Tarbiya fanidan 2023- 2024 o’quv yili uchun tuzgan ish rejasi



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə24/34
tarix28.11.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#134473
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
tarbiya togarak 2023

MMIBDO’____________________
24 Mvzu: Ogohlik davr talabi
Mashg’ulotning maqsadi: o’quvchilarga ogohlik davr talabi ekanligini ogoh bo’lmasang jamiyat rivojlana olmasligi haqida tushuncha berish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotning shiori: Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. !
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik
II.Asosiy qism:
OGOHLIK-DAVR TALABI
“Bugungi kunda mintaqaning barcha mamlakatlari terrorizm, diniy ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlariga duch kelmoqda. Ushbu tahdidlarga qarshi samarali kurashishni faqat birgalikda, mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik mexanizmlari doirasida ta’minlash mumkin. Xavfsizlikka tahdidlarni “o‘ziniki va o‘zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yaxlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarur, degan qat’iy fikrdamiz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti mintaqaviy xavfsizlik muammosini, avvalo, preventiv diplomatiya usullaridan foydalangan holda hal qilishda muhim o‘rin tutishi lozim. Shuningdek, MDH, ShHT, YeXHT va boshqa nufuzli xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash zarur. Bugungi kunda Markaziy Osiyoda barqaror va izchil taraqqiyotning istiqbollari qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bilan chambarchas bog‘liqdir. Birinchi galdagi vazifalardan biri Afg‘onistonning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga qo‘shilishiga har tomonlama ko‘maklashishdan iborat. Bu dunyo hamjamiyatining Afg‘onistonda tinch taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlariga g‘oyat muhim hissa bo‘lib qo‘shiladi. O‘zbekiston bundan keyin ham bu qo‘shni mamlakatni iqtisodiy jihatdan tiklash, uning transport va energetik infratuzilmasini rivojlantirish, milliy kadrlar tayyorlash jarayonlarida faol ishtirok etishini ta’kidlamoqchiman” SH.MIRZIYOYEV
OGOH BO’L...
Agar ogoh sen shohsen, agar shohsen sen ogohsen. Ogohlik kishining o’z umriga, takdiriga shohlik bilan barobar. Zero, bugunimiz har birmizdan ana shunday ogohlikni talab qiladi. Ayniqsa, turli illatlar urchigan zamonamizda bu nihoyatda muhim. Mamlakatimizda shu maqsadda tashkil etilayotgan profilaktik tadbirlar kishilarda mustaxkam iroda va xuquqiy savodxonlikni shakllantirmoqda desak yanglishmaimiz.
Terrorizm — chegara bilmaydigan xavfdir, shu bois unga qarshi kuchlarni birlashtirgan holda kurashish lozim. SH.MIRZIYOYEV.
LOQAYDLIK – MA’NAVIY XALOKATDIR
Bugungi globallashuv jarayonida dunyo miqyosida yuz berayotgan mafkuraviy xurujlar insoniyat boshiga qanchalik ko’p kulfatlar yogdirayotgani hech kimga sir emas. Mafkuraviy xurujlarning shakli turli-tuman bo’lib, xozirgi vaqtda xalqaro miqyosda keng avj olib, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-g’oyaviy muammoga aylanib ulgurgan ko’rinishi bu – missionerlikdir.
Xo’sh, missionerlar kimlar? Ular o’z maqsadlarini amalga oshirishda kanday vositalardan foydalanadilar? Avvalo shuni alohida qayd etish kerakki, missionerlik - muayyan bir tuzum va muayyan bir dindagi kishilar o’rtasida boshqa bir din yoki o’zga tuzumni targ’ib etish orqali o’z g’arazli maqsadlarini amalga oshirish yo’lidagi xarakatdir. Bu xarakat a’zolarining jamiyat xayotiga qanchalik ayanchli ta’sir ko’rsatishini barchamiz yaxshi bilamiz.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə