T. Malikov O. Olimjonov


 Takror ishlab chiqarish va moliya



Yüklə 6,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/336
tarix21.10.2023
ölçüsü6,27 Mb.
#130052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   336
Moliya darslik 2019 Lotin 784

1.3. Takror ishlab chiqarish va moliya 
Insoniyat hayot kechirishi uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-
joy va ijtimoiy sohani doimiy ravishda takror ishlab chiqarishi taqozo 
etiladi. 
Planetamiz 
aholisi 
sonining 
o’sishi 
va 
uning 
urbanizatsiyalashuv darajasining ortishi, mamlakatlar ichidagi va 
ular 
o’rtasidagi qarama-qarshiliklarning kuchayishi, ilmiy-texnika 
taraqqiyotining rivoj-lanishi qator omillar 
ta’siri sharoitida “hayot 
kechirish
”ni takror ishlab chiqarish ayrim davlatlar mustaqil yashay 


olishining muhim sharti 
bo’lib qolmoqda. Ma’lumki, xalqaro mehnat 
taqsimotining foydali tomonlaridan tashqari zararli jihatlari ham 
mavjud. Uning salbiy tomonlari yuqori texnologiyali ishlab 
chiqarishlarning notekis taqsimlanishiga, eng boy-badavlat sanalgan 
mamlakatlarda moliyaviy kapitalning tobora 
ko’proq to’planishiga 
olib kelmoqda. 
Kambag’al va rivojlanish darajasi past bo’lgan 
mamlakatlar esa hamon xomashyo qazib chiqarish va qishloq 
xo’jalik mahsulotlari
etishtirish bilan 
shug’ullanishga majbur 
etilmoqda. Shunday 
bo’lishiga qaramasdan, har qanday sharoitda 
ham takror ishlab chiqarish jarayonining mazmuni 
o’zgarmasdan 
qolayotir. Moliya, bank va baho mexanizmlari orqali foydaning 
asosiy qismi eng rivojlangan mamla-katlarda 
yig’ilmoqda va ularga 
kelgusida ham taqsimlashni 
o’zlari foydalariga hal qilishga imkon 
berayapti. 
Tarixiy taraqqiyotning aynan shunday sharoitlarida takror ishlab 
chiqarish jarayonida moliyaning 
o’rni va ahamiyatini chuqur tasavvur 
qilish 
O‘zbekistonning bo’lajak moliyachi mutaxassisi uchun o’ta 
zarur sifat hisoblanadi.
Takror ishlab chiqarish jarayoni 
o’z ichiga quyidagi bosqichlarni 
oladi: 

ishlab chiqarish; 

almashuv; 

taqsimlash; 

iste’mol. 
Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta, majburiy 
yoki shart 
bo’lib, ulardan hatto bittasi ishtirok etmasa, takror ishlab 
chiqarish jarayoni uzilib qoladi. Uning har bir bosqichlariga bir yoki 
bir necha iqtisodiy kate-goriyalar xizmat qiladi. Kategoriyalarning 
takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi bevosita va bilvosita 
shakllarda 
bo’lishi mumkin. Masalan, baho kategoriyasi tovar 
kategoriyasi singari almashuv bosqichida markaziy 
o’rinni egallaydi. 
Biroq, baho kategoriyasining 
ta’siri, takror ishlab chiqarishning bu 
bosqichida boshqa kategoriyalar xizmat qilishiga qaramasdan, 
iste’mol bosqichida bevosita namoyon bo’ladi. O‘zbekiston 
sharoitida davlat moliyasining ijtimoiy 
mo’ljallanganlik darajasi yuqori 
ekanligidan kelib chiqiladigan 
bo’lsa, taqsimlash bosqichida ularning 
roli nisbatan kattaroq ekanligi yaqqol 
ko’rinadi. Takror ishlab 
chiqarish jarayonining bu bosqichida (taqsimlashda) barcha ijtimoiy 
manfaatlar va shunga muvofiq ravishda, jamiyatning barcha 
qarama-qarshiliklari namoyon 
bo’ladi. 


Iste’molga ketadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi 
navbatda, takror ishlab chiqarishning oldingi (
o’tgan) tsiklida 
foydalanilgan mehnat qurollari va predmetlari qiymatini tiklash 
uchun 
mo’ljallangan qismi ajratiladi. Bu qism takror ishlab 
chiqarishning yangi tsiklida ham uning shu hajmda takrorlanishini 
ta’minlaydi. Qolgan qism mablag’larning egasi va ishchilar o’rtasida 
taqsimlanadi. Taqsimlash nisbatlari asrlar davomida shakllanib, 
unda ishtirokchilarning har biri 
o’ziga tegishli bo’lgan qismni 
ko’paytirish maqsadida bir-birlari bilan doimiy qarama-qarshilikda 
bo’ladilar. Shunday qilib, jamiyatda yangidan yaratilgan qiymat 
birinchi taqsimlash bosqichini va undan 
so’ng esa almashuv va 
iste’mol bosqichlarini bosib o’tadi. Takror ishlab chiqarish 
jarayonining har bir ishtirokchisi 
o’ziga tegishli bo’lgan daromadni 
quyidagi ikki qismga 
bo’ladi: 

iste’mol fondi; 

jamg’arish fondi. 
Lekin bu bosqichga qadar taqsimlash jarayoniga davlat 
aralashib, soliqlar, qarzlar, 
sug’urta to’lovlari kabi iqtisodiy 
vositalardan foydalangan holda individual va jamoa daromadlaridan 
o’zining hissasini (o’ziga tegishli bo’lgan qismni) ajratib oladi. 
Qayd etish joizki, daromadlar qancha qismini olishning 
chegarasini aniqlashda jamiyat ishtirok etadi. U jamo-atchilik 
tashkilotlari, partiyalar va shunga 
o’xshashlar orqali, qonunchilik va 
ijroiya hokimiyatini shakllantirish 
yo’li bilan davlat faoliyatining 
chegarasini aniqlashga harakat qiladi. 
O‘z navbatida, davlat ham 
o’zining harakat doirasini (sohasini) kengaytirishga harakat qiladi. 
Uning 
funksiyalari 
qancha 
keng 
bo’lsa, jamiyat a’zolari 
daromadlarining shuncha katta summalariga davlat 
da’vo-garlik 
qiladi. Shu munosabat bilan 
iste’mol proportsiyalari (nisbatlari) ham 
o’zgaradi. Masalan, agar davlat maorif, sog’liqni saqlash, ijtimoiy 
ta’minot xarajatlarining kattaroq qismini o’z zimmasiga olsa (bizning 
mamlaka-timizda aynan shunday), bu narsa ishchi kuchining 
bahosida va demak, mehnat haqining darajasida 
o’z aksini topadi. 
Bu jarayonda ijtimoiy 
iste’mol fondlarining hissasi qancha 
yuqori 
bo’lsa, shaxsiy iste’mol fondlarining hissasi shuncha past 
bo’lishi bilan xarakterlanadigan tendentsiyani tushunish juda 
muhimdir. Moliya nazariyasida takror ishlab chiqarish jarayonida 
davlat ishtirokining qiyosiy samara-dorligi xususidagi bahslar hali-
hamon 
to’xtaganicha yo’q. Har bir davlat uchun ma’lum bir davrda 
mamlakat aholisi (alohida shaxslar emas, balki aholining keng 
qatlami) qancha boy 
bo’lsa, davlatning o’zi ham shuncha boy 


bo’ladi, degan tushunchadan kelib chiqib, aniq tavsiyalar ishlab 
chiqmoq maqsadga muvofiq. Chunki daromadning yuqori darajasi 
yuqori 
iste’mol talabini, sog’lomlashib borayotgan iqtiso-diyotni 
vujudga keltiradi. Shunga mos ravishda soliqqa tortiladigan baza 
(asos) 
o’sadi va jamg’armalar hissasi oshadi. Jamg’armalar ssuda 
kapitalining asosini tashkil etib, 
o’z navbatida, ular kengaytirilgan 
takror ishlab chiqarishga va ilmiy-texnika taraqqiyotiga 
o’z ijobiy 
ta’sirini ko’rsatadi. 
Hukumatlari soliqlar orqali shaxsiy daromad miqdorlarini 
chegaralab (cheklab) 
qo’ygan mamlakatlarda iqtisodiyot o’sish
bazasi ham torayishi mumkin. Taqsimlash jarayoniga davlat 
aralashuvining balanslashtirilgan chegaralari buzilsa, butun takror 
ishlab chiqarish jarayoni ham buziladi (izdan chiqadi). Agar ijtimoiy 
portlashlarning oldini olish maqsadida davlat aholi 
kambag’al 
qatlam-larini
qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shimcha ravishda 
majbu-riyatlarni 
o’z zimmasiga olsa, bu holda vaziyat o’zgarishi 
mumkin. 
Markazlashtirilgan rejali tizimni bozor mexanizmi bilan 
to’liq 
almashtirilganligi sharoitida eski taqsimlash tizimining saqlanib 
qolishi mumkin emas. Biroq yangi tizimni yaratishda iqtisodiyot 
tarmoqlari 
texnologiyala-rining 
holati, 
tarkibiy 
tuzilishi, 
raqobatbardoshlik va boshqa omillar inobatga olinishi kerak. Boshqa 
mamlakatlarning bu boradagi tizimidan 
ko’r-ko’rona nusxa olish 
noto’g’ri va bu o’zini oqlamaydi. 
Takror ishlab chiqarish jarayonining taqsimlanishini tahlil 
qilishni tanlab, kapitalning real harakatida faqat moddiy ishlab 
chiqarish sohasi bilan chegaralanish etarli emas. Bundan tashqari, 
kapitalning milliy chegaralarni tan olmasligini ham 
e’tirof etmoq 
lozim. Chunki bunga faqat birja va bank sohalarining 
o’ziga xos 
xususiyatlari emas, balki transmilliy kompaniyalarning keng 
rivojlanishi ham 
o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Taqsimlash jarayonida moliyaning roli va 
o’rnini ko’rsatish 
uchun JIMning 
o’rniga YaIMdan foydalanish mumkin. Bunda har ikki 
ko’rsatkichlar o’zlarining afzal-liklari va kamchiliklariga ega ekanligini 
e’tiborga olish lozim bo’ladi. Masalan, YaIM tarkibiga mahsulotni 
ishlab chiqarish uchun zarur 
bo’lgan moddiy xarajatlar kiritilmaydi. 
Bir vaqtning 
o’zida esa, JIMning tarkibiga noishlab chiqarish 
xizmatlari kiritilmaydi, xolbuki, ularning 
salmog’i yuqori darajada 
taraqqiy etgan jamiyat-larda jamiyat xarajatlarining 1/3 qismini 
tashkil etishi mumkin. Biroq taqsimlashning 
ko’pqadamli ekanligi 
inobatga olinadigan 
bo’lsa, JIM ko’rsatkichi yuqoridagi maqsadlar 


uchun 
ma’lum bir afzalliklarga ega ekanligi ma’lum bo’ladi. Chunki u 
takror ishlab chiqarishning muhim sohasi 
bo’lgan moddiy ishlab 
chiqarish sohasini 
o’zida to’liqroq aks ettiradi. 
JIM quyidagi ikki asosiy qismdan iborat: 

mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan ishlab chiqarish 
vositalarining qiymati (mehnat qurollari va mehnat predmetlari); 

milliy daromad (ishchi kuchi va 
qo’shimcha mahsulotning 
qiymati). 
Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 
o’z mablag’lari etarli 
bo’lmagan sharoitda davlat subsidiyalaridan yoki bank kreditidan 
foydalanish mumkin. Ularning har ikkalasi ham moddiy ishlab 
chiqarish sohasidan chetda shakllanadi. JIMning qiymatidan 
sarflangan ishlab chiqarish vositalarini tiklashni (amortizatsiya 
ajratmalari, materiallar, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar sotib 
olish, 
yoqilg’i, elektroenergiyani xarid qilish ko’rinishlarida va h.k.) 
taqsimlash jarayonlariga kiritish mumkin emas. Bu tiklanish takror 
ishlab chiqarishning uzluksiz zarurligi bilan belgilanadi.
Agar moddiy ishlab chiqarish sohasini yagona tizim sifatida 
qabul qilinsa, u holda keyingi qayta taqsimlash MDdan faqat 
soliqlarni 
to’lashga borib tugar edi. Biroq taqsimlashning real 
sohasida faqat davlat (soliq tizimi orqali) ishtirok etibgina 
qolmasdan, balki xizmat 
ko’rsatish sohasi, maorif, sog’liqni saqlash, 
bank tizimi va h.k.lar ham qatnashadi. Davlat 
o’z daromadlarini 
shakllantirib, ular hisobidan, xususan, byudjet sohasining 
xodimlariga ish haqi 
to’laydi. Byudjet 
tizimida ishlaydiganlar esa, 
o’z 
navbatida, Davlat byudjetining daromadlarini shakllan-tirishga 
yo’naltirilgan soliqlarni to’laydilar. Fuqarolar o’zlarining shaxsiy 
daromadlari hisobidan turli xizmatlarning haqini 
to’laydilar, sug’urta 
fondlariga 
ajratmalar 
(badallar) 
qiladilar, 
bank 
kreditidan 
foydalanganliklari uchun foizlarni qayta-radilar. Korxonalar turli 
xizmatlar 
ko’rsatish orqali topgan daromadlari hisobidan ham
soliqlar 
to’laydilarki, ular byudjet daromadlarini shakllantirishga
yo’naltiriladi. Taqsimlashning tarkibiga kiruvchi barcha munosabatlar 
ham moliya 
bo’lavermaydi. Lekin taqsimlashning chegarasidan 
chetda moliya mavjud emas. 
JIMning 
ikkiga 
bo’linishi 
bilan 
xarakterlanadigan 
taqsimlashning 
birinchi 
bosqichidan 
so’ng ikkinchi bosqich 
boshlanadiki, unga muvofiq MD 
jamg’arish fondi va iste’mol fondiga 
bo’linadi. 
Jamg’arish fondi ikki qismdan iborat bo’lib, uning bir qismi 
takror ishlab chiqarishni kengaytirish va ikkinchi qismi esa 


zaxira(rezerv) 
fondlarini 
shakllantirishga 
mo’ljallangandir. 
Taqsimlashning bu bosqichida moliyaning ishtiroki iqtisodiyotga 
davlat 
investitsiyalarini kiritish, davlat rezervlarini shakllantirish va 
sug’urta fondlarini tashkil qilish orqali namoyon bo’ladi. Bunda 
tegishli fondlarni shakllantirish bosqichi bu bosqichdan oldinroq 
amalga oshiriladi. Lekin bu yerda tegishli navbatga rioya qilinmasligi 
ham mumkin. Chunki barcha daromad va xarajatlar yil boshida 
tasdiqlangan byudjet 
ko’rsatkichlari doirasida (chegarasida) amalga 
oshiriladi. Tarixiy taraq-qiyotning bugungi bosqichida deyarli barcha
mamlakatlarda byudjet qonun kuchiga ega 
bo’lib, bu narsa 
taqsimlash jarayonining qonuniyatlarini 
o’rganayotgan paytda 
daromad va xarajat-larning ketma-ketligiga 
e’tibor bermaslikka 
imkon beradi. 
Ko’pchilik hollarda amaliyotda daromadlar hali 
yig’ilmasdan oldin xarajatlarning amalga oshirilishi sodir bo’ladi. 
Bunday vaziyatlarda, 
ya’ni daromad va xarajatlarning muddatlari 
bo’yicha paydo bo’layotgan nomuvofiqlikning oldini olish uchun (yoki 
shu muammoni hal etish uchun) davlat krediti mexanizmidan 
foydalanish mumkin. 
Jamg’arish fondi va iste’mol fondi o’rtasidagi nisbat vaqt 
jihatidan ham, takror ishlab chiqarish jarayonining alohida olingan 
sub’yektlari (davlat bilan ham birgalikda) o’rtasida ham juda 
alohidadir. 
Iste’molning 
darajasiga 
texnologiya 
holati, 
kommunikatsiyalar, davlat tuzilmasi, partiya va harakatlarning 
obro’si va boshqa shu kabi ko’plab omillar o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Jamg’arish fondi va iste’mol fondi o’rtasidagi nisbatlarning 
o’zgarishiga qarab qator xulosalar qilish mumkin. Masalan, iste’mol 
fondining etarli yuqori darajadasida noishlab chiqarish sektorida 
jamg’arishning hissasi ortadi (ya’ni, shaxsiy jamg’armalar o’sadi). 
Agar MDda 
iste’molning nisbiy hissasi kamroq bo’lsa, korpo-rativ 
jamg’armalar o’sadi. Chunki yaratilgan MD yangidan yaratilgan 
qiymatdan boshqa narsa emasdir. Butun takror ishlab chiqarish 
jarayonining negizida 
o’ziga xos tovar bo’lgan ishchi kuchi yotadi. 
Tovar sifatida ishchi kuchi 
o’zini takror ishlab chiqarish xarajatlaridan 
ortiq 
bo’lgan qiymatni yaratish xususiyatiga egadir. Bu xususiyat 
ishlab chiqarishning boshqa tarkibiy qismlari 
bo’lgan mehnat 
qurollari va mehnat predmetlariga esa xos emas. 
O‘z navbatida, istemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy qismdan 
iborat: 

ijtimoiy 
iste’mol fondlari; 

shaxsiy 
iste’mol fondlari. 


Davlatlarda ijtimoiy va shaxsiy 
iste’mol fondlari o’rtasidagi 
nisbat hokimiyat tuzilmasiga, 
an’analarga va h.k.larga bog’liq. Yaqin 
o’tmishda kommunistik yoki sotsialistik partiyalar hukmronlik qilgan
mamlakatlarda ijtimoiy 
iste’mol fondlari iste’mol fondlarining umumiy 
hajmida asosiy 
o’rinni egallagan. Chunki ijtimoiy iste’mol fondlari 
orqali davlat maorif, 
sog’liqni saqlash va ijtimoiy yordam ko’rsatish 
jarayonlarini moliyalashtirishni tashkil etgan.
 
Ayni zamonda ham ijtimoiy hayotni demokratlashti-rish 
darajasi yuqori 
bo’lgan Shvetsiya, Norvegiyada yoki neftga boy
Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab amirliklari, Bruney 
sultonligi kabi ayrim davlatlarda ham ijti-moiy i
ste’mol fondlarining 
iste’mol fondlaridagi salmog’i katta. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning
o’ziga xos yo’lini tanlagan O‘zbekiston Respublikasida ham 
aholining ijtimoiy himoyasiga
iste’mol fondlarining katta qismi 
ajratilyapti.
Demak, yuqorida bayon etilgan mulohazalardan 
ko’rinib 
turibdiki, 
o’z zimmasiga juda katta ijtimoiy vazifalarni olgan 
davlatlarda
iste’mol fondlarining umumiy hajmida ijtimoiy iste’mol 
fondlari asosiy 
o’rinni egallaydi. Chunki ijtimoiy iste’mol fondlari 
orqali davlat maorif, 
sog’liqni saqlash va ijtimoiy yordam ko’rsatish 
jarayonlarini moliyalashtirishni tashkil etadi. Ijtimoiy 
iste’mol 
fondlarining 
salmog’i boshqa mamlakatlarda ham nisbatan yuqori 
bo’lib, bu fondlar orqali boshqaruv xarajatlari, mudofaa, sanoat, 
qishloq 
xo’jaligi va h.k.larni moliya-lashtirish qo’llab-quvvatlanadi.
Shuni 
ta’kidlash 
kerakki, 
ijtimoiy 
iste’mol 
fondlarini 
shakllantirish va ulardan foydalanishni
moliyaning ishtirokisiz
tasavvur etib 
bo’lmaydi. Boshqa iqtisodiy kategoriyalar bu jarayonda 
bevosita ishtirok etmaydi. Ammo bu holatni 
so’zma-so’z tushunish 
kerak emas. Chunki, masalan, buxgalteriya hisobi tizimi soliqlar va 
ajratmalarning hajmini aniqlashga sharoit yaratadi, baholar va amor-
tizatsiya ajratmalari tizimi esa foyda summasiga 
o’z ta’sirini 
ko’rsatadi. Biroq ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish va ulardan 
foydalanishning bevosita jarayoniga faqat moliya xizmat qiladi. 
Ijtimoiy 
iste’mol fondlarini shakllantirish va ishlatish asosan 
Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladi. Bu fondlarning bir qismi 
ijtimoiy 
sug’urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirishga 
sarflanadi. Bozor iqtisodiyoti xos 
bo’lgan dunyoning ko’pchilik 
mamlakatlarida ijtimoiy 
sug’urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini 
shakllantirishda 
o’zining to’lovlari bilan ish beruvchilar va yollanma 
mehnat xodimlari ham ishtirok etadilar. Oxirgi holda ijtimoiy 
iste’mol 
fondini shakllantirishga shaxsiy 
iste’mol fondining bir qismi 


yo’naltiriladi. Shaxsiy iste’mol fondining qolgan qismi quyidagi ikki 
qismga 
bo’linadi: 

shaxsiy 
jamg’arma fondlari; 

iste’mol fondlari. 
Shaxsiy 
iste’mol jamg’armasining aynan shu ikki qismi 
tovarlarni olish-sotish bilan 
bog’liq operatsiyalarning to’laqonli 
faoliyat 
ko’rsatishi uchun tegishli sharoitni yaratadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
iste’mol fondi va jamg’arish fondi 
o’rtasidagi nisbat hamda ularning hajmi davlatning rivojlanish 
sur’atini belgilab beruvchi muhim ko’rsatkichlar qatoriga kiradi. Agar 
davlat soliqlar 
ko’rinishida birlamchi daromadlarning katta qismini o’z 
ixtiyoriga olib 
qo’ysa, u shu bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga 
to’sqinlik qilishi mumkin. Bu yerda hamma narsa boshqaruv organi 
sifatida davlatning xususiyatiga borib taqaladi 
– uning xarajatlari
ortiqcha (davlat apparati xarajatlarini moliyalashtirish 
to’g’risida gap 
ketayapti), samarasiz (iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar qismi) yoki 
nooqilona (ijtimoiy soha xarajatlari haddan ziyod qimmat 
bo’lib, 
ishchi kuchining takror ishlab chiqarilishini 
rag’batlan-tirmaydi) 
bo’lishi mumkin. 
Xalqaro amaliyotdan 
ma’lumki, yaratilayotgan daro-madlarning
30 foizdan ortiq qismi olib 
qo’yilayotgan davlatlarda ishlab 
chiqaruvchi va xizmat 
ko’rsatuvchilarda iqtisodiy o’sish uchun 
mablag’lar etarli bo’lmay qolishi mumkin. Shunday holatlarda davlat 
ishchi kuchini takror ishlab chiqarish bilan 
bog’liq xarajatlarning bir 
qismini 
o’zi hisobidan amalga oshirishi taqozo etiladi. Soliqqa tortish 
darajasi yuqori 
bo’lgan sharoitda soliqni to’lashdan bosh tortish 
tendentsiyasi kuchayishi tufayli soliqlarni undirish xarajatlari ham 
ortadi. 

Yüklə 6,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə