Tayanch tushunchalar



Yüklə 343,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix05.01.2023
ölçüsü343,57 Kb.
#98226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
takrorlash metodi
hisoblanadi.[2] 
Takrorlashni vaqt bo‘yicha to‘g‘ ri taqsimlash juda muhimdir. Psixologiyada 
takrorlashning 
konsentratsiyalash 
va
taqsimlash 
usullari mavjud. Birinchi usulda 
materiallar tanaffuslarsiz ketma-ket takrorlanadi. Masalan, she’rni yodlash uchun 12 
marta takrorlash talab etilsa, o‘quvchi uni yod olmagunicha ketma-ket 12 marta o‘qiydi. 
Taqsimlangan takrorlashda har bir takrorlash keyingisidan vaqt oralig‘ i bilan ajratilgan 
bo‘ladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, taqsimlangan takrorlash konsetratsiyalangan takrorlashdan 
samaraliroqdir. 
Samarali esda olib qolishning ixtiyoriy va ixtiyorsiz shartlari va qonuniyatlari 
aniqlangan. 
Maqsadsiz samarali esda olib qolishning shartlari
: kuchli ahamiyatli tabiiy 
seskantiruvchilar; yuqori yo‘nalishli faoliyatni yuzaga keltiruvchilar (harakt jarayonini 
to‘xtatish yoki tiklash, hodisaning noodatiyligi); ushbu odam uchun ahamiyatga ega 
bo‘lgan seskantiruvchilar (kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan jismlar); alohida emotsional 
tusga ega bo‘lgan seskantiruvchilar; ushbu inson ehtiyojlariga kuchliroq bog‘ langanlari; 
faol harakat ob’ekti bo‘lib hisoblanganlari 
Samarali ixtiyoriy esda olib qolishning shartlari
ga materialning ahamiyatliligi va 
mohiyatini anglash; uning tuzilishi, tarkibiy qism va elementlari o‘rtasida o‘zaro 
mantiqiy bog‘ liqlikni aniqlash; so‘z-matnli materialda reja, ayanch so‘zlarni belgilash, 
materialni chizma, jadval ko‘rinishida taqdim etish; materialning mazmundorligi va 
hammabopligi, uning inson yo‘nalishi va shaxsiy tajribasi bilan solishtirilishi
materialning hissiyotli-estetik boyitilganligi; ushbu materialning ma’lum sharoitlarda 
eslashning zarurligiga moyillik; ushbu materialning amaliyotda qo‘llash imkoniyati


materialning ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga erishish, masalalarni hal etish vositasi, 
faol aqliy faoliyatning ob’ekti sifatida namoyon bo‘lishi. 
Xotiraning ma’lum samaralari aniqlangan. Agar tekshiriluvchiga 10ta bo‘g‘ inli 
qator berilsa, birinchi va oxirgi bo‘g‘ inlar oson esda qoladi, o‘rtadagilari esa unchalik 
esda qolmaydi, – bu «chegara samarasi». B.V. Zeygarnik samarasi – tekshiriluvchilarga 
vazifalarni bajarish taklif etilib, ularga bir xillarini oxirigacha echishga imkon berilsa
boshqalari yakuniga etkazilmasa, oqibatda tekshiruvdagilar tugallanmagan vazifalarni 
to‘liq echilgan vazifalarga qaraganda 2 marta ko‘proq eslay oladilar.[2]
Xotiraning navbatdagi jarayoni – 

Yüklə 343,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə