Tayanch tushunchalar



Yüklə 343,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix05.01.2023
ölçüsü343,57 Kb.
#98226
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Harakat xotirasi 
– bu turli harakatlar yoki tizimlarini esda olib qolish, saqlash va 
eslash. U, masalan, piyoda yurish, mashinani boshqarish, raqs tushish va boshqalarda 
turli harakatli malaka va ko‘nikmalarning shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Emotsional xotira
– bu boshdan kechirilgan sezgi va emotsional holatga nisbatan 
xotira. Hissiyotlar doimo ehtiyoj va qiziqishlarimizning qanday qoniqtirilayotgani, atrof-
olam bilan munosabatlarimiz qanday amalga oshirilayotgani haqida xabar berib turadilar. 
Boshdan kechirilgan va xotirada saqlanib qolgan sezgilar harakatga boshlovchi yoki 
o‘tmishda salbiy kechinmalarni uyg‘ otgan harakatdan tutib qoluvchi xabarlar sifatida 
namoyon bo‘ladi. 
Obrazli xotira 
– bu tasavvurlar, tabiat va hayot manzaralari, shuningdek, ovoz, hid, 
ta’mlarga nisbatan bo‘lgan xotira. U ko‘rish, eshitish, tuyish, hid bilish va ta’m bilish 
bilan bog‘ liq bo‘ladi. Ba’zan e
ydetik xotira
– ba’zi individlarning(eydetiklar) avval 
idrok qilingan jism va sahnalar o‘ta to‘laqonli va obrazini esda saqlash va eslash 
qobiliyatiga ega bo‘lgan odamlar uchrab turadi. Eydetik obrazlar jismning mavjud 
emasligida yuzaga kelib, oddiy tasavvurga xos bo‘lmagan izchil ko‘rgazmalilik 
xususiyatiga ega bo‘lishi bilan tasavvurlarga o‘xshash bo‘ladi. 
So‘z-mantiqiy xotira
fikrlar, tushunchalarni esda olib qolish, saqlash va eslashda 
ifodalanadi. So‘z-mantiqiy (semantik, verbal) xotira yordamida inson aqliy qobiliyati 
axborot bazasi hosil bo‘ladi, ko‘pchilik fikrlash operatsiyalari (o‘qish, hisob va h.k.) 
amalga oshiriladi.
 
So‘z-mantiqiy xotirada muhim o‘rinni ikkinchi xabar tizimi egallaydi.
 
So‘z-mantiqiy xotira – bu o‘zining sodda shakllarida hayvonlarga ham xos bo‘lgan 
motorli, emotsional va obrazli xotiralardan farqli ravishda faqat insonga xos bo‘lgan 
maxsus xotira. Xotiraning bu turi maktab va oliy o‘quv yurtlaridagi o‘quv jarayonida 
bilimlarni o‘zlashtirishda etakchi o‘rinni egallaydi. 
Xotira faoliyat maqsadiga bog‘ liqligiga ko‘ra 

Yüklə 343,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə