Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish reja



Yüklə 27,26 Kb.
səhifə4/9
tarix11.12.2023
ölçüsü27,26 Kb.
#146644
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari

Tarbiya jarayoni oʻqituvchi va ta’lim oluvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar oʻrtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan hamkorlik jarayonidir.
Tarbiya jarayoni oʻziga xos xususiyatlarga ega:
 maqsadga yoʻnaltirilganligi;
 koʻp qirrali jarayon;
 uzoq muddat davom etishi;
 uzluksizligi;
yaxlitligi;
 variativligi;
 natijalarning oldindan aniqlanmasligi;
ikki tomonlamalilik;
Tarbiya qonuniyatlari – bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan barqaror aloqalar.
Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud:
 ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bogʻliqligi;
 tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va oʻzaro bogʻliqligi;
 faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai;
 tarbiyalanuvchilarning oʻzaro tarbiyaviy ta’siri, oʻzaro munosabatlari hamda faol faoliyati oʻrtasidagi bogʻlanish;
 tarbiya va oʻzini-oʻzi tarbiyalashning intensivligi;
 tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta’sir etishning intensivligi (G.I. Щukina);
 tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish darajasi va pedagogik ta’sirni hisobga olish (G.I. Shukina).
Tarbiya tamoyillari
Tarbiya tamoyillari deb yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni va yoʻnalishiga qoʻyiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy gʻoya va qoidalar yigʻindisiga aytiladi.
Tarbiya tamoiyllari oʻqituvchi va tarbiyalanuvchilarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi qoidalar boʻlib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish vazifalariga muvofiq belgilanadi, shuningdek, ular shaxs tarbiyasi borasidagi ilgʻor ta’limotlar gʻoyalariga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga asoslanadi.
Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilgʻor tamoyillarga amal qilinishi tarbiya samarasini ta’minlaydi. Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat:
· Tarbiyaning maqsadga yoʻnaltirilganligi va gʻoyaviyligi;
· Tarbiyada demokratik va insonparvarlik gʻoyalarining ustunligi;
· Tarbiyada milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunligi;
· Tarbiyada izchillik va tizimlilik;
· Tarbiyaning ijtimoiy hayot bilan qoʻshib olib borish;
· Tarbiyani mehnat bilan bogʻlash;
· Tarbiyalanuvchi shaxsni xurmat qilish;
· Tarbiyada oʻquvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish;
· Jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash;
· Tarbiyada oʻquvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy tomonlarni yoʻqotish.

Yüklə 27,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə