Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish reja


Tarbiyaning maqsadga yoʻnaltirilganligi va gʻoyaviyligi



Yüklə 27,26 Kb.
səhifə5/9
tarix11.12.2023
ölçüsü27,26 Kb.
#146644
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari

Tarbiyaning maqsadga yoʻnaltirilganligi va gʻoyaviyligi – oʻqituvchi ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasavvur etishi va puxta anglab olishi zarur.
Yosh avlodni yuksak gʻoyaviylik ruhida tarbiyalash – ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq manfaat boʻlishi mumkin emasligini singdirish, ularni vatanga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir. Bu sohada mustaqil respublikamiz xalq ta’limi hodimlarining asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis komil shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ruyobga chiqarishga yoʻnaltirilishi zarur.
Oʻqituvchi (tarbiyachi)lar jamoasi va har bir oʻqituvchi – tarbiyachi tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan mukammal inson shaxsini tarbiyalashdan iborat boʻlishi lozim. Ana shunda mazkur tamoyil oʻz vazifasini bajargan boʻladi.
Tarbiyada demokratik va insonparvarlik gʻoyalarining ustunligi – tarbiyada inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olish har bir bola, oʻsmir va oʻspirinning betakror va oʻziga xosligini xurmatlash, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu – tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlaridan yuqori qoʻyish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi oʻrtasidagi oʻzaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini oʻzgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir. Oʻqituvchi oʻquvchiga avvalgidek tarbiya obyekti emas, balki oʻzi kabi subyekt deb qarashi darkor. Ya’ni oʻquvchi teng huquqli hamkor, hamfikr deb qarash lozim.
Umuman, ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirishning diqqat markazida insonning muhim masalasi va muddaosi, ya’ni bolalarda inson shaxsiga dunyodagi eng yuqori, bebaho boylik sifatidagi munosabatini shakllantirishdek faoliyat yotadi.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi – xalqning koʻp asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy merosini chuqur bilmasdan milliy oʻzlikni anglash, milliy gʻurur tuygʻusini qaror toptirish mumkin emas. Shu bois, xalq an’analari, urf odatlari, marosimlari, xalq ogʻzaki ijodi, milliy oʻyinlar va ularda ifodalangan gʻoyalarni oʻquvchilar ongiga singdirish, ularda ushbu gʻoyaga nisbatan hurmatni qaror toptirish lozim.
Umumbashariyat uchun qadrli, ardoqli boʻlgan, insoniyat oʻtmishi, buguni hamda kelajagi uchun dahldor qadr-qimmatga ega boʻlgan an’anlar, urf-odatlar haqida ma’lumotlar berish, ularda mehr-muhabbat tuygʻusini uygʻotish, ularni qoʻllab-quvvatlash, ezgu gʻoyalar uchun kurashish hissini qaror toptirish tarbiya jarayonida amalga oshirilishi lozim.

Yüklə 27,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə