Tarbiya fanidan 2023- 2024 o’quv yili uchun tuzgan ish rejasi



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə25/34
tarix28.11.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#134473
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
tarbiya togarak 2023

MMIBDO’___________________


25 Mavzu; “Kiber makon va biz
Mashg’ulotning maqsadi: o’quvchilarga kiber makon o’zi nima, kiber makonda qanday hatarlar mavjud va ulardan qanday halos bo’lishni tushuntirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotning shiori: Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. !
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, tarqatma materiallar, slaydlar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik
II.Asosiy qism:
XX asrning o`rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz oshdi darajada oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inqiloblarning xarakteri o`zgardi, ya’ni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg`unlashib ketdi va ilmiy-texnika inqilobi yuzaga keldi. XX asrning 40-yillarining oxirlaridagi ilmiy-texnika inqilobi fanining bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanishi natijasida fanning o`zida, texnikada va ishlab chiqarishda katta sifat o`zgarishlari vujudga keldi. Natijada har 10-15 yilda ilmiy faoliyat hajmi ikki marta oshib kela boshladi. Shu narsani mamnuniyat bilan qayd etish mumkinki, XX asrning 70-yillaridagi olim va ilmiy xodimlar soni butun fan taraqqiyoti davrlarida yashagan olimlar sonining 90 % idan ko`prog`ini tashkil etadi, degan xulosalarga ham kelindi. Umuman olganda shuni qayd etish mumkinki, jahon miqyosida ilmiy xodimlarning o`sish foizi aholining o`sish foiziga qaraganda bir necha marta ortiq, ya’ni fan va ta’lim ijtimoiy salohiyatning muhim omiliga aylandi.
Natijada XX asrda ixtisoslashgan ilmiy tashkilotlar soni keskin ravishda oshdi. Fan sohalari bo`yicha ilmiy muassasalar tashkil bo`la boshladi hamda yangi nomdagi fan yo`nalishlari va ularga xos ta’lim mazmuni yuzaga kela boshladi. Jumladan, kibernetika, matematik lingvistika, geofizika, biotexnika, ehtimollar nazariyasi, ergonomika, informatika, texnik estetika va shu kabilar yangi nom olgan fan yo`nalishlaridir.
Keyingi chorak asr davomida ilmiy-texnik taraqqiyotiga nazar tashlasak, bu davr ichida ko`pincha, ayniqsa, fizika, matematika, mexanika, kimyo, biologiya kabi aniq fanlar va shu bilan birga texnikada tamomila yangicha sifat va tamoyillarga ega bo`lgan qonunlar, nazariyalar va gipotezalarning vujudga kelganligining shohidi bo`lamiz. Fanlarning o`zaro hamkorligi tezlashib, fanning yangi sohalari paydo bo`la boshladi. Bular ta’lim mazmuniga ham sezilarli ta’sir ko`rsatdi va bular o`z navbatida texnika-texnologiya taraqqiyoti uchun xizmat qiladi
To’garak mashg`ulotida yaxshi qatnashgan o`quvchilar ballarini e`lon qilish, rag`batlantirish.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə