Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi sharq allomalari ilmiy merosi fanidan


AbulAbbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Fargoniy



Yüklə 39,33 Kb.
səhifə3/11
tarix22.12.2022
ölçüsü39,33 Kb.
#97734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MARUZA SHARQ ALLOMALARI

AbulAbbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Fargoniy 797-865 yillarida yashab ijod qilgan vatandoshimizdir. Ahmad Fargoniy oz asarlari bilan fan tarixida katta iz qoldirdi. U matematika, geografiya, astronomiya, tarix sohalarida ijod qildi. Ahmad Fargoniyning ijodiy faoliyati Bagdoddaulugmutaffakir olim Al-Xorazmiy rahbarligidagi Baytul-Hikma bilan bogliqdir. U arab atamashunosligini paydo bolishi va ilmiy taraqqiyotiga munosib hissa qoshib, Bagdod va Damashqda rasadxonalar qurilishida shaxsan qatnashdi. Ahmad Fargoniyning kitoblari dunyoga malum va mashhurdir. Kitob fi Usul ilm an-Nujum (Falakiyot ilmining usullari haqida kitob), Falakiyot risolasi, Falak asarlari sababiyati, Al-Majistiy, Ilm-xayya, AlFargoniy jadvallari, Usturlob bilan amal qilish haqida, Oy yerning ustida va ostida bolganida vaqtni aniqlash risolasi, Yetti iqlim hisobi, Usturlob yasash haqida kitob asarlarining qolyozmalari Angliya, Fransiya, Germaniya, Misr, Hindiston, AQSh va Rossiyada saqlanmoqda.
Ahmad Fargoniyning bu asarlaridagi ilmiy kashfiyotlari butun jahon fani va madaniyatiga ulkan va munosib hissa qoshdi. U 812 yilda quyosh tutilishini oldindan bashorat qilib berdi, yerning dumaloq ekanligini ilmiy dalillar bilan isbotlab, bir xil fazo yoritgichlarni har xil vaqtda korilishini, tutilishini hamma joyda har xil kuzatish mumkinligini izohlab berdi.
Ahmad Fargoniy yaratgan ilmiy kashfiyotlar natijalari qaysi fan sohasida bolishidan qatiy nazar goyatda pishiq, puxta va nihoyatda mukammal bolgan. XII asrdayoq olimning asarlari lotin tiliga tarjima qilinganligi va Yevropaga tarqalganligi bu fikrning isbotidir. Yevropaliklar Ahmad FargoniyniAlFraganus deb ataganlar. Uning asarlarini lotin, nemis, ingliz, fransuz, rus va boshqa tillarga tarjima qilganlar.
Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad Forobiy 873-yilda Forob (Otror) yaqinidagiVasijshaharchasida tavallud korgan va 951-yilda Damashqda vafot etgan.
Orta Osiyoning yirik qomusiy olimlaridan biri, Sharq uygonish davrining engkozgakoringan arbobi, Sharq falsafasining otasi Forobiy avval Forob, Buxoro va Samarqandda bilim oldi va turli tillarni organdi. Bagdodga kelgach fanning turli sohalari boyicha bilimlarini chuqurlashtirishda davom etdi. U ilmiy darajasini oshirgach, fanning deyarli barcha sohalarini egallab, 160 dan ortiq asar yozdi. Forobiyning riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, falsafa, tilshunoslik va adabiyotga oid asarlari butun olamga mashhur boldi. U yozgan Aristotelning Metafizika asari maqsadlari haqida, Tirik mavjudot azolari haqida, Musiqa kitobi, Baxt-saodatga erishuv haqida, Siyosat alMadaniya (Shaharlar ustida siyosat yurgizish), Fozil odamlar shahri, Masalalar mohiyati, Qonunlar haqida kitob, Tafakkur yurgizish mazmuni haqida, Mantiqqa kirish haqida kitob, Falsafaning mohiyati haqida kitob va boshqa asarlar buyuk olimning ilm va dunyoqarash doirasining beqiyos darajada kengligi va chuqurligidan dalolat beradi.
Forobiy fanning nazariy va falsafiy tomonlarini yoritishga harakat qilgan. U Platon, Aristotelning barcha falsafiy, tabiiy, ilmiy asarlariga, Ptolemeyning osmon jismlari harakati, AleksandrAfrodiyning ruh haqidagi psixologiyasiga oid, Galenning tibbiyot boyicha asarlari, Epikur, Zenon, Yevklid risolalariga taqriz va sharhlar yozdi. Agar ilm-fan rivojidagi oziningqoshganbuyuk xizmatlari uchun Aristotel Birinchi muallim unvoniga sazovor bolsa, Forobiy donishmandligi, Aristotelni yaxshi bilganligi, qomusiy aqli va ilm-fan taraqqiyotiga qoshgan katta hissasi uchun Al-muallim as-Soniy - Ikkinchi muallim, Sharq Aristoteli degan mutabar unvon oldi.
Forobiyning Inson tanasining azolari haqidagi risolasi tibbiyot ilmining maqsad va vazifalarini aniqlashga bagishlangan. Astrologiyaningtogri va notogri qoidalari haqidagi risolasida astrologlarning ruhiy va ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni osmoniy jismlar haqidagi ilmiy taxminlariga asoslangan faoliyatini, yolgon tasavvurlar va uydirmalardan farqlash zarurligini takidlaydi.
Olimning kop jildli Musiqa haqida katta kitob asari musiqa ilmining katta bilimdoni, sozanda va ajoyib bastakor ham bolganligini tasdiqlaydi. U yangi musiqa asbobining ixtirochisi ham bolgan.
Orta asr fanining rivoji va taraqqiyotida Forobiyning ilm tasnifi boyicha olib borgan ilmiy ijodiy ishlari goyatdaqimmatlidir. U ilmlarni kelib chiqishi haqida, Ismlarning tasnifi haqida va boshqa risolalarida osha davrda malumbolgan 30 ga yaqin ilm sohasining tartibi, tasnifi va tafsilotini beradi.
Forobiyning ilmiy - falsafiy merosi xalqimizning buyukmanaviy boyligi sifatida asrlar osha avlodlar uchun muhim ijod manbai bolib xizmat qilib kelmoqda.

Yüklə 39,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə