Tayanch tushunchalar



Yüklə 343,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix05.01.2023
ölçüsü343,57 Kb.
#98226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
 
8.2.
Xotiraning psixologik nazariyalari. 
Xotiraga tegishli bo‘lgan fizikaviy, kimyviy, biokimyoviy, fiziologik, axborotli-
kibernetikaviy nazariyalar, shuningdek, psixologik nazariyalar guruhlarii mavjud. 
Bunday nazariyalar ichida xotira faoliyati qonuniyatlarini tushunish va uni boshqarish 
usullarini ishlab chiqishda foydali bo‘lgan psixologik nazariyalarni ko‘rib chiqamiz.[2] 
Xotiraning ilk psixologik nazariyalaridan biri XVII asrda yuzaga kelgan, birinchi 
bo‘lib XVIII-XIX asrlarda Angliya va Germaniyada ishlab chiqilgan 
assotsiativ nazariya
hisoblanadi. Ushbu nazariya asosida Vosnove dannoy teorii lejit ponyatie assotsiatsiya – 
G.Ebbingauz, G.Myuller, A.Pilseker va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan 
psixikaning alohida noyob hodisalari o‘rtasidagi aloqa tushunchasi yotadi. Bu nazariyaga 
asosan xotira o‘xshashligi, vaqt va fazoviy yaqinligi bo‘yicha barqaror bo‘lgan qisqa va 
uzoq muddatli assotsiatsiyalarning murakkab tizimi sifatida tushuniladi. Ushbu 
nazariyaga binoan, ko‘plab qonunlar, xususan, G.Ebbingauzning unutish qonuni kashf 
etilgan. Dastlabki soat davomida qabul qilingan ma’lumotning 60% gacha bo‘lgan qismi 
unutiladi, olti kundan so‘ng esa birinchi marta yodlab olingan matnning 20% dan kamroq 
qismi saqlanib qoladi. Vaqt o‘tishi bilan assotsiativ nazariya bir qator hal etilishi zarur 
bo‘lgan muammolar bilan to‘qnashdi, ulardan asosiysi inson xotirasining tanlab o‘tkazish 
xususiyatini tushuntirib berish edi.[1] 
XIX asrning oxirida assotsiativ nazariya 
geshtalt nazariyasi
bilan almashindi. Bu 
nazariya uchun boshlang‘ ich tushuncha va shu bilan birga, asosida xotiraning noyob 
hodisalarini tushuntirib berish mumkin bo‘lgan bosh tamoyil sifatida birlamchi 
elementlarning assotsiatsiyasi emas, balki, ularning dastlabki, yaxlit tashkiloti – geshtalt 
namoyon bo‘ldi. Aynan, geshtaltning shakllanish qonunlari ushbu nazariya vakillari (V. 
Vundt, e.B. Titchener va boshqalar)ning fikriga ko‘ra, xotirani belgilab beradi. Bu 
nazariya tarafdorlarining asosif fikri shundan iboratki, esda olib qolish va eslashda 
ma’lumot, odatda, assotsiativ asosda tarkib topgan elementlarning tasodifiy to‘plami 
emas, balki, yaxlit tuzilma sifatida namoyon bo‘ladi. Keyinchalik geshtalt nazariyasi ham 
qator qiyinchiliklar, xususan, inson xotirasining filo- va ontogenezda shakllanishi va 
rivojlanishining murakkab muammosi bilan to‘qnash keldi. Gap shundaki, odamdagi 
xotira jarayonlarini ajratuvchi motivatsion holatlar va geshtaltlarning o‘zlari ham 
tarafdorlari tomonidan oldindan belgilangan va rivojlanmaydigan hosilalar sifatida qabul 
qilingan edi. Bu bilan xotira genezisi haqidagi masala ustidagi bahslar o‘z nihoyasiga 
etdi.[2] 

Yüklə 343,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə