Tarbiya fanidan 2023- 2024 o’quv yili uchun tuzgan ish rejasi



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə27/34
tarix28.11.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#134473
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
tarbiya togarak 2023

MMIBDO’____________________


27 Mavzu; Sabr toqat oxirigacha borishni anglatadi
Mashg’ulotning maqsadi: o’quvchilarga sabr toqat qilish oxirigacha borishni anglatadi va natijaga erishiladi.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotning shiori: Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. !
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik
II.Asosiy qism:

Sabr tagi – sariq oltin


Dono xalqimizda “Sabr tagi – sariq oltin” degan aqlli naql bor. Maqolda sabr-bardosh ortidan kelajak xayrli natijalarni qimmatbaho toshga o'xshatilganidan, uni dunyoviy maqsad sari intilishda qat'iyatli bo'lishga targ'ib ma'nosida deb tushunish mumkin. Darhaqiqat, ko'pchilik shu ma'noni tushunadi ham. Va ko'zlagan maqsadlari sari harakatlarida shu maqolni o'zlariga bosh prinsip qilib, iloji boricha qanoat bilan oldinga intilib katta-katta yutuqlarga erishadilar. Albatta, bu yaxshi odat.
Biroq, Islom nuqtai nazaridan boqilsa, “Sabr tagi – sariq oltin” tushunchasi bizning tasavvurimizdagiga nisbatan ancha kengroqligi, sabrga berilajak ajrlar esa sariq oltin tugul oq olmoslardan ham qimmatbahoroq ekanini, sabrning “sariq oltin”lari nafaqat bu foniy dunyo bilan chegaralangan, balki boqiy dunyoda ham asqotishini anglash mumkin.
Inson hayotda yashar ekan kutilgan va kutilmagan musibatlarga duchor bo'lishi tabiiydir. Gohida sog'ligini yo'qotsa, ba'zida yaqinlarida judo bo'ladi. Egallagan mansabidan ajralishi ham ehtimoldan holi emas. Yana ba'zida har-xil xavf-xatarlar girdobiga tushib qoladi. Nima bo'lganda ham boshiga musibat tushgan mo'min o'zini yo'qotib qo'ymasligi, bu kulfatlarni Yaratganning sinovi o'laroq qabul etib, unga chidamli bo'lishi lozim. To'g'ri kelgan odamga musibatini arz qilib holidan shikoyat qilish, Alloh taoloning g'azabini keltiradigan noma'qul so'zlarni aytib betoqat bo'lish mo'minga yarashmasligini bilishi zarur. Ahli musibatlar ruhiy tushkunlikka tushish o'rniga aksincha, musibatni ulkan imkoniyat eshigi deb bilishi va undan unumli foydalanib qolishlari kerak bo'ladi.
Alloh taolo bandalarini turli-tuman balolar bilan imtihon qilib turishi, imtihonni “a'lo baho”ga topshirganlarga behisob ajrlar va'dasi qur'oniy haqiqatdir. Baqara surasida shunday marhamat etilgan: “Albata, Biz sizlarni bir oz qo'rqinch va ochlik bilan, mol-mulkga, jonga mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga xushxabar bering” (Baqara/155). Zumar surasida esa quyidagicha va'da bor: “Albatta, sabr qilguvchilarga ajrlari hisobsiz, to'liq berilur” (Zumar/10).
Ha, sabrning mukofoti behisob va benihoyadir! Unig miqdori faqat Haq taoloning O'ziga ayondir!
Bilasizmi, musibat agar unga sabr etilsa gunohlarni yuvib tozalab tashlovchi kafforat bo'ladi. E'tibor bering, hazrati Abu Hurayra va Abu Sa'iyd (roziyallohu anhuma) ikkovlari aytadilar: biz Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) eshitganmiz, Ul zot shunday deganlar: “Mo'minga yetgan har bir hastalik, xorg'inlik, og'riq, maxzunlik va hatto ham-tashvish ham uning gunohlariga kafforat bo'ladi” (Sahihihi Muslim 4/1993).
Ulug' sahobalardan Jobir Ibn Abdulloh (roziyallohu anhu) aytadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə