Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi sharq allomalari ilmiy merosi fanidan



Yüklə 39,33 Kb.
səhifə9/11
tarix22.12.2022
ölçüsü39,33 Kb.
#97734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MARUZA SHARQ ALLOMALARI

Abu Mansur alMoturudiy — islom mutafakkiri, kalom maktablaridan biri “matrudshunoslik”ning asoschisi va eponomi.Abu Mansur alMoturudiy 1870 yil Samarqand yaqinidagiMotuurid shahrida dunyoga kelgan.Al-Moturidiy Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad al-Iyodiy, Imom A’zam mazhabidagi buyuk olim Nasr ibn Yahyoal-Balxiy, Muhammad ibn al-Fadl kabilarni o‘zining ustozi deb bilgan.Natijada, Al-Moturidiy fiqh va kalom ilmlaridan dars bergan.Kalom — o‘rta asr musulmon adabiyotida: diniyfalsafiy mavzudagi barcha mulohazalar, shu o‘rinda, alohida ma’noda islom dinidan kelib chiqadigan fikrlarda diniyaqidaparstlikka ergashish emas, balki aqlga asoslangan sharhni beruvchi spekulyativ tartib.Fiqh — Musulmonlarning xulq-atvor qoidalari, shuningdek, ijtimoiy me’yorlar to‘plami majmui.Moturudiy 940 yil vafot etgan va Samarqanddagi Chokardiz qabristoniga qo‘yilgan.Kalomning bir qator savollariga Moturidiy va uning izdoshlari asharitlari kabi javob berishgan: ular Qur’onning ma’nosiga ko‘ra uni abadiy deb bilishgan, solihlar Allohni narigi dunyoda qay holatda bo‘lsa-da ko‘ra olishadi, inson xatti-harakati Alloh tomonidan amalga oshiriladi, inson esa bor-yo‘g‘i irodasi va qobiliyati orqali ularni o‘zlashtiradi, Allohni (uning bilimi, qudrati va hokazo) haqiqiy va abadiy deb hisoblashgan. Ammo asharitlardanfarqli o‘laroq, Moturidiy abadiylikni Allohning nafaqat belgilar mohiyati bilan, balki harakatlarining abadiyligini tan olgan; xuddi mutazilitlar insonda tanlash huquqi bor deb hisoblashganliklari singari, shu o‘rinda, Yaratganga ishonish diniy marosimlar orqali emas, balki Allohga bo‘lgan nutqiyiqrorlik kabi ikki qarama-qarshiliklar orasidagi tanlov kabidir.AlMoturidiy ta’limoti Movaraunnaxrxalifatlari orasida ham tarqalgan.Imom Moturidiy Samarqand mazhab vakillari kabi uning atrofidagi mazhab egalari bilan olib borgan bahs-munozaralarda ham ilg‘or bo‘lgan. Moturidiykaramit, shiit va mutazilitlar bilan ham bahslar olib borib, ularga nisbatan qarshi nuqtai nazarga ega bo‘lgan va o‘zining asarlaridan birini o‘zining ziddiyat fikriga bag‘ishlagan.
Moturidiy ishlarini keyingi toifalarga ajratgan:
Kalom va bahs san’ati ishlari.
Usulga bag‘ishlangan ishlar.
Tafsir va Qur’on bilimlari ishlari.
Alloh farzlari va sunnatlariga bag‘ishlangan ishlari.
AlMoturidiy asarlaridan keyingilar ma’lum:
Qur’onga izoh “Taavilatal-Qur’on” Abu Hanifaning “Al-fiqh al-akbar” risolasiga “Sharx ul-fiqh il-akbar” nomli sharhi
“Yakkaxudolik kitobi” (“Kitab ut-tauxid”).
2000 yil Abu Mansur alMoturidiy tavalludining 1130-yilligi O‘zbekistonda keng nishonlangan. Mazkur sanada uning ishlari nashrdan chiqqan, xalqaro konferentsiyalar o‘tkazilgan, Samarqandda uning qabrida memorial majmua ochilgan.
2000 yil O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan olimning vayron qilingan maqbarasi o‘rnida me’moriy majmuа bunyod qilinib, uning markazidan olimning maqbarasi joy olgan. Mazkur yodgorlikning qurilishida o‘zbek me’morchilik san’atining eng yaxshi milliy an’analaridan foydalanilgan. Me’moriy majmua RahmatulloSalohitdinov loyihasi asosida, EgamberdiNurullayevhammuallifligida qurilgan. Qurilishda samarqandlikMirumarAsadov, Matlub Mahmudov, Yoqub Tagirov, Toshpo‘lat Atoyev kabi xalq ustalari ishtirok etishgan. Interyeri ustida AmriddinNajmiddinov ish olib borgan. Ekstererlarni Hakim Asadov amalga oshirgan.Maqbara maydoni 12x12, balandligi 17,5 metrni tashkil qiladi. Gumbazi ikki qavat. Tashqi gumbazi qovurg‘asimon bo‘lib, havo rang ko‘shk bilan bezalgan. Tom gumbazi 24 ark hamda oyna alebastr panjaralar bilan bezalgan. Ichki va tashqi qoplamalarda koshin, ko‘shk va ganchdan foydalanilgan. Qabr toshi oq marmardan yasalib, Imom alMoturudiy yozuvi o‘yilgan.Maqbaraning g‘arbrog‘idapastqom gumbaz inshoot — Amir Temur tomonidan Hirot va Mashhatdan olib kelingan sayidlar dahmasi (Muhammad payg‘ambar avlodi) joy olgan.Maqbaraning shimoliy qismida so‘fa (tepalik) hamda IX-XVIII asrlarga tegishli qabr tosh joylashgan.Maqbaraning janubiy-g‘arbidagi bog‘da rotonda-shiyponcha bo‘lib, u yerda mashhur olim-huquqshunos, musulmonlarning huquqshunoslik kitobi “AlXidoya” muallifi BurxoniddinAlMarg‘iloniyning qabri joy olgan.

Yüklə 39,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə