Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish reja


Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash



Yüklə 27,26 Kb.
səhifə7/9
tarix11.12.2023
ölçüsü27,26 Kb.
#146644
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari

Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash – tarbiya jarayoni oʻquvchilarning jamoa boʻlib birlashishlari, ularda manfaatdorlik birligi, oʻzaro yordam tuygʻusini oʻstirishga hizmat qilishi lozim. Tuygʻu tashkil etilgan jamoa a’zolarining qobiliyat va iste’dodini rivojlantirish uchun keng yoʻl ochadi. Jamoada bola har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatga ega boʻladi. Oʻquvchilar ahil jamoa boʻlib uyushganlaridagina tarbiyaviy ishlarini amalga oshirish ancha yengil va muvaffaqiyatli boʻladi, har bir shaxsga ta’sir etadi. Oʻz manfaatini jamiyat manfaaati bilan qoʻshib olib borish, oʻzaro yordam kabi fazilatlar, avvalo, jamoada shakllanadi. Oʻqituvchi hamma vaqt oʻquvchilar jamoasiga tayanmogʻi, ularni jamoa boʻlib turli ishlarni bajarishga odatlantirib, jamoada yashash va ishlashga oʻrgatib borish lozim.
Tarbiyada oʻquvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xislatlarini yoʻqotib borishga e’tibor qaratish lozim. Mahoratli pedagoglar oʻz oʻquvchilaring shaxsiy fazilatlarini yaxshi biladilar. Tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun bola xulqidagi ijobiy sifatlarga suyanib ish koʻradilar. Boladagi ijobiy sifatlarga tayanish uning salbiy sifatlarini yoʻqotish, yomon odatlardan qaytarishning eng yaxshi vositasidir. Tarbiya muvaffaqiyati mazkur masalaning toʻgʻri hal etilishiga koʻp jihatdan bogʻliq.
Tarbiya jarayonini tashkil etishda oʻqituvchi (tarbiyachi) tomonidan qoʻllaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga egadir.
3. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovasion texnologiyalardan foydalanish.
Tarbiya jarayonining mohiyati, qonuniyatlari hamda oʻziga xos jihatlari xususidagi mavjud nazariy va amaliy gʻoyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan holda tarbiya texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyidagicha belgilash mumkin:
 tarbiya jarayonining umumiy loyihasi;
 tarbiyani tashkil etishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyoj (ragʻbat);
 tarbiya maqsadi;
 tarbiya mazmuni (shakl, metod, usul va texnik vositalar);
 tarbiyachi faoliyati;
 tarbiyalanuvchi faoliyati;
 tarbiya samarasi (natija).
Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish aniq maqsadga va ijtimoiy gʻoyaga asoslangan hamda tarbiyalanuvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishi demakdir.
Ta’lim jarayonidan farqli ravishda, tarbiya jarayonini tyexnologiyalashtirishda mazkur jarayonning samarasini qisqa muddat oraligida koʻra olish imkoniyati yoʻq. Tarbiya jarayonining oʻziga xos xususiyatlari, tarbiyalanuvchi va tarbiyachi oʻrtasida yuzaga kyelish ehtimoli boʻlgan ziddiyatlar tarbiyaviy jarayonni tyexnologiyalashtirishga nisbatan ijodiy va mas’uliyatli yondashish zarurligini taqozo etadi.
Masalan, umumiy oʻrta ta’lim muassasalari amaliyotidan ma’lumki, uzoq yillar davomida mazkur muassasada faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilarning koʻpchiligi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga nisbatan «tarbiyaviy ishlar ryejasida byelgilangan tadbirlarni oʻtkazishga majburman» kabilida yondashib kyelganlar. Ularning asosiy e’tibori oʻzlari rahbarlik qilayotgan sinf yoshlarini avvaldan tayyorlangan stsyenariyni yod olish va unga qat’iy amal qilishga majburlash, shuningdyek, «maktab ma’muriyati hamda jamoasi oldida izza boʻlib kolishga yoʻl qoʻymaslik» tamoyiliga muvofiq tarbiyaviy tadbirni uyushtirishga karatilgan edi. Endilikda tarbiyaviy tadbirlarning oʻtkazilishiga nisbatan bunday yondashuvlardan voz kyechish maqsadga muvofiq. Zyero, tayyor ssyenariy asosida muayyan tadbirlarni tashkil etish jarayonida uning asosiy sub’yektlari boʻlgan yoshlar faol ishtirokchi va tadbir natijasini byelgilovchi shaxs sifatida emas, balki oddiy ijrochi sifatida qatnashadilar. Bu holat esa bir qator salbiy oqibatlarni kyeltirib chiqaradi. Xususan:
1. yoshlarda tarbiyaviy tadbirlarning oʻtkazilishiga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi;
2. yoshlarda mustaqil fikrlash hamda ijodkorlik qobiliyatining tarbiyalanishi uchun imkoniyat yaratilmaydi;
3. yoshlarda tarbiyaviy tadbirlarning oʻtkazilishi ularning shaxs sifatida kamol topishlarini ta’minlashga yoʻnaltirilganligi haqida emas, balki sinfning ta’lim muassasasi jamoasi oldida «soxta obru» orttirish uchun xizmat qiluvchi vosita ekanligi toʻgʻrisidagi xulosaning shakllanishi uchun sharoit yuzaga kyeladi.
Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida tashkil etiluvchi tarbiyaviy tadbirlarga nisbatan tyexnologik yondashuv quyidagi holatlarning namoyon boʻlishi bilan tavsiflanadi: tarbiyaviy tadbir mavzusi va gʻoyasini yoshlar tomonidan bildirilgan shaxsiy tashabbuslar, ularning xohish-istaklariga kura byelgilash; tarbiyaviy tadbir stsyenariysini ishlab chikishda yoshlarning mustaqil faoliyat yuritishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish; tarbiyaviy tadbir mazmunida oʻz ifodasini topgan rollarning majburiy tarzda emas, balki yoshlarning layoqati, qobiliyati, shuningdyek, kizikishlarini inobatga olish asosida taksimlanishiga erishish; tarbiyaviy tadbirning tashkil etilishi va oʻtkazilishida oʻqituvchining roli buyruk byerishdan iborat bulmay, aksincha, yoshlarga yoʻl-yurik koʻrsatish, ularning faoliyatini yoʻnaltirib turish hamda zarur urinlarda maslaxat byerish sifatida aks etishiga erishish; tarbiyaviy tadbir maqsadining natijalanganligini sinf, gurux yoshlarining faol ishtirokiga tayangan xolda muxokama qilish, muxokama jarayonida oʻqituvchi tomonidan turli tanbyexlarning byerilishiga yoʻl qoʻymaslik, aksincha yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarning yoshlarning oʻzlari tomonidan aniqlanib, ularni bartaraf etish (kyeyingi tadbirni oʻtkazish jarayonida ularning takrorlanishining oldini olish) yoʻlida chora-tadbirlarni byelgilash muhim ahamiyatga ega.
Tarbiya jarayonini tyexnologiyalashtirishda mazkur jarayonni loyihalashtirish hamda uning asoslarini byelgilash muhim ahamiyatga ega. Tarbiya jarayonini loyihalash quyidagi boskichlarda kyechadi:
1) tarbiyaviy tadbir mavzusiga doir matyerialni yigʻish;
2) tarbiyaviy tadbir maqsadi va vazifalarini byelgilash;
3) tarbiyaviy tadbirning mazmunini ishlab chiqish;
4) tarbiyaviy tadbir shakli, myetodlari va vositalarini tanlash;
5) tarbiyaviy tadbirni tashkil etish va oʻtkazish (davomiyligi) vaqtini byelgilash;
6) tarbiyaviy tadbir ssyenariysini ishlab chiqish;
7) yoshlar faoliyatini nazorat qilish, ularning faollik darajalarini norasmiy (yoshlarni bu haqda xabardor qilmasdan) baholash;
8) loyihani amaliy faoliyatda qoʻllash;
9) tarbiyaviy tadbirni tashkil etish jarayoni;
10) tarbiyaviy tadbirning oʻtkazilish xolati (samarali, samarasiz, muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz kyechganligi)ni muhokama qilish va yakuniy xulosa chiqarish.
Bu jarayonda tarbiyaviy tadbirlarning tashkil etilishiga nisbatan tyexnologik yondashuv mohiyati yoshlar mustaqilligini ta’minlashda quyidagi omillarning mavjudligiga e’tiborni qaratishni ham taqozo etadi:
- yoshlarda tarbiyaviy tadbirlarning oʻtkazilishiga nisbatan ichki ehtiyoj, qiziqish va ragʻbatning mavjudligi;
- yoshlarning tarbiyaviy tadbirlarni mustaqil tashkil etish borasida muayyan tajribalarga ega ekanliklari;
- tarbiyaviy tadbir gʻoyasining yoshlar ichki ehtiyojlariga mos kyelishi.
Ta’lim muassasalari amaliyotida yuqorida bayon etilgan omillarni inobatga olish va shu asosida tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish ularning muvaffaqiyatli tashkil etilishini ta’minlab qolmay, balki yoshlarda ularning oʻtkazilishiga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradi, ma’naviy-axloqiy sifatlarning tarbiyalanishi uchun qulay sharoitni hosil qiladi.
Tarbiya texnologiyasida oʻqituvchi tomonidan belgilanadigan maqsadlar turli darajada boʻlishi va bosqichma-bosqich bir-biriga boʻysunishi, ketma-ket bajarilishi mumkin. Biroq tarbiyaviy maqsadning asosiy mohiyati — davlat maqsadlari, ijtimoiy buyurtmalardan kelib chiqishi lozim. Aytish mumkinki, asosiy daraja - mamlakatda inson va uning fuqarolari qadr-qimmati toʻgʻrisidagi ijtimoiy tasavvurlarni aks ettiradigan maqsadlardir. Ular mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi, hukumat tomonidan qabul qilinadi, qonunlar va boshqa hujjatlarda qayd etiladi. Keyingi daraja - ta’lim dasturlari va standartlarida aks etadigan maqsadlar, ya’ni davlat ta’lim standartlari, maxsus ta’lim tizimlarining va ta’lim bosqichlarining maqsadlari. Eng quyi daraja — muayyan yoshdagi kishilarni tarbiyalashda maqsadning birligi.
Shaxsni shakllantirish, boshqarish tarbiyaviy faoliyat natijasida yuksak ma’naviy va axloqiy xislatlarga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tasodifiy harakatlar orqali emas, balki, oldindan belgilangan va puxta oʻylab toʻzilgan tarbiyaviy maqsadlar asosida olib boriladi. Tarbiyaviy texnologiyada uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning oʻz-oʻzini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, oʻqituvchining tarbiyalash maqsadlarini toʻgʻri belgilashi va yoʻlga qoʻya olishiga nisbatan gʻoyaviy yondashuv ijtimoiy buyurtma asosida belgilanib, amalga oshirilishida mavjud shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi.
Barcha ta’lim muassasalarida pedagoglar 3 asosiy jihatlarga ahamiyat berishlari lozim: nazariy, ruhiy, amaliy.

Yüklə 27,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə