T. Malikov O. Olimjonov



Yüklə 6,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/336
tarix21.10.2023
ölçüsü6,27 Mb.
#130052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   336
Moliya darslik 2019 Lotin 784

 
 
Taqrizchilar
: Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
O.K.Iminov 
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
D.P.
Po’latov 
 
 

 
 


Kirish 
 
«Moliya» fani iqtisod sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash 
tizimida eng asosiy 
o’rinlardan birini egallaydi. Mustaqil fan sifatida 
unga 
o’tgan asrning 50-yillarida asos solingan bo’lib, u o’sha davrga 
xos moliya 
to’g’risidagi tasav-vurlarga mos bo’lgan. O‘zbekistonda 
ham bozor islohotlari-ning amalga oshirilishi moliya fani eng muhim 
nazariy qoidalarining qayta 
qo’rib chiqilishini taqozo etdiki, bu narsa 
hamon 
o’quv adabiyotlarida o’z aksini to’liq topgani yo’q. Shu 
boisdan ham, ayrim holatlarda, mamlakat moliyaviy tizimda sodir 
bo’layotgan o’zgarishlarni etarli darajada inobatga olmagan holda 
mashg’ulotlarni o’tkazish xavfi mavjud. Mazkur darslikda mualliflar 
moliyaning nazariy masalalariga oid barcha printsipial 
o’zgarishlarni
o’quvchi-larning e’tiboriga etkazishga harakat qilishgan. 
Uning 1-7-boblarida moliyaning umumnazariy masalalari 
(moliyaning mohiyati va funksiyalari, moliyaviy siyosat, moliyaviy 
tizim, moliyaviy boshqaruv, moliyaviy rejalash-tirish va tartibga 
solish, moliyaviy nazorat va moliyaviy nazariyalar) yoritilgan. 
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi davlat moliyaviy 
salohiyatining asosi, 
xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni moliya-viy isloh 
qilish, ularning moliyaviy resurslari, asosiy va aylanma kapital 
doiraviy aylanishining moliyaviy jihat-lari, ishlab chiqarish xarajatlari, 
foydasi va rentabel-ligi, 
xo’jalik yurituvchi sub’yekt marketing 
strategiyasining 
moliyaviy 
yo’nalishlari, 
ishlab 
chiqarishni 
modernizatsiya 
qilish 
va 
yangilash 
investitsion 
dasturlarini 
moliyalash-tirish, moliyaviy barqarorlikka tegishli 
bo’lgan holatlar 8-
15-boblarda 
o’z aksini topgan. 
16-24-boblar umumdavlat moliyasiga, 
ya’ni davlat byud-jeti, 
uning daromadlari va xarajatlari, byudjet defitsiti va uni 
moliyalashtirish, byudjet tizimi, tuzilmasi va jarayoni, byudjetdan 
tashqari davlat fondlari, ijtimoiy 
ta’minot, davlat krediti va sug’urtaga 
oid masalalarga 
bag’ishlangan. Uy xo’jaliklari moliyasi va xalqaro 
moliya masalalari esa 25-26-boblarda bayon qilingan. 
Mavzularni chuqur, tez va osonroq 
o’zlashtirishga yordam 
berish maqsadida bahs-munozara va nazorat uchun 
o’ziga xos 
tarzda savollar tuzilgan va ular har bobning oxirida bayon etilgan. 
Kitobning 6-bobi katta 
o’qituvchi M.O.Sharapova, 21-bobi 
iqtisodiyot fanlari doktori, professor N.H.Haydarov, 24-bobi 
iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent X.M.Shennaev va 26-bobi 
iqtisodiyot fanlari doktori, professor N.X.Jumaev, qolgan boblarning 
barchasi esa iqtisodiyot fanlari doktori, professor T.Malikov va 


iqtisodiyot fanlari doktori, professor O.Olimjonov hamkorligida 
yozilgan. 
Moliya fani 
bo’yicha o’zbek tilida nashr etilgan ilk
darsliklardan biri
bo’lganligi uchun u ayrim kamchiliklardan xoli 
bo’lmasligi mumkin. Shu bois darslikning sifatini oshirishga xizmat 
qiladigan taklif va mulohazalarni mualliflar mamnuniyat bilan qabul 
qilishadi. 



Yüklə 6,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə