Tayanch tushunchalar


ixtiyorsiz va  ixtiyoriy



Yüklə 343,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/12
tarix05.01.2023
ölçüsü343,57 Kb.
#98226
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
ixtiyorsiz
va 
ixtiyoriy
xotiralarga 
bo‘linadi. Biror narsani esda olib qolish yoki esga tushirish maxsus maqsadga ega 
bo‘lmagan esda olib qolish va eslash ixtiyorsiz xotira deyiladi. SHunday maqsad 
ko‘zlanganida ixtiyoriy xotira haqida so‘z yuritiladi. 
Axborot saqlashning vaqt bo‘yicha belgilanganligiga bog‘ liq ravishda xotirani 
qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotiraga bo‘lish mumkin. CHegaralangan vaqt 
(30 soniyagacha) ichida axborot saqlash xususiyatiga ega bo‘lgan va ushlab qolinadigan 
elementlar sonining chegaralanganligi bilan ajralib turadigan xotira 
qisqa muddatli xotira
deyiladi.Bu xotira idrok qilinganlarning faqatgina umumlashtirilgan obrazini, uning 


ahamiyatga molik elementlarini saqlab qoladi. Xotira ushbu turining hajmi 5-7 ob’ekt 
bilan chegaralangan.[1] 
Uzoq muddatli xotira
– materialni chegaralanmagan vaqt oralig‘ ida va axborotni 
chegaralanmagan hajmda ushlab qolish xususiyatiga ega bo‘lgan xotira turlaridan biri. 
Operativ xotira
– ma’lum faoliyatni bajarishda namoyon bo‘ladigan, shu faoliyatga 
qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiradan kelayotgan axborotni saqlashga binoan xizmat 
ko‘rsatuvchi joriy faoliyatni bajarish uchun zarur bo‘lgan xotira turi. Bu xotira turi 
axborotni saqlash davomiyligi va o‘z xossalariga ko‘ra qisqa va uzoq muddatli xotiralar 
o‘rtasidagi oraliq holatni egallaydi. Operativ xotirada materialning saqlanish vaqti 
operatsiyaning bajarilish davomiyligi bilan aniqlanadi. 
Anglanish darajasiga ko‘ra xotira mexanik va mantiqiy xotiraga bo‘linadi. 
Mantiqiy 
xotira
– yod olinishi zarur bo‘lgan materialdagi mantiqiy aloqalarni o‘rnatish va 
tushunishga asoslangan xotira turi. Tafakkur va xotiraning aloqasi psixologiyada mavjud 
bo‘lgan tushunarli bo‘lgan narsa oson eslab qolinadi, degan aqidada qayd etiladi. 
Mexanik xotira
o‘rganish va hayotiy tajriba orttirish qobiliyati shaklida namoyon 
bo‘ladi. 
Ko‘rib chiqilgan xotira turlari alohida o‘zlari mavjud bo‘la olmaydi. Fikr va 
tushuncha xotirasi so‘z-mantiqiy xotira sifatida, shuningdek, har bir xususiy vaziyatda 
ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz bo‘ladi. 



Yüklə 343,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə