T. Malikov O. Olimjonov


Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho deyiladi



Yüklə 6,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/336
tarix21.10.2023
ölçüsü6,27 Mb.
#130052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   336
Moliya darslik 2019 Lotin 784

Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho deyiladi.
MD 
taqsimlanishidan oldin tovar sotilishi kerak. Baho mulkdorlarga 
mahsulot 
sotishdan 
kelib 
tushishi 
mumkin 
bo’lgan 
pul 
mablag’larining o’lchamini aniqlaydi va navbatdagi taqsimlash 
jarayonlari uchun 
boshlang’ich asos sifatida maydonga chiqadi. 
Baho tovarlarga 
bo’lgan talab va taklifni tartibga soladi va shu orqali 
takror ishlab chiqarishga 
o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho nafaqa va hatto minimal ish 
haqini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega 
bo’lgan ko’rsatkich 
hisoblanadi. Agar davlat baholarni tartibga solmasa, ijtimoiy 
to’lovlarni o’zgartirishga va minimal ish haqini oshirishga majbur 
bo’ladi. Hozirgi paytda dunyoning juda ko’p mamlakatlarida davlat 
sotsial ahamiyat kasb etuvchi muhim tovarlarning bahosini 
boshqarib turibdi. Baho, shuningdek, bojxonaviy tartibga solishda va 
bojxona daromadlarini undirishda davlat tomonidan foydalaniladi. 
Masalan, ayrim mamlakatlarda bojxona bojlari ayrim tovar guruhlari 
bo’yicha sotib olish bahosi bo’yicha emas, balki haqiqatdagisidan 
keskin farq qiluvchi normativ baholar 
bo’yicha undiriladi. Shunga 
mos ravishda (boshqa sharoitlar teng 
bo’lgan taqdirda) byudjetning 
daromadlari va mamlakat ichki bozoridagi baholar miqdori oshadi. 
Moliya va kredit mustaqil iqtisodiy kategoriyalar hisoblanishadi,
lekin kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida 
ko’p hollarda 
ular bir-biri bilan 
bog’liq bo’ladi. Ular hamkorlikda kengaytirilgan 
asosda korxonalar pul fondlarining doiraviy aylanishiga xizmat 
qiladi. Kredit bank tizimi va maxsus moliya-kredit institutlari 


tomonidan amalga oshiriladigan ssuda fondining harakatini 
ifodalaydi. Bank krediti sifatida sof 
ko’rinishda tushuniladigan kredit 
davlatga bevosita 
bog’liq emas. Takror ishlab chiqarish jarayonida 
uning roli etarli darajada aniqlangan - bu daromadlar va xarajatlar 
o’rtasidagi vaqtinchalik uzilishni qoplash usuli hisob-lanadi. Biroq, 
bir vaqtning 
o’zida, kredit - byudjet defitsiti va byudjet-kassa 
uzilishini (navbatdagi daromadlar kelib tushgunga qadar byudjet 
xarajatlarini qoplash uchun bank xizmatlari zarur 
bo’lgan paytda)
qoplashning muhim shakli. 
O‘z navbatida, agar byudjet mablag’lari 
tijorat banklarining hisobvaraqlarida saqlanayotgan 
bo’lsa, bu 
banklar uchun muhim ssuda manbaidir. 
Kredit 
moliyadan 
(moliyalashtirishdan) 
o’zining qaytari-
luvchanligi va muayyan foiz hisobiga berilishi bilan bilan farq qiladi. 
Bir vaqtning 
o’zida, har ikki holatda ham ular pul mablag’larining 
harakatlanishini ifodalaydi hamda kredit va moliya pul
munosabatlarining chegarasidan (doirasidan) chetga chiqmaydi. 
Hatto, tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega. Banklar 
korxonalar va aholining 
bo’sh pul mablag’larini yig’adilar va ularni 
ta’minlanganlik, qaytaruvchanlik, haqlilik
va muddatlilik asosida 
mablag’ga
ehtiyoj sezgan yuridik va jismoniy shaxslarga beradilar. 
Agar moliya qiymatning bir tomonlama va qayta tiklanmaydigan 
(qaytarilmaydigan) shakldagi harakatini ifodalasa, kredit esa 
kreditorga belgilangan muddatda oldindan 
o’rnatilgan foizlarni 
qo’shgan holda qaytarilishi kerak. 
Yuqorida bayon etilgan barcha kategoriyalar pul xarakteriga, 
pul tabiatiga ega 
bo’lib, ularga ikki va undan ortiq kategoriyalarning 
belgilari xosdir. Masalan, ish haqi etarli darajada asoslangan tarzda 
pulli 
to’lanma, ya’ni pul deb atalishi mumkin. Biroq, bu oddiy pul 
bo’lmasdan sarflangan mehnatga muvofiq olingan pul hisoblanadi. 
Soliq ham biz tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq 
ravishda davlatga tekinga berilayotgan puldir. Biroq, bundan 
tashqari, soliq bizga tegishli 
bo’lgan daromad va ish haqining bir 
qismidir. 
O‘z navbatida, pulni muomalaga chiqarish (emissiya qilish) 
bo’yicha operatsiyalar ham davlat daromadlarining manbai 
hisoblanadi.
Demak, yuqorida qayd etilgan barcha kategoriyalarni ularning 
pulli tabiati birlashtirib turadi. Ular bir-birlaridan 
o’zlarining 
funksiyalari va muayyan maqsadga 
mo’ljallanganligi bilan ajralib 
turadi. Bunda katego-riyalarga tegishli 
bo’lgan barcha belgilarning 
majmui birgalikda 
ko’rib chiqilsa, ularning bir-birlaridan farqlarini 
yanada yaqqolroq 
ko’rish
mumkin. Moliyaning funksiyalari bilan 


tanishish uning mohiyatini yanada yaqqol tasavvur etishga yordam 
beradi. 

Yüklə 6,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə