Tayanch tushunchalar


 Xotira jarayonlari va turlari



Yüklə 343,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix05.01.2023
ölçüsü343,57 Kb.
#98226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
 
8.3. Xotira jarayonlari va turlari 
Xotira quyidagi asosiy jarayonlardan iborat: esda olib qolish, esda saqlash va 
unutish. 
Esda saqlash
– bu idrok qilingan ma’lumotni eslab qolish va esda saqlash jarayoni. 
Bu jarayonning kechish darajasiga ko‘ra, eslab qolish ikki turga bo‘linadi: ko‘zlanmagan 
(ixtiyorsiz) va ko‘zlangan (ixtiyoriy). 
Ixtiyorsiz esda olib qolish
bu hech qanday 


vositalarsiz va kuchlarni namoyon qilmasdan bemaqsad eslab qolish. Masalan, 
o‘rmondagi sayr yoki spektakl tomoshasidan so‘ng eslab qolish uchun ma’lum maqsadni 
ko‘zlamagan bo‘lsakda, taassurotlarimizdan ko‘proq qismini yodimizga tushirishimiz 
mumkin. Inson uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan, uning qiziqishlari va ehtiyojlari, 
faoliyatining maqsad va vazifalaribilan bog‘ liq bo‘lgan, barchasining esda saqlanib 
osonroq kechadi. SHuning uchun ixtiyorsiz eslab qolish ma’lum ma’noda tanlab 
o‘tkazish xususiyatiga ega va bizning atrofdagilarga bo‘lgan munosabatimiz bilan 
belgilanadi. 
Ixtiyoriy esda saqlash
maqsadsiz esda saqlashdan insonning o‘z oldiga ma’lum 
maqsad qo‘yib, yod olishning maxsus usullarini qo‘llashi bilan farqlanadi. Ixtiyoriy esda 
saqlash yod olish vazifasiga bo‘ysungan o‘ziga xos murakkab aqliy faoliyatdir. 
Matarialni esda olib qolish usulariga 
yod olish 
kiradi, uning mohiyati o‘quv materialini 
to‘liq va xatosiz yod olmagunicha ko‘p marta takrorlashdan iborat. Masalan, she’r, qoida, 
ta’rif, qonunlar, formulalar, tarixiy sanalar va boshqalarni yod olish.[1] 
Ixtiyoriy esda oib qolishning asosiy xususiyati – bu esda olib qolish ko‘rinishidagi 
yuklatilgan vazifada iroda kuchlarini namoyon qilish. Hayotdagi ko‘pchilik idrok 
qilinuvchilar esda olib qolish vazifasi yuklatilmagan bo‘lsa, esimizda saqlanib qolmaydi. 
YOd olishda umumiy vazifa bilan birgalikda, xususiy, maxsus vazifalarning 
yuklatilishi ham katta ahamiyatga ekanligini ta’kidlab o‘tish joiz. Ba’zi vaziyatlarda, 
masalan, idrok qilinayotgan ma’lumotning faqat asosiy mohiyati, faqat asosiy fikr va 
ahamiyatga molik bo‘lgan dalillarni esda olib qolish, boshqalarida esa – so‘zma-so‘z esda 
olib qolish, uchinchilarida – dalillar izchilligi va h.k.larni aniq esda olib qolish vazifasi 
yuklatiladi. 
S.L.Rubinshteynning fikriga ko‘ra, esda olib qolish amalga oshirilayotgan 
faoliyatning borishi xususiyatiga bog‘ liq bo‘ladi. Bundan tashqari, uning fikricha, 
ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishning yuqori samaradorligi haqida bir ma’noli 
xulosa chiqarish mumkin emas. P.I.Zinchenko, A.A.Smirnovlarning olib borgan 
tadqiqotlari ma’lum sharoitlarda ixtiyorsiz esda olib qolishning ixtiyoriy esda olib 
qolishdan samaraliroq bo‘lishini isbotladi. 
Tizimli bilimlarning katta qismi, maqsadi ma’lum materialni xotirada saqlab qolish 
uchun esda olib qolish bo‘lgan maxsus faoliyat natijasida orttirilganligini hisobga olish 
zarur. Materialni esda olib qolish va eslashga qaratilgan bunday faoliyat 
mnemik faoliyat
deb ataladi. 
Esda olib qolingan materialning anglanganlik darajasiga ko‘ra anglangan va 
mexanik esda olib qolish ajratiladi. 

Yüklə 343,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə