Tasdiqlayma n


Interfaol o’qitish usullari (Activity)



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə7/10
tarix21.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#111758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Nokorrekt va teskari masalalar uchun hisoblash usullari

Interfaol o’qitish usullari (Activity)
Amaliy mashg‘ulotlarda interfaol o’qitish usullari qo’llaniladi. Bu usullar magistratura talabalarida jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati va xulosa chiqarish ko’nikmalarini shakllantiradi. Quyida fan xususiyatlariga xos ba’zi usullar bayon etilgan.

  1. Tushunchalar tahlili” usuli. Magistratura talabalari tushunchalarni dastlab yakka tarzda va keyin jamoada muhokama qilishadi. O’qituvchi jamoaning fikrini yo’naltirib turadi va oxirida ekranga atamalarning izohini chiqaradi. Magistratura talabalari o’z fikrlarini taqqoslashadi, baholashadi va bilimlarini mustahkamlashadi.

  2. Zinama-zina” usuli. Magistratura talabalari mavzu bo’yicha yakka tarzda fikrini grafik ifoda etishadi, keyin guruhda muhokama etishadi. Guruhlar taqdimoti o’tkaziladi va grafik materiallar doskaga mantiqiy pog’onalar tarzida ilib boriladi.

  3. Charxpalak” usuli. Kichik guruhlar o’z tarqatma materiallaridagi vazifani bajarib, charxpalak aylanishi bo’ylab birbiriga uzatishadi, har bir guruh boshqalarning ishiga tuzatish kiritadi va oxirida o’zlariga qaytib keladi. Guruhlar o’z ishini tuzatishlar bilan takomillashtirgan holda taqdimot qilishadi.

  4. Bumerang” usuli. Magistratura talabasi bajargan ishini avval o’z kichik guruhida, keyin boshqa kichik guruhda muhokama qiladi, so’ng yana o’z guruhiga qaytib kelib umumlashtiradi. Oxirida guruhlar taqdimoti o’tkaziladi.

  5. Rezyume” usuli. Kichik guruhlarda muammolar o’rganilib, tahlil qilinadi va xulosa yozma ifoda etiladi. Taqdimotda xulosa ko’rsatilmaydi, boshqa talabalarning taqdimotga nisbatan fikrlari hisobga olinib yangi xulosa shakllantiriladi va avvalgi yozma xulosa bilan taqqoslanadi.

  6. Muammo” usuli. Dastlab muammoli videolavha ko’rsatiladi. Kichik guruhlar namoyish vaqtida muammolarni qayd qilib borishadi. Keyin ularning yechimlarni o’zaro almashishadi va tuzatish kiritishadi. Oxirida muammo bo’yicha jamoaning xulosasi shakllantiriladi.

  7. Labirint” usuli. O’qituvchi murakkab vaziyatni bayon qiladi va jamoa bo’lib undan chiqish yo’li topiladi. Keyin kichik guruhlarda boshqa muammoli vaziyatlar o’rganiladi va taqdimot o’tkaziladi.


  8. Yüklə 1,01 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə