Tasdiqla yman



Yüklə 3,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/89
tarix06.05.2023
ölçüsü3,7 Mb.
#108815
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89
ГЕОГРАФИЯ-ТУГУРАК-34-САОТ (1)

IX-Darsning rejasi:
a) o'tilgan mavzuni takrorlash 
b) yangi mavzu bayoni 
c) 
mustahkamlash. 
d) 
O'quvchilarni 
baxolash
X-O'tilganlarni takrorlash:
1. Afrikaning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Afrika qayst yarimsharlarda joylashgan?
3. Afrika sohillarini va ichki qismini kim laro‘rgangan?
XI-Yangi mavzu bayoni:
Asosiy xususiyatlari. 
Doimiy muz bilan qoplangan yagona materik, 
eng sovuq, o‘rtacha balandligi bo‘yicha eng baland (2040 m), Janubiy 
qutbda Quyoshning chiqishi va botishi bir yilda faqat bir marta kuzatiladi, 
Yer yuzidagi eng kuchli shamol shu yerga xos, chuchuk suv zaxirasi 
bo‘yicha (80%) yagona materik, o‘simlik va hayvonot olamiga eng 
kambag‘al, muzsiz zaminning cho‘kmasi bo‘yicha birinchi o ‘rinda 
(—2555 m), yagona yirik yarimoroli bor, Yer yuzasining „sovuqlik 
qutbi“ (,,Vostok“ stansiyasi, —89,2 °C) va „magnit qutbi“ shu yerda, 
bironta mamlakatga tegishli boim agan va tinchlik hamda ilmiy maq- 
sadlarda foydalaniladigan yagona materik.
Geografik o‘rni. 
Antarktida yunoncha ,,anti“ — 
qarama-qarshi, teskari

„arktika“ 
shimoliy
, ya’ni Arktikaning teskari tomoni degan ma’noni 
anglatadi. 
Antarktika
— muzli qit’a, uning maydoni 52,5 mln km2. 
Antarktida—
yaxlit muzli materik bo‘lib, maydoni 14 mln km2 .
Antarktida Janubiy qutbiy doirada, boshqa materiklardan juda uzoqda 
joylashgan yagona materik. Materikka tutashib turgan 12 ta chetki 
dengizlari bor.


0 ‘rganish tarixi. 
Antarktida boshqa materiklarga nisbatan eng keyin 
kashf etilgan. Bunga sabab dengiz suvlarining uzoq muddat muzlashi, 
aysberglarning ko‘pligi, boshqa materiklardan uzoqligidir.
Antarktidani 1820-yilning 16-yanvar kuni rossiyalik dengizchilar 
F. Bellinsgauzen va M. Lazarevlar kashf etishdi. Norvegiyalik R. Amundsen 
1911- yilning 14- dekabr kuni birinchi bo‘lib, undan bir oycha keyin 
ingliz R. Skott ikkinchi boiib qutbga bordi. Hozir Janubiy qutbda Amundsen— 
Skott nomi bilan ataladigan ilmiy stansiya (AQSH) ishlab turibdi.
Antarktidani keng ko‘lamda mukammal o‘rganish Xalqaro geofizik
yil dasturini joriy qilish (1957—1959) munosabati bilan boshlandi.
1959- yilda 11 ta mamlakat o4rtasida „Antarktida to‘g‘risida shartnoma“ 
qabul qilindi. Unga ko‘ra, materikdan faqat ilmiy va turistik maqsadlarda
foydalanishga kelishib olindi. Ayni paytda 16 mamlakat olimlari materik
tabiatini, qirg‘oq chizig‘ini, geologik tuzilishini, muz tagi relyefini,
iqlimini, organik dunyosini, materik tabiatining odam organizmiga
ta’sirini o ‘rganishmoqda.

Yüklə 3,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə