Tayanch tushunchalar



Yüklə 343,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix05.01.2023
ölçüsü343,57 Kb.
#98226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
yodda saqlab qolish
. Bu idrok qiingan 
ma’lumotni ma’lum muddatgacha esda saqlab qolishdan iborat bo‘lgan xotira jarayoni. 
Esda saqlab qolish xotira jarani sifatida o‘zining qonuniyatlariga ega. Masalan, esda 
saqlab qolishning dinamik va statik bo‘lishi aniqlangan. 
Dinamik esda saqlab qolish 
operativ xotirada, statik – aksincha, uzoq vaqtli xotirada namoyon bo‘ladi. Dinamik esda 
saqlashda material kam o‘zgaradi, statikda, aksincha, u albatta, o‘zgarish va ma’lum 
qayta tiklanishga uchraydi. Qayta tiklanish turli sharoitlarda, masalan, kamroq 
ahamiyatga ega bo‘lgan qismlarning yo‘qolishi va ularning boshqa qismlar bilan 
almashtirilishi, material izchilligining o‘zgarishida, uning umumlashtirilish darajasida 
ifodalanadi. 
Materialni xotirada tiklash eslash va tanish jarayonlari yordamida amalaga 
oshiriladi. 
Eslash
– bu xotiradagi materialdan keyingi faoliyatda foydalanish. Eslashning 
fiziologik asosini jism va harakatlarni idrok qilishda avval hosil bo‘lgan nerv aloqalarini 
tiklash tashkil etadi. Eslash 
maqsadsiz
(ixtiyorsiz) va 
maqsadli
(ixtiyoriy) bo‘lishi 
mumkin. Birinchi holatda eslash biz uchun kutilmaganda sodir bo‘ladi. Masalan, o‘qigan 
maktabimiz yonidan o‘tib keta turib, beixtiyor bizga ta’lim bergan o‘qituvchi yoki 
maktabdosh do‘stlarning obrazlarini namoyon qilishimiz mumkin. 
Ixtiyoriy eslashda ongli ravishda maqsadga ega bo‘lgan holda eslaymiz. Bunday 
maqsad bo‘lib o‘tmish tajribamizdan biror voqeani yodga tushirishga intilish, masalan, 
yaxshi yod olgan she’rni esga tushirish maqsadini ko‘zlaganimizdagi vaziyat 
hisoblanadi.[1] 
SHuningdek, eslashning turli xillari: haqiqiy eslash, yodga tushirish, tanish mavjud. 
Alohida o‘rinni xotiralar – shaxsning tarixiy esdaliklari egallaydilar. E
sga tushirishda
ko‘zlangan maqsad – biror narsani eslash – asosiy masalani hal qilish imkonini beruvchi 
oraliq maqsadlarga erishish yordamida amalga oshiriladi. Masalan, qandaydir voqeani 
eslash uchun bu bilan u yoki bu darajada bog‘ liq bo‘lgan dalillarni eslashga harakat 
qilamiz. Bunda oraliq zanjirlardan foydalanish 

Yüklə 343,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə