T. Malikov O. Olimjonov


  “Moliya” fanining paydo bo’lishi va rivojlanishida



Yüklə 6,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/336
tarix21.10.2023
ölçüsü6,27 Mb.
#130052
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   336
Moliya darslik 2019 Lotin 784

1.5. 
“Moliya” fanining paydo bo’lishi va rivojlanishida 
ajdodlarimiz xizmatlari 
 
Jahonda moliyaning alohida fan sifatida shakllanishi va 
rivojlanishi jarayonida 
o’zbek olim va mutafakkirlari-ning ulkan 
hissalari bor. 
To’g’ri, Buyuk Temur yoki Buyuk Bobur
9
kabi 
vatandoshlarimiz qadimda 
“moliya” deb nomlangan maxsus ilmiy 
asarlar yozishmagan. Lekin ular 
o’zlarining boshqa nomlar bilan 
atalgan ilmiy-siyosiy, diniy va 
ma’rifiy asarlarida moliyaning turli 
masalalariga tegishli fikr-mulohazalarini bayon qilishgan. 
O‘zbek 
8
Bu haqida darslikning 7.2 paragrafida batafsil fikr yuritiladi. 
9
Temur va Bobur kabi bobolarimizning ismlari ulaning yurtimiz, xalqimiz va jahon tarixiga qo’shgan juda katta 
hissalari tufayli “Buyuk Temur” va “Buyuk Bobur” shaklida atalishi va yozilishi kerak, deb hisoblaymiz. 


davlat-larining ayrim hukmdorlari esa 
o’z amaliy faoliyatlarida 
moliya, ayniqsa, uning tarkibiy qismi 
bo’lgan soliq sohasini 
rivojlantirish 
bo’yicha 
ulkan 
ahamiyatga 
molik 
islohotlar 
o’tkazishgan. 
Insoniyat tarixida ilk davlatlar paydo 
bo’lishi va ularning turli-
tuman xarajatlarini qoplash maqsadida soliqlardek 
o’ta muhim 
vosita 
o’ylab topilishi bilan, ya’ni qadim-qadimdan hukmdorlar va
soliqlarning 
to’lovchilari soliqlar miqdori, to’lash tartibi va muddatlari 
masa-lalari 
bo’yicha o’zaro tortishib kelishgan. Chunki xalq uchun 
bular 
hayot-mamot 
masalasi 
hisoblangan. 
Bizning 
buyuk 
ajdodlarimiz bu muammo ham hokimlar, ham ularga tobe xalqlarni 
qanoatlantira oladigan tarzda ijobiy hal 
bo’lishi uchun juda katta 
hissa 
qo’shishgan. 
Mutafakkirlarimizning moliya faniga 
qo’shgan hissa-lari haqida 
so’z yuritishdan oldin muqaddas kitobimiz “Qur’oni Karim”da ham
moliya va soliq masalalariga keng 
e’tibor berilganligini e’tirof 
etishimiz mantiqan 
to’g’ri bo’ladi. To’g’ri, “Qur’on” ni inson 
yaratmagan, u Parvardigor tomonidan biz, musulmonlarga, tortiq 
etilgan buyuk asar! Biz uchun bu 
o’rinda eng muhimi shundaki, ana 
shu muqaddas kitobimizda ham moliya, ayniqsa, soliq va soliq 
to’lash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. “Qur’oni Karim”da 
islomiy soliqlarning asosiy turlari 
bo’lmish xiroj, ushr, zakot va 
boshqa soliqlarning miqdori, 
to’lash tartibi, vaqti, soliq yig’uvchilar va 
to’lovchilar haqida atroflicha fikr yuritilgan. 
Hadislarda ham moliyaga daxldor masalalar 
bo’yicha keng 
miqyosda fikr yuritilgan. Masalan, soliqlar, ularning turlari,
to’lovchilar, to’lov miqdorlari va shartlari kabi masalalarning aniq 
javoblari hadislarda bayon etilgan. 
Miloddan avvalgi VIII asrda, 
ya’ni bundan 2800 yil oldin qadimiy 
Xorazm diyorida bitilgan 
“Avesto” asarida moliya masalalari ham 
tadqiq 
etilganligi 
jahondagi 
iqti-sodiy 
tafakkur 
tarixi 
bilan 
shug’ullanadigan olimlarni hayratga soladi
10
. Zero, dunyoda 
moliyaga daxldor va 28 asr oldin yozilgan hamda bugungacha 
saqlanib qolingan asarlar deyarli 
yo’q. Xullas, ”muqaddas kitobda 
agrar munosabat-larning moliya masalalariga ham katta 
e’tibor 
beriladi

11

Xalqimizning 
“Alpomish”, “Go’ro’g’li” kabi qator doston-larida 
ham moliya va soliq masalalariga alohida 
e’tibor berilgan. 
10
“Avesto”.- Toshkent.: “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 1-tom, 2000 yil, 65 bet. 
11
A.Razzoqov. “Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari”. Toshkent.: “O‘zbekiston” nashriyot- matbaa ijodi uyi, 2001 yil, 27-
bet. 


“Alpomish” dostonida Qo’ng’irot elida hukmronlik qilgan Boybo’ri 
bilan uning ukasi Boysaribiy 
o’rtasidagi ixtilof zakot masalasida 
paydo 
bo’ladi. Asarda Qo’ng’irot va Qalmiq ellarining moliya tizimlari 
o’rtasidagi farqlar ham ko’rsatib o’tilgan. 
“Go’ro’g’li” dostonida soliqqa doir masalalar ham bayon 
qilingan. Bunda soliqchi, pul 
yig’uvchi – pulchin, purush (furush) 
degan iboralar bilan atalgan. 
Umuman olganda, soliqlar masalalari juda 
ko’p islo-miy 
mutafakkirlarimiz tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Masalan, 
Burhoniddin 
Marg’inoniyning (1123-1197) “Hi-doya”
12
asarida
chorva mollaridan zakot olish, qimmatbaho buyumlar (oltin, kumush) 
dan olinadigan zakot turlari, hosildan undiriladigan soliq (ushr), 
zakotni taqsimlash tartibi 
bo’yicha tavsiyalar berilgan. 
1063-1092 yillarda saljuqiylar davlati vaziri 
bo’lib ishlagan 
Nizomulmulkning 
“Siyosatnoma”
13
asarida davlat xazinasi, uni 
oqilona boshqarish, soliqlarni adolatli 
yig’ish masalalari ham bayon 
etilgan. 
Buyuk ajdodimiz Ahmad Al-
Farg’oniy Misrda Nil daryosi suvi 
hajmining 
o’zgarishiga qarab, suvni barcha dehqonlar o’rtasida bir 
xil taqsimlashni 
ta’minlay oladigan, o’z zamonasida jahonda tengi 
yo’q gidroinshoot barpo etgan. Qohira shahri yaqinidagi Sayyolat ul-
Rod mavzesida bunyod etilgan mazkur bino 1200 yildan beri 
ajdodlarimizning buyuk aql-zakovati timsoli sifatida qad rostlab 
turibdi.
Vatandoshimiz Al-
Farg’oniy ekin maydonlarini suv bilan 
ta’minlash darajasining hosilga ta’siri va shu asosida soliq miqdorini 
adolatli o
’rnatish g’oyasini oldinga surgan va hayotga joriy etgan. 
Tan olish kerakki, bu insoniyat tarixida soliqqa tortish tamoyillarini 
ishlab chiqishga 
bo’lgan ilk va muvaffaqiyatli amalga oshgan 
urinishlardan biri edi
14
.
Ahmad Al-
Farg’oniy mazkur g’oyani o’rtaga tashlagan va 
hayotga joriy etgan IX asrda 
g’arb mamlakatlarining ko’pchiligi hali
davlat sifatida shakllanib ulgurishmagan edi. Binobarin, ularda soliq 
haqida fikr yuritishga asos, 
ya’ni soliqlarning o’zi ham yo’q edi.
Buyuk Temur ham moliya va soliq fanlari nazariyasi va 
amaliyotiga ulkan hissa 
qo’shgan. U o’z saltanatida soliqlar adolatli 
12
A.Razzoqov. “Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari”. Toshkent.: “O‘zbekiston” nashriyot- matbaa ijodi uyi, 2001 yil. 82-
91-betlar. 
13
Shu erda. 110-120-betlar. 
14
O.Olimjonov. “Soliq nazariyasini yaratishda ajdodlarimiz xizmati”. “Iqtiso-diy taraqqiyotga erishishda soliq siyosatini 
yanada takomillashtirish yo’llari”. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari. Toshkent Moliya instituti.- 
2006 yil.


bo’lishi uchun harakat qilgan. Bu fikrimizning to’g’riligini tushunish 
uchun uning
“Temur tuzuklari” asari va hukmdorlik faoliyatida 
o’tkazgan islohotlariga murojaat qilish kerak. Jahongir “Temur
tuzuklari
asarida moliya, soliqlar va soliqqa tortish masalalariga 
juda katta 
e’tibor bergan. U o’z ixtiyoridagi mamlakatlarda soliqqa 
tortish, uning miqdori va 
to’g’ri yig’ib olish jarayonida qat’iy tartib 
o’rnatgan. 
“Amr qildimki, - deb ta’kidlaydi Amir Temur, - raiyatdan xiroj 
yig’ishda uni og’ir ahvolga tushirib qo’yishdan yoki mamlakatni 
qashshoq qilib 
qo’yishdan saqlanmoq zarur, chunki raiyatni 
xonavayron qilish xazinaning 
g’ariblashuviga olib keladi. Xazinaning 
g’ariblashib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi. 
Sipohning tarqalib ketishi 
o’z navbatida saltanatning zaiflashishiga 
olib keladi

15

Ko’rinib turibdiki, Buyuk Temur davlat byudjeti daro-madlarini
shakllantirishda soliq 
to’lovchilarga nisbatan soliq yuklamasini 
oshirib yuborishning salbiy oqibatlarini chuqur his qilgan va 
o’z 
saltanatida bunga 
yo’l qo’ymagan. 
Sohibqiron qishloq 
xo’jaligida soliqni ekindan olingan hosilga 
va erning unumdorligiga qarab belgilashni joriy qilgan. Temur 
saltanatida hosil pishib etilmasdan raiyatdan molu jihot olishni 
qat’iy 
ravishda 
ta’qiqlab qo’yish ham amal qilganki, soliqqa tortishning 
bunday adolatli printsiplari Yevropa davlatlarining 
ko’pchiligida hali 
ma’lum emas edi.
Tashlandiq yoki yangi erlarni 
o’zlashtirgan shaxslarga soliqdan 
katta imtiyoz berilgan
. “... amr etdimki, - deyiladi “Temur 
tuzuklarida
”, - kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (er 
ostidan 
o’tkazilgan ariq) qursa, yo biron bog’ ko’kartirsa, yoxud 
biron xarob 
bo’lib yotgan erni obod qilsa, birinchi yili undan hech 
narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat 
o’z roziligi bilan berganini 
olsinlar, uchinchi yili (esa) qonun-qoidaga muvofiq xiroj 
yig’sinlar”
16

Axir bunday fikrlar adolatli soliq siyosatining asosini tashkil
qilmaydimi?! Buyuk Temur 
o’z zamonasining eng adolatli soliq 
siyosatlaridan birini ishlab chiqqan hamda uni Osiyo va Yevropaning
katta qismini tashkil etgan bepoyon saltanatida hayotga joriy etgan. 
Demak, Buyuk Temurni uning nazariy qarashlari va amaliy faoliyati 
bo’yicha zamonaviy soliq siyosatining asoschilaridan biri, deyishga 
haqqimiz borligi 
ko’rinib turibdi. Uning davlat byudjeti daromadlarini 
15
“Temur tuzuklari”.- T.: G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996, 122-123-betlar. 
16
“Temur tuzuklari”.- T.: G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996, 344 b. 124-bet. 


shakllantirish va soliq siyosatini tashkil etish 
bo’yicha bildirgan 
g’oyalari bugun ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. 
Soliq nazariyasini yaratgan, deb hisoblanadigan 
g’arblik olimlar
ham shu taxlit 
g’oyalarni “Temur tuzuklari” yozil-gandan 3-4 asr 
keyin boshqacha shakl va 
so’zlar bilan ifoda-lashganliklarini 
tushunish uchun ularning asarlarini bir bor qiyoslab chiqish etarli. 
Kezi kelganda shuni alohida 
ta’kidlash kerakki, Buyuk Temur 
yurtimizni 
mo’g’o’llar zulmidan ozod qilish va Amir Husayn bilan taxt 
uchun uzoq davom etgan kurashlarida xalqqa ularga nisbatan 
adolatli soliq siyosatini taklif etgani ham katta yordam berganligi sir 
emas. 
Yana bir misol. Bobur va boburiylar saltanatining Hindiston 
zaminida 
o’ta uzoq muddat(1526-1858 yillar), ya’ni 332 yil hukm 
surishida ham xalqparvarlik, jumladan, ortiqcha soliqlar bilan xalqni 
qiynamaslik kabi omillar-ning xizmati beqiyos
bo’lgan. 
Bobur iqtisodiy, jumladan, moliyaviy tafakkur rivo-jiga juda 
katta hissa 
qo’shgan. Uning “Boburnoma”, “Mubayyan” va boshqa 
asarlarida

17
asarlarida iqtisodiy, moliyaviy va soliq siyosatlariga doir 
fikrlari bayon etilgan. U iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, 
iqtisodiyotning davlat va jamiyat hayotini belgilovchi ahamiyatini 
yaxshi bilgan. Shuning uchun ham uning iqtisodiy siyosati adolatli va 
keng xalq ommasi uchun 
mo’’tadil bo’lgan. 
Buyuk Boburning 
“Mubayyan” asari iymon-e’tiqod, namoz, 
zakot, 
ro’za va haj kitoblarini o’z ichiga olgan 5 qismdan iborat. 
Zakot kitobida zakot shartlari, zakot beriladigan mollar, naqdina, 
chorva va tijorat mollarining zakoti, zakot farzlari, zakot beriladigan 
shaxslar, zakot berish durust 
bo’lmagan kishilar, ushr va xirojga doir 
barcha masalalar 
bo’yicha aniq tavsiyalar berilgan.
Boburning moliya va soliq sohasidagi xizmatlari bu boradagi 
nazariy masalalarni tadqiq etish bilan cheklanib qolmagan. U moliya 
va soliq 
bo’yicha o’zi ishlab chiqqan tavsiyalarni saltanatida o’zi 
amaliyotga joriy ham etgan. 
Bobur davlati barpo etilgunga qadar Hindiston hududida hukm 
surgan 
o’nlab katta-kichik davlatlarning xazinani tashkil etish, uning 
daromadlaridan foydalanish, soliq siyosati, soliq tizimi, soliqlar 
turlari va ularni aholidan 
yig’ib olish tartiboti bir - biridan keskin farq 
qilgan. Har bir rojalikning 
o’z soliq siyosati bo’lgan. Soliq-larning 
17
Bobur Z.M. “Boburnoma”.- T.: Yulduzcha, 1989.- 368 b. “Mubayyan” va nasriy bayoni, “Risolai Volidiyya” asari 
nazmiy tarjimasi va sharhi. Nasriy bayon va sharhlar muallifi M.Kenjabek; mas’ul muharrir A.Mansur; - T.: “SHARQ”, 
2014. 213- 238-betlar. 


turlari 
ko’pligi, ularni yig’ib olishning tartibi qat’iy emasligi va soliq 
miqdori juda katta ekanligidan aholi juda qiynalgan

Yüklə 6,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə