Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi sharq allomalari ilmiy merosi fanidan


Termiziy Abu Iso, Imom Termiziy (toʻliq nomi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn ZaxdokSullamiyBugʻiyTermiziy)



Yüklə 39,33 Kb.
səhifə8/11
tarix22.12.2022
ölçüsü39,33 Kb.
#97734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MARUZA SHARQ ALLOMALARI

Termiziy Abu Iso, Imom Termiziy (toʻliq nomi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn ZaxdokSullamiyBugʻiyTermiziy) (824, Termiz — 892, Bugʻqishlogʻi, hozirgi Sherobod tumani) — buyukmuhaddis. Sullamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan biri sullam degan arab qabilasiga doʻst tutingan, Bugʻiy deyilishiga sabab oʻsha vaqtdagi But nomli qishloqda vafot etib, shu yerga dafn qilingan. Umrining oxirida koʻzi ojiz boʻlib qolgani uchun adDarir taxallusi bilan ham atalgan. Termiziyning yoshlik yillari Termiz shahrida oʻtgan, dastlabkimaʼlumotni ham shu yerda olgan. Bolaligidan oʻta ziyrakligi, xotirasining kuchliligi, noyob qobiliyati bilan oʻz tengqurlaridan ajralib turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan oʻrgangan, bu boradagi bilimlarini yanada oshirish uchun koʻpgina Sharq mamlakatlariga borgan. Uzoq yillar Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari chogʻida qiroat ilmi, bayon, fikd, tarix, ayniqsa, oʻzi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi boʻyichaoʻsha davrning yirik olimlarndantaʼlim oladi. Mashhur muhaddislardan Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Qutayba ibn Sayd, Ishoq ibn Muso, Maxmud ibn Gʻaylon va boshqa uning ustozlari edi.Termiziy Imom Buxoriy bilan uchrashganida (bu uchrashuv Nishopurda boʻlgan va ikki alloma 5 yil birgalikda yashashgan) qadisningmatninigina emas, uning hikmati va falsafasini tushunib yetganini eʼtirof etadi. Oʻz navbatida Imom Buxoriy oʻz shogirdini maqtab, kamtarinlik bilan: "Sen mendan bahra topganingdan koʻra men sendan koʻproq bahra topdim", degan. Bu Termiziyga berilgan juda katta baho edi.
Termiziyyoʻlda, safarda boʻlganda ham, yoki bir joyda muqim turganda ham ustozlaridan, uchratgan roviylardan eshitgan hadislarni yozib olar, ularni tartibli ravishda alohidaalohida qayd qilib borardi. 868 yil xorij safaridan oʻz yurtiga qaytgan Termiziyilmiyijodiy ish, shogirdlar tayyorlash bilan mashgʻulboʻldi va yirik muhaddis olim, imom sifatida shuhrat qozondi. Taqvodorlik, islom dini va oʻzobroʻsiga gard yuqtirmaslikka intilish, dunyo molmatosi va boylikka beparvo qarash, oxiratning gʻamini yeyish Termiziyning hayoti tarzi edi. Termiziyning shogirdlari uning ishlarini davom ettirdi. Ular ichida Makhul ibn alFadl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Hamod ibn Shokir, Abd ibn Muhammad Nasafiy, Haysam ibn KulaybShoshiy, Ahmad ibn Yusuf Nasafiy va boshqalarni koʻrsatish mumkin.
Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan. "Al-jomeʼas-sahih" ("Ishonarlitoʻplam"), "ashShamoilannabaviya" yoki "AshShamoilannabiysallolohualayhi va sallam" ("Paygʻambar alayhissalomning shakl va sifatlari"), "alIlalfilhadis" ("Hadislardagi illatlar"), "Risola filxilofvaljadal" ("Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola"), "atTaʼrix" ("Tarix"), "Kitob uzzuhd" ("Zohidlik kitobi"), "Kitob ulasmovalkuno" ("Ismlar va kunyalar kitobi") va boshqa Termiziyning asarlari ichvdaengmashhuri, shubhasiz, "Al-jomeʼas-sahih"boʻlib, 6 ta ishonchli hadislar toʻplamidan biridir. Ushbu asar ilmiy manbalarda "Jomeʼat-Termiziy", "SahihiTermiziy", "SunaniTermiziy" nomi bilan ham ataladi. Termiziyning muhim asarlaridan yana biri "ash-Shamoilan-nabaviya" Muhammad (alayhisallom)ning shaxsiy hayoti, u zotning suvrat va siyrati, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni oʻz ichiga qamragan manbadir. Bu kitob azaldan islomshunos olimlar, tadqiqotchilarning diqqatini oʻziga tortib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar ham yozilgan. Uning tili ravon, uslubi gʻoyatda oddiy. Asar fors va turk tillariga tarjima qilingan. "Ash-Shamoilannabaviya"ning 1-qismida keltirilgan hadisi shariflar paygʻambarningsuvrat (tashqi qiyofasi) iga, 2-qismida keltirilgan hadisi shariflar esa ichki dunyosiyu, axloqiy fazilatlarini bayon qilishga bagʻishlangan. Kitobning 16-asrga oid bir qoʻlyozmasi Toshkentda, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi. "Ash-Shamoilan-nabaviya"oʻzbek tiliga oʻgirilibsoʻnggi yillarda Toshkentda bir necha bor nashr etildi. 1990 y. Termiziy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida Termiziyning yodgorlik majmuasi qaytadan taʼmirlanib, qutlugʻ ziyoratgohga aylantirildi.

Yüklə 39,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə