T. Malikov O. Olimjonov



Yüklə 6,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/336
tarix21.10.2023
ölçüsü6,27 Mb.
#130052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   336
Moliya darslik 2019 Lotin 784

1.2. Moliyaning funksiyalari 
Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi: 
1. Taqsimlash;
2. Nazorat.
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning 
o’zida amalga 
oshiriladi. Har qanday moliyaviy operatsiya YaIM va MDni 
taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga 
oshirilishini anglatadi. 
Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash 
xarakteriga ega va shunga muvofiq ravishda moliyaning bosh yoki 
asosiy funksiyasi taqsimlash funk-tsiyasidir. Moliya yordamida 
amalga oshirilishi lozim 
bo’lgan taqsimlash jarayoni murakkab va 
ko’p qirrali jarayondir. Moliya YaIMni taqsimlashning turli bosqich-
lariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda 
ishtirok etadi. 
Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning 
turli darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va 
mahalliy 
o’zini o’zi boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. 
Unga taqsimlashning turli 
ko’rinishlarini (xo’jalik ichida, tarmoq 
ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.) 
tug’diruvchi ko’p bosqichlilik 
xosdir.
Eng 
avvalo, 
moliyaning 
taqsimlash 
funksiyasi 
MDni 
taqsimlashda
, “asosiy yoki birlamchi daromadlar”
deb nom olgan 
daromad va 
jamg’armalarni(fondlarni) tashkil etish sodir bo’lganda 
namoyon 
bo’ladi. Ularning yig’indisi MDga tengdir. Asosiy 
daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari 
o’rtasida 
taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga 
bo’linadi: 

moddiy ishlab chiqarish sohasida band 
bo’lgan ishchi va
xizmatchilarning ish haqi, fermer va h.k.larning daro-madlari; 

moddiy 
ishlab 
chiqarish 
sohasidagi 
korxonalarning 
daromadlari.
Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy 
xo’jalik ustuvor 
tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini 
ta’minlash, 
aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy 
pul fondlarining shakllanishini 
ta’minlay olmaydi. Buning uchun 
quyidagilar bilan 
bog’langan holda MDni yanada taqsimlash va 
qayta taqsimlash zarur: 



xo’jalik yurituvchi sub’yektlar daromadlari va jamg’armalaridan 
eng samarali va oqilona foydalanish maqsadida 
mablag’larni 
tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash bilan; 

ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda noishlab chiqarish 
sohasining (maorif, 
sog’liqni saqlash, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy 
ta’minot, boshqaruv va h.k.) ham mavjudligi bilan;

aholining turli ijtimoiy qatlamlari 
o’rtasida daromadlarni qayta 
taqsimlash bilan. 
Yuqorida
bayon etilgan qayta taqsimlashlar natijasida 
ikkilamchi yoki 
“kelib chiquvchi”
daromadlar tashkil topadi. Bunday 
daromadlarga noishlab chiqarish sohasi tarmoq-larida olingan 
daromadlar, soliqlar (jismoniy shaxs-lardan olinadigan daromad 
solig’i va boshqalar) kiradi. Ikkilamchi daromadlar MDdan 
foydalanish borasidagi yakuniy nisbatlarni shakllantirish uchun 
xizmat qiladi. 
MDni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib, 
moliya MDni birlamchi taqsimlashda vujudga kelgan nisbatlarni 
ularning 
yakuniy 
foydalanish 
nisbatlariga 
aylanishiga 
ta’sir 
ko’rsatadi. Bunday qayta taqsimlash natijasida yaratiladigan 
daromadlar moddiy va moliyaviy resurslar va, eng avvalo, bir 
tomondan pul fondlarining miqdori va ularning tarkibiy tuzilmasi, 
ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish vositalari va 
iste’mol 
predmet-larining hajmi va tuzilmasi 
o’rtasidagi muvofiqlikni 
ta’minlashi kerak. 
Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash 
milliy iqtisodiyotni tarkibiy 
o’zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor 
tarmoqlarini (qishloq 
xo’jaligi, transport, energetika va h.k.) 
rivojlantirish maqsadlarida, aholining eng kam 
ta’minlangan 
qatlamlari (pensionerlar, talabalar, 
yolg’iz va ko’p bolali onalar va 
h.k.) foydasiga amalga oshiriladi. 
Shunday qilib, MDni qayta taqsimlash milliy 
xo’ja-likning ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, moddiy ishlab chiqarish 
tarmoqlari, mamlakatning alohida mintaqalari, mulkchilik shakllari va 
aholining turli ijtimoiy
guruhlari 
o’rtasida sodir bo’ladi. 
Moliya yordamida amalga oshiriladigan YaIM va MDni 
taqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadi iqtisodiyotni 
rivojlantirish va aholining yuqori turmush darajasini 
ta’minlashdan 
iboratdir. Bu jarayonlarda moliyaning roli kam xarajat qilib eng yuqori 
natijalarga erishish, moliya-
xo’jalik faoliyatini yanada yaxshilashda 
xo’jalik yurituvchi sub’yektlar har bir xodimi va jamoa-sining moddiy 


manfaatdorligi 
va 
qiziquvchanligini 
oshirish 
vazifalariga 
yo’naltirilgan. 
Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina 
MDni qayta taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning 
jamg’arilishiga, iste’mol sohasiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shu 
ma’noda, moliya iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarini, 
ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini 
va h.k.larni rivojlantirishda hal qiluvchi rolni 
o’ynaydi. 
Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi:

xo’jalik sub’yektlari, aholi, davlat va mahalliy o’zini o’zi 
boshqarish organlari darajasida maqsadli pul 
mablag’lari fondlarini 
shakllantirishga; 

xo’jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlar-aro, 
shuningdek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi 
ijtimoiy guruhlari 
o’rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga; 

xo’jalik sub’yekti va davlat darajasida zaxiralar yaratishga, 
fuqarolar tomonidan 
jamg’arishni amalga oshi-rishga imkoniyat va 
shart-sharoit yaratib beradi. 
Pul 
daromadlari 
va 
fondlarini 
shakllantirish 
hamda 
foydalanishning vositasi sifatida moliya taqsimlash jarayonining 
amalga oshirilishini 
ob’yektiv ravishda o’zida aks ettiradi. Uning 
nazorat funksiyasi YaIMni tegishli fondlarga taqsimlash va ularning 
maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish 
orqali namoyon 
bo’ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va 
nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir. 
Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning 
harakati tashkil etadi. Ana shu harakatning xarkteridan kelib chiqqan 
holda jamiyat pul 
mablag’larini taqsimlashda qanday nisbatlarning 
vujudga kelayotganligi, 
xo’jalik yurituvchi sub’yektlar ixtiyoriga 
moliyaviy resurslarning 
o’z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlana-
yotganligi xususida 
ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Agar moliyaning 
nazorat funksiyasi amalga oshirilmasa, moliya taqsimlash 
funksiyasining samaradorligini baholashning ham iloji 
yo’qki, bu 
holat 
amaliyotda 
har 
ikkala 
funksiya 
harakati 
o’zaro 
muvofiqlashtirilishining zarurligidan dalolat beryapti. 
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan har qanday jamiyatda 
moliyaning 
nazorat 
funksiyasi 
ijtimoiy 
va 
xususiy 
ishlab 
chiqarishning dinamik rivojlanishini 
ta’minlashga, ilmiy-texnika 
taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy 
xo’jalik-ning barcha bo’g’inlarida 
ish 
sifatini 
uzluksiz 
yaxshilashni 
moliyaviy 
ta’minlashga 


yo’naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini 
to’liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag’batlantirishni oshirish, moddiy, 
mehnat, moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va 
tejamkor foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlari va 
yo’qotmalarni 
qisqartirish, 
xo’jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish moliya 
nazorat funksiyasining maqsadlaridandir. 
Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri 
moliyaviy masalalar 
bo’yicha qonunchilikning belgi-langan 
muddatlarda, aniq va 
to’la hajmda ijro etilishini, byudjet tizimi, soliq 
xizmati, banklar oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek, hisob-
kitoblar va 
to’lovlar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning o’zaro 
majburiyat-lari bajarilishining ham 
o’z vaqtida va to’la amalga 
oshirilishini tekshirish hisoblanadi. 
Moliyaning nazorat funksiyasini bajarish jarayonida moliya, 
bank, 
sug’urta, bojxona va soliq organlari muhim rol o’ynaydi. 
Mazkur xizmatlarning xodimlari moliyaviy rejalashtirish jarayonida, 
byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishida 
moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining 
rivoj-lanishi sharoitida nazorat ishlarining 
yo’nalishi, moliyaviy 
nazoratning shakl va metodlari tubdan 
o’zgaradi. 
Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amal-ga 
oshiriladi. Bu mexanizm milliy 
xo’jalikdagi moliyaviy munosabatlar 
tashkiliy 
shakllarining 
majmuini, 
markaz-lashtirilgan 
va 
markazlashtirilmagan pul 
mablag’lari fondlarini shakllantirish va 
ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini, 
moliya va moliyaviy tizimni boshqarish shakllarini, moliyaviy qonun-
chilikni 
o’z ichiga oladi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida 
sifat jihatidan yangi 
bo’lgan moliya mexanizmi qo’llaniladi. Bu, eng 
avvalo, 
xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va aholining byudjet tizimi, 
nobyudjet fondlari, mulkiy va shaxsiy 
sug’urta organlari va boshqalar 
bilan 
bo’lgan o’zaro munosabatlariga tegishlidir. 

Yüklə 6,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə