Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi sharq allomalari ilmiy merosi fanidan



Yüklə 39,33 Kb.
səhifə1/11
tarix22.12.2022
ölçüsü39,33 Kb.
#97734
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MARUZA SHARQ ALLOMALARI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

TARIX FAKULTETI

JAHON TARIXI KAFEDRASI

SHARQ ALLOMALARI ILMIY MEROSI FANIDAN

MUSTAQIL ISHI


MAVZU: MUSULMON “UYG’ONISH DAVRI”DA O’RTA OSIYODA ILM FAN



BAJARDI: 19.74 GURUH TALABASI QODIROV JAMSHIDBEK

Reja:
1.O’rta Osiyo xalqlari hayotida IX-XII asrlarda yuz bergan uygonish davri. Fan va madaniyat ravnaqi. 2.IX-XII asrlar madaniy yuksalish uchun shart-sharoit.


3.Sharq mutaffakirlarining ilm fanga qo’shgan hissasi. 4. Xulosa 5.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Fanda Uygonish davri deb ataladigan davr Garbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarda XIV-XVI asrlardagi rivojlanishining oziga xos xususiyatlarini ifodalash uchun ishlatilgan. Birinchi marotaba uygonish atamasini XVI asr italyan rassomi va tarixchisi J.Vazari oz asarlarida ishlatadi. Uygonish, uygonish davri atamalari XIV-XVI asr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish mohiyatini ochib bermasdan, koproq antik davr merosini, yani antik madaniyatga oxshash madaniyatni qaytadan tirilishi, uygonishimanosida ishlatila boshlandi. Keyinchalik fanda bu atama keng qollanila boshlandi. Shu manodakopchilik tadqiqotchilar IX-XII asrlar Orta Osiyo xalqlari tarixida madaniyatning rivojlanishini oziga xos xususiyatlarni ham uygonish davri deb atalishi yuqorida qayd qilinganidek, shartlidir deb hisoblaydilar.
IX-XII asrlar Orta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va manaviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish davri boldi. VIII asrda Arab xalifaligi hozirda Orta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bolgan, bosib olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy-iqtisodiy va manaviy hayot Arab xalifaligi tartib-qoidalariga butunlay boysundirilgan edi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan olkalarda faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat tili bolsa, islom dini uning mafkurasi edi. Shu sababli bu mamlakatlarda arab tilini ozlashtirishga intilish kuchli bolgan. Islomni qabul qilgan aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida quron suralarini tilovat qilishdan iborat bolganbolsa, mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik mamurlari bilan yaqinlashish va mamlakatda oz siyosiy mavqelarini tiklab uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar. Arab tiliga bolgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli kop vaqt otmay Movaraunnahrdaxatto oz ona tilidan kora arab tili va yozuvi ozlashtirib olgan bilimdonlar paydo boldi. Chegaralari borgan sari kengayib, ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ilm ahli suv va havodek zarur bolib qoldi. Davlatni boshqarishda xalifalik mamuriyati bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqlibolgan bilimdonlar ham oz bolib, borlari ham zaif edi.
Bu hol oz navbatida arab tili va yozuvini Movarounnahrda keng yoyilishiga imkoniyat yaratib berdi. Ammo VIII asr oxiri IX asr boshlarida boysundirilgan xalqlarni mutloq itoatda saqlab turish nafaqat xalifalik markazi mamurlariga, balki olkalarga tayinlangan noib uchun ham tobora qiyinlasha boshladi.
821 yilda Xuroson va Movaraunnahrning noibi etib tayinlangan Tohir ibn Husayn xalifalik oylaganidek siyosat yurgizmadi. U xalifa nomini xutba nomozidan chiqarib tashlashga korsatma berdi. Tohiriylar shunday qilib sozda ozlarini xalifalikning noibidek korsatsalar-da, amalda mustaqil ish yuritish harakatini boshlab yubordilar. Bu borada diqqatga sazovor tomoni shundaki, tohiriylar nafaqat siyosiy mustaqillikka intildilar, balki xojalikningkopgina tarmoqlarini ozlari xohlaganday tartibga solishga harakatlar qildilar. Ular qishloq xojaligini rivojlantirish maqsadida suv taminotini yaxshilashga katta etibor qarata boshladilar. Katta-katta ariqlar, kanallar qazdirdilar. Suv taminoti haqida fiqhshunos olimlar risolalar yozib, bu ishni aniq tartib-qoidaga binoan olib borish lozimligini isbotlab berdilar. Shunday qilib, mustaqil davlatlarning paydo bolish uchun zamin paydo boldi.
873-yilda Tohiriylar hukmronligi ornigaSafforiylar hukmronligi ornatildi. Bu oz navbatida Movarounnahrni Xurosondan ajralib, oz mustaqilligini tiklab olishi uchun asos boldi. IX asrning oxirgi choragida Movarounnahr Somoniylar qol ostiga otib, mustaqillikni yanada mustahkamlab oladi. Somoniylar sulolasining eng yirik vakillaridan biri bolmish Ismoil Somoniy kuchli davlat tuzishga harakat qiladi va bu ishni muvaffaqiyatli ravishda uddasidan chiqadi.
Somoniylar oz davlatlarini ozlarigachabolgan sharq davlatlarining boshqaruv ananalarini chuqur organgan holda, ularga suyanib, zamon talablarini hisobga olgan holda ozgartirishlar kiritib boshqarishga harakat qildilar.
Movaraunnahr deb ataladigan bu hududda mustaqil davlatlarning tashkil topishi ularda siyosiy barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish va madaniy hayotning ravnaqiga katta tasirkorsata boshladi. Buxoro, Samarqand, Urganch va Marv kabi shaharlar ilm-fan va madaniyat markazlari sifatida shakllanib, rivojlana boshladi.
Orta Osiyoda IX-XIII asr boshlarida Somoniylar, Qoraxoniylar, Gaznaviylar va Xorazmshohlar davlatlari hukm surdilar. Bu davlatlar xalqaro maydonda oz mavqei va tutgan orni jihatidan katta etibor va nufuzga ega boldilar. Ahmad Nasr, Ismoil Somoniy, Alptakin, Mahmud Gaznaviy, Togrulbek, Sulton Sanjar, Otsiz, Takashsingari tadbirkor va uzoqnikora oladigan davlat arboblari davrida Orta Osiyoda hayotning barcha jabhalarida yuksalishlarga erishildi, davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi.
Tarixchi Abu Mansur as-SaolobiyningSomoniylar Buxorosiga bergan tarifi butun Orta Osiyo davlatlarining IX-XIII asrlardagi ahvoliga tegishlidir: ...shon-shuhrat makoni, saltanat kabasi va zamonasining ilgor kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda oz davrining fozillari yigilgan (joy) edi. Orta Osiyo hukmdorlari ilm ahli bilan yaqinlashdilar. Mamlakatni boshqarishda ularning bilimi va maslahatlaridan foydalandilar. Hukmdorlarning aksariyati bu davrda oz saroylarida olim, shoir va usta sanatkorlar, turli sohalar boyicha qimmatbaho kitoblarni toplashga odatlandilar. Saroyga jalb etilgan olim va shoirlar, kutubxonalardagi nodir qolyozma asarlar bilan magrurlanardilar.
Damashq, Qohira, Bagdod, Kufa, Basra va boshqa katta shaharlarda Orta Osiyodan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga oz hissasini qoshgan avlod-ajdodlarimiz bu davrga kelib kopaya bordi. Bagdod shahri Sharqning ilm-fan markazi sifatida olamga tanildi, chunki IX asrda bu yerda Bayt ul-hikma-(Donishmandlar uyi) Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi. Bunga monand holda X asr oxirlarida Xorazmda ham xalifa Mamun davrida (995-997-y.) Donishmandlar uyi-Bayt ul-Hikma-Mamun akademiyasi (Xorazm akademiyasi) tashkil topdi. Bu ikki ilm ochoglaridaSharqning mashhur va malumolimu-allomalari tahsil korganlar. Ular orasida Ahmad Fargoniy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa buyuk allomalarning nomlari bor.

Yüklə 39,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə