Tayanch tushunchalar



Yüklə 343,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix05.01.2023
ölçüsü343,57 Kb.
#98226
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


 Xotira 
REJA: 
8.1. Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari. 
8.2. Xotiraning psixologik nazariyalari. 
8.3 Xotira jarayonlari va turlari. 
TAYANCH TUSHUNCHALAR: 
Xotira 
- biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda 
saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayoni.
 
So‘z-mantiqiy xotira
- fikrlar, tushunchalarni esda olib qolish, saqlash va eslash. 
Operativ xotira
- inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor 
harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat. 
Xayol
- odamning ongida ilgaridan bor bo‘lgan vaqtli aloqalarning qaytadan tiklanishi 
va bir-biri bilan yangicha qo‘shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil 
qilish.
Agglyutinatsiya
– «elimlash» degan ma’noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib 
yangi obraz yaratiladi.
 
Giperbolizatsiya
 –
obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida 
qismlarni o‘zgartirishdir.
 
Urg‘ u berish
– ayrim belgilarni ta’kidlash orqali obrazlar yaratish.
 
 
8.1.
Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari. 
Xotira – shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyat. Uning ahamiyati o‘tmish 
voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday 
harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik aktning 
sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bog‘ lash uchun esda saqlab qolish katta 
ahamiyatga ega. Bunday bog‘ lanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning rivojlanishi mumkin 
emas. 
Faqat xotira insoniylik madaniyatining yo‘qolib ketmasligiga, tafakkurimizning 
tadbiq etilishiga va tuyg‘ ularimizning kechishiga ko‘mak beradi. Bosh miya po‘stlog‘ 
ida paydo bo‘ladigan tashqi olam obrazlariizsiz yo‘qolib ketmaydi. Ular uzoq vaqt 
davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar. Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi 
bo‘lib xizmat qiladi. Unda kechadigan barcha jarayonlar mnemik jarayonlar deb ataladi 
(yunonchadan «mnema» - xotira). 
SHunday qilib, 
xotira
– bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, 
saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni 
beqiyosdir. Xotirasiz inson «abadiy go‘daklik holatida» qolgan bo‘lar edi 
(I.M.Sechenov). S.L.Rubinshteyn ta’kidlaganidek: «Xotirasiz daqiqa mavjudotlari bo‘lar 
edik. O‘tmishimiz kelajak uchun o‘lik bo‘lardi. Hozirgi zamon kechmishiga ko‘ra 
o‘tmishda badar yo‘qolardi».[1] 
Xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po‘stida hosil bo‘ladigan shartli 
reflekslar, turli assotsiativ bog‘lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida 
assotsiatsiyalar hosil bo‘lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assotsiatsiyalarning hosil 


bo‘lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo‘ladi. Xotiraning 
nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to‘xtalar ekanmiz, so‘nggi yillarda texnikaning 
g‘oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo‘lgan ehtiyoj 
benihoya ko‘payib ketganligini ta’kidlash joiz. Bu o‘z navbatida xotiraning nerv-
fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, 
genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan o‘rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning 
nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga 
keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning o‘zgarishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga ko‘ra biror narsani esda olib qolish va esda 
saqlab turish maxsus tuzilishni o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. O‘tkazilgan tekshirishlarga 
ko‘ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) 
dendrit shoxlari tarkibida o‘zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq 
tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil bo‘lgan o‘zgarish darrov o‘tib 
ketadigan bo‘lmay, ancha mustahkam bo‘ladi. SHu sababli esda olib qolgan narsa uzoq 
vaqt xotirada saqlanib turadi.
1
Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘ziga xos xususiyati uning atrof-olamni bevosita 
aks ettirishga yo‘nalmaganligi, moddiy jismlar va hodisalar bilan ish eritmasligidan 
iborat. Jismlar olamini aks ettirish idrok va tafakkurda amalga oshiriladi. Xotira qabul 
qilingan obraz va tushunchalarni «ikkinchi aks ettirish» bilan ish ko‘radi. 
Har bir bilish jarayoni uzluksiz xotiraga aylanadi, va har bir xotira biror bir boshqa 
narsaga aylanadi. Har bir psixik jarayon boshqa jarayonni amalga oshirishning sharti 
bo‘lib xizmat qiladi (yoki o‘sha jarayonning keyingi bosqichi). Bu uning «ikkilamchi» 
mahsulotga aylanib, tasavvurda amalga oshish qobiliyatiga ega bo‘lishini, jarayonning 
keyingi rivojlanishi uchun tayanch vazifasini o‘tashi mumkinligini bildiradi. 
Xotiraning keyingi xususiyati uning bir yo‘nalishga: o‘tmishdan kelajakka 
qaratilganligidir. Inson xotirasining asosiy ishlash mexanizmi uning kelajakka 
yo‘naltirilganligidir. Xotiraning asosiy vazifasi uning kelajakka xizmat qilishidir. 
O‘tmishni aks ettirish kelajakda natijaga erishishning vositasi sifatida namoyon 
bo‘ladi.[1] 
Xotira xususiyatlarining orasida uning quyidagi tabiiy xossalari ajratiladi: 
- yodda saqlash tezligi – axborotni xotirada saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan 
takrorlashlar soni; 
- unutish tezligi – esda qolganlarning xotirada saqlanish muddati; 
- yodda saqlash hajmi – insonning ma’lum vaqt ichida esda olib qolishga qodir 
bo‘lgan jismlar yoki dalillar soni; 
- o‘zlashtirilganlarni yodda saqlash davomiyligi – insonning zarur axborotni 
ma’lum vaqt oralig‘ ida yodda olib qolish qobiliyati; 
- qayta tiklash aniqligi insonning xotirada saqlanib qolgan axborotni aniq saqlash, 
asosiysi esa, aniq ishlab chiqish qobiliyati; 
- xotira shayligi – talab etilganlarni darhol esga tushirish malakasi. 
1
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 134р


Xotira qaerda saqlanadi? Ming yillar davomida tibbiyot xodimlari xotiraning 
saqlanish joyi – bosh miya ekanligiga ishonar edilar. O‘tgan asrda avval xotiradan 
ko‘tarilgan voqealar haqidagi axborotni o‘timish qa’ridan yuzaga chiqarish qobiliyati 
uchun javobgar bo‘lgan bosh miya nuqtalarini izlash ishlari boshlab yuborilgan edi. 
Lekin miya qutisi qancha tadqiq etilmasin, axborot to‘plash va saqlash vazifasini 
bajaruvchi hech qanday soha aniqlanmadi. Ma’lum bo‘lishicha, bu vazifani yaxlit 
miyaning o‘zi, uning yarim sharlari bajaradi. 
Xotira – shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyatdir. Uning ahamiyati 
o‘tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday 
harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik aktning 
sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bog‘ lash uchun esda saqlab qolish katta 
ahamiyatga ega. Bunday bog‘ lanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning rivojlanishi mumkin 
emas.[2] 
Faqat xotira insoniylik madaniyatining yo‘qolib ketmasligiga, tafakkurimizning 
tadbiq etilishiga va tuyg‘ ularimizning kechishiga ko‘mak beradi. Bosh miya po‘stlog‘ 
ida paydo bo‘ladigan tashqi olam obrazlariizsiz yo‘qolib ketmaydi. Ular uzoq vaqt 
davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar. Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi 
bo‘lib xizmat qiladi. Unda kechadigan barcha jarayonlar mnemik jarayonlar deb ataladi 
(yunonchadan «mnema» - xotira). 
SHunday qilib, 
xotira
– bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, 
saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni 
beqiyosdir. 
Biz xotiramizning mavjudligiga shukronalar aytmog‘ imiz lozim . U bizni noto‘g‘ 
ri ishlashdan qaytarishdan tashqari, berilgan vaqtimizni to‘g‘ ri taqsimlashga, 
hayotimizni to‘g‘ ri belgilab olishimizga yordam beradi. Oilamizni tanish, o‘zimizning 
tilda gapirish, uyimizni topib kelish va oziq-ovqat va suv topish imkonini beradigan 
jarayon, bizning xotira hisoblanadi. U tajribalarimizdan bahramand bo‘lishga,tajribalarni 
xayotga tatbiq qilishga va yana qayta undan zavq olishga imkon beradigan jarayon 
albatta bizning xotira hisoblanadi Kimlarningdir yomonliklarini unutishimizga qarshilik 
ko‘rsatadigan xam bizning xotiralar hisoblanadi. 
Sizning esda olib qolganingizjuda katta rol o‘ynaydi. Sizning to‘plagan bilim 
omboringiz, o‘tgan quvonch, g‘ azab tufayli alamli xotiralar, yoki aybdorlik xisi xotira 
jarayonisiz mavjud bo‘lmagan bo‘lar edi. 
2
Tokio universiteti professori YAsudzi Miyasito rahbarligidagi tadqiqotchilar guruhi 
xotira mexanizmi bosh miya kul rang moddasining chakka qismida jamlanganini 
isbotladi. Xotira faoliyati chizmasini kashf etgan yaponiyalik olimlar dunyoga mashhur 
bo‘lgan akademik va neyrofiziolog N.P. Bextereva tasdiqlangan fikrlarni isbotladilar: 
miya hayotimizning har bir soniyasini esda saqlaydi, lekin bizga ayni damda u yoki bu 
masalalarni hal etishda zarur bo‘lganlarni yuzaga chiqaradi, xolos. Va, faqat ba’zi 
vaziyatlarda, masalan, cho‘kayotgan odamning ongida oxirgi daqiqalarda uning ko‘z 
2
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 327p


o‘ngida butun hayoti yashin tezligida uchib o‘tadi; bunda miya unga so‘nggi imkoniyatni 
beradi: balki, avval senda shunga o‘xshash vaziyat bo‘lgandir, o‘sha usulni qo‘llab, omon 
qolishing mumkin. 

Yüklə 343,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə