T. Malikov O. Olimjonov


-bob. Moliyaning mohiyati va funksiyalari



Yüklə 6,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/336
tarix21.10.2023
ölçüsü6,27 Mb.
#130052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   336
Moliya darslik 2019 Lotin 784

1-bob. Moliyaning mohiyati va funksiyalari 
1.1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati 
Moliyaviy 
munosabatlarning 
ilk 
shakllari 
insoniyat 
taraqqiyotining quldorlik jamiyati bosqichida jamiyatning sinflarga 
bo’linishi va davlatning vujudga kelishi bilan bog’liq ravishda paydo 
bo’ldi. Muayyan hududda boshqaruv organi sifatida davlatning 
vujudga kelishi uning hokimiyat apparatini moddiy jihatdan 
ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, mamlakatni himoya qilish,
urush harakatlarini olib borish, ijtimoiy 
ob’ektlar va yo’llar qurish 
kabi vazi-falarni bajarishi uchun 
ma’lum darajada pul mablag’lari 
ham 
bo’lishini taqozo eta boshladi. Xuddi shu holat o’z navbatida 
jamiyatda moliya paydo 
bo’lishini iqtisodiy zaruriyatga aylantirdi. 
Demak, davlatchilik tizimining vujudga kelishi moliyaning paydo 
bo’lishi uchun asosiy sabab bo’lib xizmat qildi.
Moliya haqida 
so’z borar ekan, eng avvalo, bu atama qanday 
paydo 
bo’lgan, degan haqli savol tug’ilishi tabiiy. “Moliya” arabcha 
so’z bo’lib, o’zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag’lari” 
ma’nosini anglatadi. Bu so’z ona tilimizda ishlatilishining quyidagi 
ko’rinishlari mavjud: 

maqsadli pul fond
1
larini hosil etish, jamlash, taqsimlash va 
ishlatish yuzasidan paydo 
bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; 
pul 
mablag’larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi 
(masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliyaviy tizim); 

biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat 
tasarrufidagi pul 
mablag’lari (masalan, korxona moliyasi); 

moliya ishlari bilan 
shug’ullanuvchi davlat organi 
(
so’zlashuv tilida)
2

Arab tilidagi 
“mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg’armasi”, 
shuningdek
, “moliyat”, ya’ni “pul mablag’lari; soliq” so’zlari ham 
moliyaga daxldordir
3

Lekin jahon iqtisodiy adabiyotida 
lug’aviy ma’nosi jihatidan 
o’zbekcha “moliya” iborasining frantsuzcha “finance”, lotincha
“financia” va ruscha “finansi” kabi ekvi-valentlari yoki ma’lum 
1
O‘zbek tilining izohli lug’atida “fond” va “jamg’arma” so’zlari sinonim sifatida keltirilgan. Biz ham darslikda ularni 
asosan bir ma’noni ifodalaydigan iboralar tarzida ishlatdik. Lekin gap yoki jumlaning ma’nosiga qarab, ba’zi o’rinlarda 
“fond”, ba’zi joylarda esa “jamg’arma” iborasini ishlatishni ma’qul ko’rdik. 
Qarang: O‘zbek tilining izohli lug’ati: 80 000 dan ortiq so’z va so’z birikmasi. J.2. E – M // Tahrir hay’ati: T.Mirzayev 
(rahbar) va boshq.; O‘z.R FA Til va adabiyot in-ti. – T.: “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 
2006. – 69-b. 
2
Qarang: O‘zbek tilining izohli lug’ati: 80 000 dan ortiq so’z va so’z birikmasi. J.2. E – M // Tahrir hay’ati: T.Mirzayev 
(rahbar) va boshq.; O‘z.R FA Til va adabiyot in-ti. – T.: “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 
2006. – 611-b. 
3
Qarang: o’sha manba, 610- va 611-betlar. 


ma’noda, sinonimlari
4
qachon va qayerda paydo 
bo’lganligi haqida
aniq 
ma’lumot yo’q
5
.
Ayrim olimlar 
“financia” (“finance”, “finansi” va h.k. shakllarda) 
tushunchasi aynan shu shaklda XIII-XIV asrlarda Italiyaning savdo 
shaharlarida paydo 
bo’lgan va dastlab “pul to’lovi” ma’nosini 
anglatgan, degan fikrlarni 
olg’a surishadi. Xalqaro savdo-sotiq 
ishlarining 
rivojlanishi 
mazkur 
iboraning 
Italiyadan 
boshqa 
davlatlarga ham tarqalishiga sabab 
bo’lgan. XY asrda “financia” 
tushunchasi Fransiyada 
“davlat daromadlari”, “pul summalari” ma’-
nosida ishlatila boshlangan. Boshqa tadqiqotchilar bu atama 
muomalada ilk bor frantsuz olimi J.Boden tomonidan 1755 yilda 
nashr etilgan 
“Respublika xususida olti kitob” nomli asarida 
ishlatilgan va shu tariqa bu atama Yevropa dav-latlari hayotiga kirib 
kelgan, deb hisoblashadi
6

Yaratilayotgan moddiy 
ne’matlarni taqsimlash va qayta 
taqsimlash 
bo’yicha oliy hokimiyat organi sifatida davlat va takror 
ishlab chiqarish jarayonining boshqa ishtirokchilari 
o’rtasida yuzaga 
chiqadigan 
ma’lum bir iqtisodiy munosabatlarni Yevropa davlatlarida 
o’rta asrlardan boshlab “moliya” tushunchasi orqali ifodalay 
boshlashgan. 
Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash 
va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliq-lar va turli 
ko’rinishdagi 
shaxsiy 
to’lanmalar 
xarakteriga 
ega 
bo’lgan. 
Tovar-pul 
munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash 
munosabatlari shakllarining 
o’zgarishiga olib keldi – ular ko’proq 
ravishda pul xarakte-riga ega 
bo’ldi. Biroq bu munosabatlarning 
mazmun va mohiyati printsipial jihatdan
o’zgarmay qolaverdi. 
Zamonaviy tasavvurdagi 
“moliya” tushunchasi podsholar 
xazinasidan davlat xazinasi ajralib chiqishi bilan paydo 
bo’lgan. Bir 
paytning 
o’zida shuni alohida qayd etish kerakki, jamiyatda pul, 
tovar-pul munosabatlari va davlatning paydo 
bo’lishi o’z-o’zidan 
darhol moliyaning ham vujudga kelganligini bildirmaydi. Ular 
hammasi bir paytda, 
ya’ni birdaniga paydo bo’lgan emas. Moliya 
4
Biz bu erda dunyo xalqlarining turli tillarida shaklan turlicha va mazmunan bir xil ma’noni anglatuvchi so’zlarni 
nazarda tutayapmiz.
5
Finansi, denejnoe obrashchenie i kredit. Uchebnik / Pod red.prof. V.K.Senchagova, prof.A.I.Arxipova. –M.: Finansi i 
statistika, 1999. s.25). Boshqa mualliflarning fikriga qaraganda, bu atama muomalaga 1755 yilda “Respublika xususida 
olti kitob” asarini nashr ettirgan frantsuz olimi J.Boden tomonidan kiritilgan (Qarang: Finansi. Uchebnik dlya vuzov / 
Pod red. prof. M.V.Romanovskogo, O.V.Vrublevskoy, B.M.Sabanti. – M.: Finansi i statistika, 2000. s.44). 

Finansi, denejnoe obrashchenie i kredit. Uchebnik / Pod red.prof. V.K.Senchagova, prof.A.I.Arxipova. –M.: Finansi i 
statistika, 1999. s.25; Finansi. Uchebnik dlya vuzov / Pod red. prof. M.V.Romanovskogo, O.V.Vru-blevskoy, 
B.M.Sabanti. – M.: Finansi i statistika, 2000. s.44; Finansi. Uchebnik ./ Pod red. G.B.Polyaka. – 3-e izd., pererab. i dop.- 
YuNITA-DANA, 2009. – s.8; Finansi: Ucheb.posobie / Pod red. A.M.Kovalevoy. – 5-e izd., pererab. i dop. – M.: 
Finansi i statistika, 2008. – s.7



shakllanib, bizning u haqidagi bugungi tasavvurimizdagi moliya 
ko’rinishiga kelishi uchun jamiyatda bir qator shart-sharoitlar pishib 
etilgan 
bo’lishi kerak. Ular quyidagilar: 
1. Asrlar davomida davlat ixtiyoriga 
yig’iladigan barcha pul 
mablag’larining mutloq egasi qirol (sharqda podsho), deb 
hisoblanilgan. 
Mablag’lar qirol xohish-ixtiyori bilan yig’ilgan va u 
xohlagan shaklda xarajat qilingan. 
O‘sha davrlarda odamlar 
tasavvurida daromadlarni ishlatish bundan boshqacha 
bo’lishi 
mumkin emasday tuyular edi. 
XVI 
–XVII asrlarda Niderlandiya va Angliyada yuz bergan 
birinchi burjua inqiloblari moliyaning shakllanishiga juda katta turtki 
bergan. 
To’g’ri, mazkur inqiloblar qirollik tuzumini ag’darib tashlay 
olmadi. Lekin shunday 
bo’lsa-da, qirolning hokimiyatini ancha 
cheklashga erishildi va biz uchun eng muhimi qirolning xazinaning 
mutloq egasi sifatidagi huquqi keskin qisqartirildi. Yangi sharoitda 
xazina 
o’rniga umumdavlat pul mablag’lari fondi, zamonaviy til bilan 
aytganda, byudjet tashkil etila boshlandi. Qirolning xazi-nasi
o’rniga 
davlat byudjeti tushunchasining kirib kelishi moliyaning shakllanishi 
va zamonaviy 
ko’rinish olishida o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan 
inqilobiy 
o’zgarishlardan biri bo’lib hisoblanadi. 
Shu 
o’rinda Markaziy Yevropa davlatlarida xazinani tasarruf 
etish sohasida yuz bergan bunday 
o’zgarishlar dunyo-ning juda ko’p 
davlatlarida, xususan, 
O‘rta Osiyoda ommalash-maganligini e’tirof 
etish zarur. 
O‘z taraqqiyoti davrida kapitalistik tuzumni bosib 
o’tmagan mazkur davlatlarda podsholar xazinaning mutloq egasi 
bo’lib qolaverganligi va muomalaga davlat byudjeti tushunchasi 
kirishi podsholik hokimiyatining bekor qilinishiga qadar hal 
bo’lmaganligini tabiiy hodisa sifatida tushunish to’g’ri bo’ladi. 
2. Amaliyotga 
“xazina” o’rniga “davlat byudjeti” tushun-chasi 
kirgandan keyin byudjetni tashkil etish va 
mablag’-lardan 
foydalanish tartibi shakllana boshladi
. “Davlat daromadlari” va 
“davlat xarajatlari” iboralari paydo bo’ldi, ularning tarkibi aniqlandi
davlat byudjetini shakllantirish va 
mablag’larini sarflash uchun 
tegishli qonun hujjatlarining asoslari yaratila boshlandi.
Davlat byudjeti daromadlarini asosan soliqlar, turli 
to’lovlar, 
harbiy 
o’lja va kontributsiyalar tashkil etgan bo’lsa, o’sha paytdayoq 
xarajatlar moddalarining hozirga qadar 
o’z ahamiyatini yo’qotmagan 
yo’nalishlari shakllandi: harbiy xarajatlar, iqtisodiyot, boshqaruv va 
ijtimoiy maqsadlarga ajratilgan 
mablag’lar. 
3. Qirol xazinaning mutloq egasi 
bo’lgan davrda daromadlar 
natural soliqlar va aholining mehnat majburiyat-laridan iborat 
bo’lgan 


edi. 
Endilikda 
pul 
ko’rinishidagi soliqlar Davlat byudjeti 
daromadlarining asosiy qismini tashkil eta boshladi. Natijada 
yaratilayotgan mahsulotni qiymat shaklida taqsimlash bosqichi
boshlandi.
Lekin shuni yana alohida 
ta’kidlash lozimki, moliya va moliyaviy 
munosabatlarning mohiyati haqidagi tushunchalar vaqt 
o’tishi bilan 
o’zgarib borgan
7
.
Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksiyadorlik 
shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan 
bog’liq holda tovar ishlab chiqa-rishning yirik masshtablarda 
rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayonining turli ishtirokchilari 
o’rtasida pul mablag’larini jalb qilish, ulardan foydalanish va ularni 
taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga olib keldi. 
Tovarlar 
harakatidan 
ajralgan 
pul 
mablag’larining harakati 
masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. 
Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan
turli 
sub’yektlar o’rtasida YaIM qiymatini taqsimlash va qayta 
taqsimlash bilan 
bog’liqdir. Bir vaqtning o’zida, ularning har biri
amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanma-sining 
tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan 
o’z hissalarini 
olishga 
da’vo qiladilarki, bu moliyaviy munosabatlarning sohasidir. 
Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot 
qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va 
ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, 
davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya 
sifa-tida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga 
bo’linishi va davlatning paydo bo’lishi bilan bog’liq. 

Yüklə 6,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə