. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz moliyaviy siyosat muam-molari 
qatoriga uning hayot (davr) bilan hamnafasligini, uning davlatimiz 
rivojlanishining 2016 yildan keskin 
o’zgargan sharoitlariga tezda 
moslasha olishini 
ta’minlash, o’z echimini kutayotgan vazifalarni hal 


etish uchun kerakli usullarni 
o’z vaqtida topa bilish, strategik 
kontseptual echimlarni ishlab chiqish, 
mablag’larga qarab yashash 
talabiga rioya etilishini 
ta’minlash, fuqarolar ijtimoiy talab-ehtiyojlarini 
qondirishning moliyaviy bazasini (asosini) belgilashda qoldik 
yondashuvidan (usulidan) ijtimoiy xarajatlarning manzilliligini 
ta’minlashga o’tish kabi tadbirlar kiradi. 
Davlatning yangi moliyaviy siyosat kontseptsiyasining ayni 
davrdagi maqsadi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, ijtimoiy ishlab 
chiqarish samaradorligini butun choralar bilan oshirish asosida 
jamiyat 
a’zolarining turmush farovonligi darajasini keskin oshirishni 
ta’minlashdan iborat. Moliya strategiyasining ijtimoiy yo’naltirilganligi 
xalq farovonligini oshirishga ajratiladigan moliya resurs-larini 
ko’paytirish imkoniyatlarini qidirib topishda namoyon bo’libgina 
qolmay, balki iqtisodiy siyosatning bosh maqsadiga butunlay 
yangicha yondoshuvda ham namoyon 
bo’ladi va endilikda aholi 
turmush darajasi va ishlab chiqarishning 
o’sishi hamda moliyaviy 
resurslardan samarali foydalanish 
yo’nalishlarini belgilaydi. 
Ijtimoiy 
himoya, 
birinchi 
navbatda, 
kam 
ta’minlangan 
fuqarolarni, shuningdek, byudjet tashkilotlari xodimla-rini ijtimoiy 
himoya qilishni ham nazarda tutadi. Ijtimoiy himoya, eng avvalo, 
daromadlarni indeksatsiyalash usuli yordamida, 
ya’ni, byudjet 
mablag’lari hisobiga, ba’zan esa kompensatsiyalarni iste’mol 
indeksiga muvofiq oshirish 
yo’li bilan ta’minlanadi. 
Jamiyat hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sohasiga moliyaviy 
ta’sir 
o’tkazishning asosiy uslublari bo’lib soliq solish, moliya resurslaridan 
mohirona va oqilona foyda-lanish, moliyalashtirish, moliya bozori va 
boshqalar hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyoti hozirgi bosqichining 
moliyaviy siyosat moliya strategiyasi talablari asosida va yuzaga 
kelgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab 
chiqilgan.
Xo’jalik yuritishning turli-tuman shakllaridan foyda-lanish 
jamoat talab-ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, resurslarni tejash, 
mahsulot assortimenti va texnika bazasini yangilash, mehnat 
jamoalarining ijtimoiy muammo-larini hal etishi 
yo’lida raqobatni 
rivojlantirish, tashabbuskorlik 
ko’rsatish uchun shart-sharoitlarni 
yaratadi. 
Ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarni qondirishga
yo’nalti-riladigan 
moliya resurslarining 
o’sishiga, eng avvalo, rentabelli faoliyat 
ko’rsatish orqali erishiladi. Biroq siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoit 
o’zgarishi bilan davlat xarajatlari miqdori doimo o’sib boradi. Shu 
munosabat 
bilan 
hozirgi 
moliyaviy 
siyosat 
davlat 
moliya 


resurslarining muntazam 
o’sishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni 
ishlab chiqish va amalga oshirishni nazarda tutadi. 
Byudjetga tushayotgan 
to’lovlar hajmini oshirishning zarurligi 
xo’jalik bo’g’inlarining ishchan faolligini jonlantirishga qaratilgan 
moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishini talab qiladi. 
Moliyaviy 
siyosatni 
faollashtirish 
maqsadida 
moliya-viy 
resurslarni qayta taqsimlash amaliyotini tubdan 
o’zgartirish katta 
ahamiyatga ega. Byudjet vositasida, shuningdek, yuqori tashkilotlar 
orqali amalga oshiriladigan 
«vertikal» uslubga qarama-qarshi 
moliyaviy resurslarni moliya bozori orqali 
«gorizontal» qayta 
taqsimlash 
ham 
borgan 
sari 
yanada 
keng 
rivoj 
topadi. 
Mablag’larning o’tkazib turilishi esa moliyaviy resurslardan talab va 
taklifdan kelib chiqqan holda foydalanishni nazarda tutadi. 
Moliya 
bozorining 
rivojlanishi 
munosabati 
bilan 
milliy 
iqtisodiyotni rivojlantirish va umumdavlat ehtiyojlarini qondirish 
uchun aholi, korxona va tashkilot-larning pul daromadlari va 
jamg’armalarini yanada kengroq jalb etish zarur. Shu munosabat 
bilan Davlat obligatsiyalari va xazina biletlarini chiqarish ham davlat 
resurslarining hajmini 
ko’paytiradi. 
Moliyaviy siyosat real moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan 
holda ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi zarur. Xarajatlar 
miqdori moliya resurslari 
ko’paygani-dagina o’sishi mumkin. Bu, eng 
avvalo, ishlab chiqarishni moliyalashtirishni bildiradi. Iqtisodiy va 
moliyaviy siyosatning hamma tadbirlari, bir tomondan, aholiga 
o’z 
daromadlarini oshirish imkoniyatini berish, ikkinchi tomondan esa, 
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirpsh uchun maqbul sharoitlarni 
yaratishga qaratilishi kerak. 
Moliyaviy siyosatning tubdan 
o’zgarishiga mos ravishda moliya 
mexanizmi ham qayta 
qurilmog’i lozim. Moliya mexanizmini qayta 
qurishning maqsadi bozor munosabatlari asosida ijtimoiy ishlab 
chiqarish samaradorligiga uning 
ta’sirini kuchaytirish, moliya 
resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni 
ta’minlashdir. 
Moliya mexanizmini qayta qurish negizida korxona, tashkilotlar 
ishining 
yakuniy 
natijalarini 
yaxshilash 
uchun 
xo’jalik 
tashabbuskorligi va 
mas’uliyatini butun choralar bilan kuchaytirish 
talab qilinadi. 
Bozor iqtisodiyotida korxonalarning ishlab chiqarish omillaridan 
iloji boricha yaxshiroq foydalanishdan manfaatdorligini oshirish 
uchun alohida moliyaviy uslub-lardan foydalanish zarurati 
yo’qoladi. 
Bozor raqobati korxonalarni ishlab chiqarish samaradorligi, 
moliyaviy resurslardan foydalanish ustidan ichki 
xo’jalik moliya 


nazoratini chuqurlashtirish haqida doimo 
g’amxo’rlik qilishga majbur 
qiladi. Shu bilan bir vaqtning 
o’zida davlat tomonidan bozor 
munosabatlarini moliyaviy boshqarishning ahamiyati ham oshadi. 
Moliyaviy boshqarish korxonalarga soliq solish, 
qo’shimcha 
soliqlarni 
(masalan, 
eksport 
va 
import 
solig’ini) kiritish, 
mehnatkashlar daromadlariga soliq solish, maqsadli dasturlarni 
moliyalashtirish vositasida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotning sifat parametrlarini buzganlik uchun, atrof-muhitni 
muhofaza qilish 
bo’yicha talablarning sanitariya norma va 
qoidalariga rioya qilmaslik uchun moliyaviy jarimalar tizimiga 
talabchanlik oshiriladi. Davlat byud-jeti va byudjetdan tashqari 
jamg’armalar oldidagi moliya-viy majburiyatlarni o’z vaqtida 
bajarmaslik yoki 
to’liq bajarmaslik, foyda va boshqa soliq solish 
ob’ektlarini yashirganlik uchun jarima (sanktsiya)larning darajasi va 
miqdori kuchaytiriladi. Auditorlik moliya nazorati keng rivoj 
topmog’i 
lozim. 
Boj siyosati hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, 
inson salomatligiga putur etkazuvchi tovarlarning kirib kelishini oldini 
olish va 
ilg’or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari natijalarining 
mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilishini 
rag’batlantirish vazifalarini 
bajarishi talab etiladi. 
Aholiga ijtimoiy xizmat 
ko’rsatishni yaxshilash maqsa-dida 
ijtimoiy soha muassasalari va tashkilotlarida yangi 
xo’jalik 
mexanizmi joriy etilyapti. Ijtimoiy soha muassasalariga pulli xizmat 
ko’rsatish, xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanish, olingan daromadlarni 
mustaqil tasar-ruf etish huquqi yanada kengaytirildi. 
Davlat moliya mexanizmiga tub 
o’zgarishlar kiritildi. Davlat 
byudjeti daromadlarini shakllantirish soliq aso-siga 
o’tkazildi, byudjet 
daromadlari tarkibi va byudjetdan moliyalashtirish tizimi butunlay 
o’zgardi. Byudjetdan tashqari jamg’armalar tizimi keng tarqaldi. 
Bozor munosabatlarining rivojlanishi mulkiy va shaxsiy 
sug’urtani 
tashkil etish va boshqarish sohasida ijobiy natijalarga olib keldi: 
kooperativ (shirkat) 
sug’urtasi rivojlanyapti, aktsiyadorlik sug’urta 
jamiyatlari vujudga kelyapti, 
sug’urtaning yangi turlari paydo 
bo’layapti. 
2017 yilning 5 sentyabrida
 
mamlakatimiz moliyaviy siyosatda 
muhim voqea yuz berdi. Chunki aynan shu kuni milliy pul birligimiz 
so’mni xorijiy valyutalarga konvertatsiya qilishni erkinlashtirish 
sohasida katta ahamiyat kasb etadigan qadam tashlandi. 
Ya’ni 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 2 
sentyabrda imzo-lagan
«Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha 


birinchi navbatdagi chora-tadbirlar 
to’g’risida
26
»gi farmoni bilan
mamlakatimizda valyuta munosabatlarini tartibga soladigan yuridik 
va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani erkin sotish hamda sotib 
olishga imkon beradigan yangi bozor mexanizmini joriy qilish 
boshlandi. Yangi tartibga 
ko’ra, endi milliy valyutaning chet el 
valyutasiga 
nisbatan 
ayirboshlash 
kursi 
valyuta 
birjasining 
banklararo elektron savdolarida valyutaga 
bo’lgan talab va taklifdan 
kelib chiqqan holda shakllantiriladigan 
bo’ldi. 2017 yil 5 sentyabrda 
ushbu mexanizm 
ta’sirida shakllangan so’mning AQSh dollariga 
nisbatan ayirboshlash kursi 8100 
so’m miqdorida belgilandi. 
Valyutani 
konvertatsiya 
qilish-ning 
yangi 
mexanizmi 
bozor 
iqtisodiyoti talablariga javob beradi. 
Xullas, mamlakatimizda 2016 yili yangi iqtisodiy sharoit 
talablaridan 
kelib 
chiqqan 
holda 
moliyaviy 
siyosatni 
takomillashtirish jarayoni boshlandi va u izchillik bilan davom 
ettirilmoqda. 


Yüklə 6,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə