Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish reja


Tarbiyada izchillik va tizimlilik



Yüklə 27,26 Kb.
səhifə6/9
tarix11.12.2023
ölçüsü27,26 Kb.
#146644
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari

Tarbiyada izchillik va tizimlilik – tarbiyaga yaxlit tizimli yondoshish pedagogik harakatning pirovard natijasiga yoʻnaltirilganlik darajasini belgilab beradi. Bunday pedagogik maqsad va vazifalar, ularning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashuvchilari tomonidan tan olinishi shart.
Tarbiyada izchillik juda muhimdir. Oʻquvchilarga birdaniga koʻp talab va qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. Oʻqituvchilar oʻquvchilarga boʻlgan munosabat jarayonida oʻzaro bir-biriga zid harakatda boʻlmasliklari, yagona talab qoʻyishlari lozim.
Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qoʻshib olib borish. Mehnatning tarbiyaviy ta’siri gʻoyat kattadir. Mehnatda ishtirok etish va unumli mehnat qilish bilan shaxs oʻz qobiliyati va iste’dodini namoyon qiladi va kamolga yetadi. Mehnat yosh avlodning tarbiyasi uchun juda katta vositadir. Oʻquv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat oʻquvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani faollashtiradi, xulq birligini taminlaydi, tashabbuskor va izlanuvchan qiladi. Mehnat bolalarga siyosiy-ma’naviy tarbiya berish uchun zamin hozirlaydi. Shuning uchun oila va maktablarda bolalarni ilk yoshidan boshlab mehnatsevarlik ruhida, mehnatga muhabbat va mehnat kishilariga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Maktabda oʻqishning oʻzi ham mehnatdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning aksariyati ham mehnat tarbiyasi bilan mustahkam bogʻlangan.
Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish – oʻquvchilarni ijtimoiy tarbiyalashning muhim tamoyillaridan biri ularning shaxsini hurmat qilishdir. Bu tamoyil insonparvarlik munosabatidan kelib chiqadi. Oʻquvchi shaxsini hurmat qilish, ularga mehr-muhabbat koʻrsatish va ularga ishonish shart. Tajribalarning koʻrsatishicha, qayerdaki oʻquvchilarga hurmat, muhabbat, ishonch boʻlsa, shu yerda tarbiyaning ta’siri samarali boʻladi. Bolalarga hurmat va muhabbat ular kuchiga kuch qoʻshadi, oʻqituvchiga nisbatan hurmatni uygʻotadi.
Tarbiyada oʻquvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish – tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari bolalarning yosh va saviyasiga qarab turli sinflarda turlicha boʻladi. Bolalar maktabda rivojlanishining turli davrlarini bolalik, oʻsmirlik va oʻspirinlik bosqichlarini bosib oʻtadilar. Shu davrlar ichida bolaning axloqiy turgʻunligi rivojlanadi, xulqi va ongi oʻrtasidagi uygʻunlik vujudga keladi. Tarbiya berishda har bir oʻquvchining shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olish katta ahamiyatga ega. Bolalarning jismoniy va ma’naviy oʻsishida bir qadar umumiylik bor, biroq bolalarning tavsif-xislatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlari, irodaviy sifatlari har xil boʻladi. Bu farqlar ularning xulqida, oʻqishi va mehnatida aks etadi. Bir oʻquvchiga nisbatan foydali metodni boshqa oʻquvchiga nisbatan qoʻllaganda natijasiz boʻlib chiqishi mumkin. Shuning uchun har bir oʻquvchi xususiyatini oʻrganish maqsadga muvaffiqdir.

Yüklə 27,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə