Tayanch tushunchalar



Yüklə 343,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix05.01.2023
ölçüsü343,57 Kb.
#98226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bixeviorizm 
va 
psixoanaliz
vakillari ham xotira genezisi haqida qoniqarli javob 
topa olmadilar. Bixeviorizmchilarning xotira yuzasidan qarashlari assotsianistchilarning 
qarashlari bilan mos kelgan edi. Ular o‘rtasidagi yagona farq bixeviorizmchilarning 
materialni esda olib qolishdagi 
yordam
ning o‘rnini alohida ta’kidlab, o‘rganish 
jarayonlarida xotira faoliyatini o‘rganishga katta e’tibor qaratgan edilar (D.Uotson, 


e.Torndayk). Lekin bixeviorizmchilar insondagi ongli faoliyat va shaxs xususiyatlarining 
yordamga bog‘ liqligini chetlab o‘tdilar. 
Xotira hodisalarining shaxsga bog‘ liqligi Z.Freyd tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan edi. 
Uning fikriga ko‘ra, insonning ong osti mayllariga imkon bermaydigan barcha narsalar 
xotiradan siqib chiqariladi, va, aksincha, uning uchun yoqimli bo‘lganlar saqlanib qoladi. 
Bu bog‘ liqlik tajribada o‘z tasdig‘ ini topmadi. SHu bilan birga, Z.Freyd va 
izdoshlarining xizmatlari inson xotirasini o‘rganishda esda saqlash va unutish xotira 
jarayonlaridagi ijobiy va salbiy emotsiyalar, motivlar va ehtiyojlarning ahamiyatinin 
aniqlashdan iborat bo‘ldi. Psixoanaliz yordamida insonning motivatsion sohasi bilan bog‘ 
liq bo‘lgan ong osti unutishning psixologik mexanizmlari aniqlandi va ta’rif berildi. 
XX asrning boshlarida xotiraning 
mantiqiy nazariya
si yuzaga keldi, unga asosan
mos keluvchi jarayonlar faoliyati esda olib qolish zarur bo‘lgan materialni u yoki bu 
darajada kengroq ma’noli tuzilmalarga birlashtiradigan mazmun bog‘ lovchilarining 
mavjudligi yoki mavjud emasligiga bevosita bog‘ liq holatda bo‘ladi (A. Bine, K. 
Byuler). Esda olib qolish va eslashda matnning ma’noga ega bo‘lgan mazmuni 
ifodalanadi. 
Hozirgi zamon psixologiyasida asosiy tushuncha o‘rnida 
shaxs faoliyati
ni uning 
barcha psixik jarayonlari, shuningdek, xotira jarayonlarining shakllanishini bog‘ lovchi 
omil sifatida o‘rganadigan 
nazariya
tan olinmoqda. Bu konsepsiyaga asosan, esda olib 
qolish, saqlash va eslash jarayonlarining kechishi ma’lumotning ob’ekt faoliyatida tutgan 
o‘rniga qarab belgilanadi. Ma’lumot faoliyat maqsadi sifatida namoyon bo‘lgan 
vaziyatlarda aloqalar yanada samaraliroq tarzda hosil bo‘lishi va dolzarblashtirilishi 
tajriba aniqlandi va o‘z tasdig‘ ini topdi. Bu aloqalarning xususiyatlari, masalan, 
mustahkamligi va harakatchanligi ma’lumotning sub’ekt keyingi faoliyatidagi 
ishtirokining darajasi, bu aloqalarning ko‘zlangan maqsadlarga erishishdagi ahamiyati 
bilan belgilanadi. Faoliyat nazariyasining asosiy fikri qisqacha quyidagicha ta’riflanadi: 
turli tasavvurlar o‘rtasidagi aloqalar, avvalambor, sub’ektning ulardan qay tarzda 
foydalanishi bilan belgilanadi.[1] 
Inson xotirasining faoliyat sifatida o‘rganilishiga dastlab fransiyalik olimlarning, 
xususan, P. Janening ishlari sabab bo‘ldi. U birinchilardan bo‘lib, xotirani materialni esda 
olib qolish, qayta ishlash va saqlashga yo‘naltirilgan harakatlar tizimi sifatida ta’rifladi. 
Jahon psixologiyasida bu konsepsiya L.S. Vigotskiy tomonidan ishlab chiqilgan inson 
oliy psixik vazifalari kelib chiqishining madaniy-tarixiy nazariyasida rivojlantirildi. 
So‘ngra u A.N. Leontev, A.R. Luriya, P.I. Zinchenko, A.A. Smirnov va boshqalar kabi 
mashhur psixologlar tomonidan ishlab chiqildi. 

Yüklə 343,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə