Tasdiqlayma n



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə6/10
tarix21.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#111758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Nokorrekt va teskari masalalar uchun hisoblash usullari

1-semestr bo‘yicha

90




1-kurs bo’yicha jami

90 soat

Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo’yicha magistratura talabalari tomonidan mavzuga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to’liq o’zlashtirish, tahlil natijalarini to’g’ri aks ettira olish, o’rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va referatlar tayyorlash, uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.

Nokorretk va teskari masalalar” fani bo‘yicha qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar


Magistratura talabalarining “Nokorretk va teskari masalalar” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion – pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, keys texnologiyalaridan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliyot mashg’ulotlarida o’qitishning interaktiv usullari (vizual, muammoli, mualliflik ma’ruzalari, ikki tomonlama tahlil, insert, klaster) dan foydalaniladi.


Nokorretk va teskari masalalar” fanining ma’ruza mashg’ulotlarida ma’lumotlarni ko’rgazmali taqdim yetish usullari va vositalari:
insert jadvali:

  • mustaqil o’qish, ma’ruza tinglash jarayonida olinadigan ma’lumotlarni yaxlit bir tizimga keltirishga imkoniyat yaratadi.

  • oldindan olingan ma’lumotni yangisi bilan o’zaro bog’lash qobiliyatini shakllantirishga imkon beradi.

Klaster (Klaster - tutam, bog’lash):
Ma’lumot xaritasini tuzish va vositasi-barcha fikr konstitutsiyasini fokuslash va aniqlash uchun asosiy omil atrofida g’oyalarni yig’ish.
Toifali jadval:
Toifa - mavjud holat va munosabatlarni aks yettiradigan belgi (umumiy).

  • ajratilgan belgilarga ko’ra olingan ma’lumotlarni birlashtirishni ta’minlaydi;

  • tizimli mushohada qilish, ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tizimlashtirish ko’nikmasini rivojlantiradi.

Kontseptual jadval:
O’rganilayotgan xodisa tushuncha, qarash, mavzu va shu kabilarni ikki va undan ortiq jihat bo’yicha taqqoslash imkonini beradi. Tizimli mushohada qilish, ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tizimlashtirish ko’nikmasini rivojlantiradi.
BBB jadvali:
Bilaman, Bilishni xoxlayman, Bildim

  • matn (mavzu, bo’lim) bo’yicha tadqiqot ishlari olib borish imkonini beradi;

  • tizimli mulohaza kilish, tarkibga ajratish ko’nikmalarini beradi.

Loyihalash metodi:
Kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish bo’lib, loyiha, ma’lum bir hisob-kitob, chizma va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon qilish shaklida mujassamlashgan g’oya, fikr.
Nokorretk va teskari masalalar” fanining amaliyot mashg’ulotlarida muammoni jamoali tarzda hal yetishning usullari va vositalari:
Aqliy hujum:
Bu uslubda qo’yilgan savol, maummo, masala butun guruh bilan birgalikda muhokama qilinadi. U talabalarni o’quv jarayonida mashg’ulotlarga faol qatnashishlarini topish va bayon qilish chog’ida boshqalarni ham fikrini jalb qilish, o’z fikrlarini aytishga yo’naltiruvchi metoddir.
Bahs:
O’z fikrini ifoda yetishni xohlovchilar orasida biron bir munozarali masalani muhokama kilish, xaqiqatni aniqlash va to’g’ri qarorni qabul qilish.
Muzokaralar:
Eshitish aniq tashkil etilgan ikki tomon fikrlari almashinuvi.
Pinbord texnikasi:
Muammoni hal etish bo’yicha g’oyalarni tizimlashtirish va guruhlashtirish va yagona nuqtai nazarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Delfi texnikasi:
Muammoni hal etishning jamoali baholash va tanlash imkonini beradi.
6-6 texnikasi:
Qo’yilgan muammoni hal etish bo’yicha jamoa tomonidan ifodalangan variantlardan yeng yaxshisi baholanadi va tanlanadi, keyin quyidagi harakatlar algoritmga muvofiq ma’lum belgilar bo’yicha guruhlanadi.
Keys stadi:
Talabalarni qaror qabul qilishga o’rgatishda muammoli vaziyat hosil qilib, uni yechishni o’rganish metodi.
Shuningdek “Nokorretk va teskari masalalar” fanining amaliyot mashg’ulotlarida kompyuter dasturlaridan, slaydlardan, multimedia ta’lim vositalaridan, INTERNET sahifalari va tizimlaridan foydalanish, shu bilan birga, talabalarga ushbu fanni o’zlashtirishda mavjud o’quv adabiyotlaridan, elektron darslik, testlar majmuasi va boshqa manbalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə