Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi sharq allomalari ilmiy merosi fanidan


Abu Bakr Muhammad ibn JafarNarshaxiy



Yüklə 39,33 Kb.
səhifə4/11
tarix22.12.2022
ölçüsü39,33 Kb.
#97734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MARUZA SHARQ ALLOMALARI

Abu Bakr Muhammad ibn JafarNarshaxiy (899-959) Buxoro yaqinidagiNarshax (hozirgi Vobkent tumanida) qishlogida 899-yilda tavallud topgan. Narshaxiyning ilmiy asarlari togrisidamalumotlar juda kam. Uning faqat Tarixi Buxoro (Buxoro tarixi) asari bizgacha yetib kelgan. Asar qolyozma nusxalarda va hozirgi zamon ilmiy tarixiy adabiyotlarda Tarixi Narshaxiy, Taxqiq ul-Viloyat (Viloyat haqiqatini aniqlash), Axbori Buxoro (Buxoro haqida xabarlar)kabi nomlar bilan atalib kelingan. Asarning turli nomlar bilan atalishiga ham sabablar bor. Bu asarning Narshaxiy tomonidan yozilgan dastlabki asl nusxasi saqlanib qolmagan. Uning bizgacha yetib kelgan qismi 1128 yilda Quva shahridan bolgan Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy arab tilidan fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan nusxasidir. Undan keyingi yillarda ham Narshaxiyning asari bir necha tahrirlarga uchragan, bazi matnlari qisqartirilgan va songgi voqealar asosida toldirilgan. Abu Nasr Ahmad Qubaviy asar matnini qisqartirish bilan chegaralanmay, balki Tabariy, Abu HasanNishopuriyningHazoiq ul- ulum, Ibrohimning Axbar-i Muqanna kabi asarlaridan foydalanib, uni toldiradi. Ana shu tariqa, Buxoro tarixiga Narshaxiy yashab otgan davrdan keyingi, 1178-1179-yillardan 1220-yillarga qadar bolib otgan tarixiy voqealar kirib qolgan.
Buxoro tarixi asari ozining ilmiy ahamiyatini yoqotmagan va hozirgi kunda Somoniylar davri tarixi boyichaeng noyob, qimmatli asar hisoblanadi. Asarda Somoniylar davlatining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hayotiga oid malumotlar keltirilgan. Movaraunnahr va Xuroson aholisining arab bosqinchilariga qarshi Muqanna boshchiligidagi qozgoloni bilan bogliqbolganmalumotlar ham bu asarda malum darajada oz ifodasini topgan. Narshaxiy saroy tarixchisi bolganligi sababli hukmron tabaqa siyosatini yoqlab, xalqning hokimiyatga chiqishini qoralagan.
Biz organayotgan davr IX-XII asr fan va madaniyatining ravnaqini Abu Rayhon Beruniysiz (973-1048-y.) tasavvur qilish mumkin emas. U oz zamonasining barcha fanlari - fizika, matematika, astronomiya, geodeziya, tarix, geografiya va bir necha boshqa fanlarni puxta egallagan olim bolgan. U 362 hijriy yili (973-y.) Xorazmning qadimgi Kat shahrida tugildi. Osha davrda Kat shahri Xorazmshohlar - Afrigiylar sulolasining poytaxti bolib, Orta Osiyoning Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq davlatlari, Kavkaz va Sharqiy Yevropa davlatlari bilan boglab turuvchi savdo va madaniy markazlaridan biri edi. Afsuski, Beruniyning zamondoshi Ibn Sinonikiga oxshagantarjimayi holi bizgacha yetib kelmagan. Shuning uchun u boshlangichtalimini kimdan, qachon olganligi haqida aniq malumotlar yoq. Ammo, bir narsa aniqki, u yoshligidanoq ilm-fanga juda ham qiziqqan, qobiliyatli, mehnatkash bolgan.
U oz ona tili xorazm tilidan tashqari yana bir qancha tillarni-sogdiy, fors, hind, yunon va qadimgi yaxudiy tillarni ham organgan. U Hindistonda bolar ekan, tez orada nafaqat Hindiston tarixi, madaniyati, hatto sanskrit tilini ham organadi. Xorazmdagi Mamun akademiyasining engkozgakoringan faol ishtirokchilaridan biriga aylanadi. Shu bilan birga u shoh Mamun II ningeng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakat siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi.
Beruniy Urganchda yashagan davrda Ibn Sino bilan yozishma olib borgan. Bizgacha ularning savol-javoblaridan 18 tasi yetib kelgan. Bu yozishmalar Beruniyning tabiat falsafasi va fizika masalalari bilan qanchalik qiziqqanligidan guvohlik beradi. Savol-javoblarning mazmunida Aristotelning aql bilan his etish orqali chiqargan xulosalariga Beruniy ozining tuzatish va tajriba orqali aniqlagan xulosalarini qarshi qoygan. Ibn Sino esa Aristotelni himoya qilgani malumboladi.
Beruniy Xorazmda yashagan vaqtda hali juda yosh bolishiga qaramay, Kat shahrida muhim astronomik kuzatishlar otkazgan. Bu kuzatishlar uchun ozi asboblar ixtiro qilgan. Beruniy 22 yoshida ozi tugilib osgan vatanni tashlab ketishga majbur boladi va avval Rayga, keyin Jurjonga keladi. Bu yerda mashhur tabib, astronom, faylasuf Abu SaxlIsoal-Masixiy bilan tanishadi va undan talim oladi. Beruniy ozining mashhur asarlaridan biri bolmish Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar asarini Jurjonda yoza boshlagan.
Tarixdan malumki, 1017-yilda Mahmud Gaznaviy Xorazmni bosib oladi va Beruniyni ham Xorazmshoh saroyidagi bir qancha olimlar qatori Gazna shahriga olib ketadi. Beruniy Gazna shahrida 1017 yildan to 1048 yilgacha hayot kechirgani malum. Bu yillar Beruniy hayotida oziga xos davr boladi. Bir tomondan gurbatda yashagan bolsa, ikkinchi tomondan ilmiy faoliyatda juda ham mahsuldor davri boladi. Beruniy faoliyatini organuvchi olimlarning fikricha, bunday hol, yani davlat ishlariga aralashmagan, siyosiy faoliyatdan chetlashgan olim oziningbutun bosh vaqtini ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflaydi.
Beruniy tabiat fanlarining rivojiga bebaho hissa qoshgan olimdir. U ozining ilmiy asarlarida dunyoning tuzilishi haqida fikr yuritganda Ptolemey fikriga suyansa ham, amalda yerning harakati haqida Ptolemey tartibiga zid keluvchi fikrlarni bayon qiladi. U Geodeziya asarida geotsentrizm bilan bogliqbolganbazi nazariyalarning togriligiga shubha bilan qaraganligini ochiqdan-ochiq bayon etadi. Bu bilan u dunyoning geliotsentristik tuzilishi haqidagi nazariyani ishlashiga hissa qoshganlardan biri hisoblanadi.
Beruniy oz davrining katta matematigi ham bolgan. U matematika masalalariga bagishlangan asarlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar nazariyasi, trigonometriya tushunchalarini malum tartib bilan tariflaydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilarining kopchiligi Beruniyni trigonometriya fanining rivojiga qoshgan hissasini juda ham yuksak baholashadi. Ular Beruniyning trigonometriyaning matematikada mustaqil fan sifatida qaragan olim sifatida korsatmoqdalar.
Beruniy 1030-yilda Hindiston nomi bilan mashhur bolganeng yirik asarini yozadi. Bu asar juda katta ahamiyatiga ega bolgan asar bolib, bu haqda juda kopgarb va sharq olimlari ozlarining fikr-mulohazalarini bildirganlar. Beruniyning bu asari ustida 20 yil ish olib borgan E.Zaxau uning arabcha tanqidiy teksti bilan ingilizcha tarjimasini 1888-yilda Londonda nashr ettiradi. Ana shu olim hindshunoslikda Beruniyga teng keladigan biror olim na undan oldin va na undan keyin bolganligini bilmaymiz-degan edi. Yirik arabshunos olim R.Rozen Hindiston asari qadimgi va orta asr garb va sharq adabiyotida misli korilmagan-deb baholaydi. Hind olimlaridan Hamid Rizo esa Orta asr va yangi zamon mualliflaridan hech biri Hind madaniyatining chigal masalalarini ilmiy ruhda tushunish boyicha Abu Rayxon Beruniy erishgan yutuqlariga erisha olmadi. Beruniyning Hindiston asari klassik namuna bolib qolishi bilan birga oz muallifining qadimgi hind madaniyati va faniga tortigidir-degan edi.

Yüklə 39,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə