Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish reja



Yüklə 27,26 Kb.
səhifə8/9
tarix11.12.2023
ölçüsü27,26 Kb.
#146644
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari

Nazariy jihati - bu tarbiyachining pedagogik va psixologik bilimlarini tizimiy ravishda oʻz mehnat faoliyatiga moslash;
Psixologik jihati – bu tarbiyalanuvchilar bilan kun davomida oʻzaro munosabat oʻrnatish, muloqotda boʻlish jarayoni uchun sharoit yaratish.
Amaliy jihati – bu tarbiyalanuvchi bilan oʻzaro munosabat oʻrnatish davomida bilim va tajribasiga tayanib, barcha malaka va koʻnikmalarni qoʻllash.
Bu uchala jihatlarning oʻzaro mantiqan bogʻliqligi ta’lim jarayonini nazariy bilimlardan foydalangan holda amaliyotda qoʻllash uchun zamin yaratadi.
Har bir shaxsni hamkor sifatida qabul qilish va inkor etmaslik, sabrlik bilan dunyoning xilma-xilligini tushuntirib borish, u bilan boʻladigan munosabatlarning doimiy mexanizm tizimini mazmunli toʻzish barcha ta’lim muassasalari mutaxassisining burch va vazifasidir.
Shaxsga qaratilgan ta’lim modelini amalga oshirishda tarbiyachi doimo ahamiyat berishi lozim boʻlgan faktorlar:
motivasion, ya’ni manfaatdorlik faktori – oʻz kasb faoliyatiga mas’uliyatli boʻlish, ijodiy yondoshish, oʻz sohasini mukammal bilish;
shaxsga moslashish faktori – tarbiyachi faolligi, tarbiyalanuvchi va uning ota-onasi hamda kasbdoshlari bilan boʻlgan munosabatlarda ichki va tashqi kelishmovchiliklarni koʻrsatmaslik;
shaxsga yoʻnaltirilganlik – tarbiyachining tarbiyalanuvchiga nisbatan ideal sub’ekt sifatida emas, balki oʻz ehtiyoj va imkoniyatlariga ega shaxs sifatida munosabatda boʻlishi;
maxsus mutaxassislik – tarbiyalanuvchining individual koʻrsatkichlarini bilish, oʻz bilim va malakasini pedagogik-psixologik jarayonda namoyon etish;
texnologik-uslubiy – pedagogik-psixologik jarayonda maqsadni belgilay olish, natijalarni bashorat qila olish, innovasion usullarni qismlarga boʻlib maqsadli qoʻllash;
kommunikabellik (kirishimlilik) – ijobiy hissiyotlarga tayangan holda, perseptiv insonni insonga nisbatan ijobiy qabul qilish, barcha bilan chiqishib ketish, muloqot oʻrnatishning zamonaviy texnologiyalaridan keng foydalanish;
kasbiy mahorat – oʻz kasbi boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarini mahoratlik bilan amaliyotda qoʻllash, doimiy izlanish, mustaqil va ijodiy fikrlash, yangi malaka va koʻnikmalarga tayangan holda shaxsdagi fiziologik oʻzgarishni kuzatish va tahlil qila bilish.

Yüklə 27,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə