Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti



Yüklə 427 Kb.
səhifə19/28
tarix09.06.2022
ölçüsü427 Kb.
#89205
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
BMI

5904-I navi. Seleksioner K. I. sinda tomonidan Turkmaniston dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutining Yolatanseleksiya stansiyasida 4201—I X 3159—I navlarini chatishtichrishdan olingan duragay avloddan chiqarilgan. 1947 yildan davlat nav sinovida bo‘lib, 1953 yilda rayonlashtirilgan.
Ingichka tolali g‘o‘za navlari ichida birmuncha ertapishar.Ko‘saklari 108-f navi ko‘saklaridan 5—7 kun kech ochiladi. Serxosil bo‘lib, fuzarioz viltga kuchsiz chidamli.Tupi ustunsimon, kam bargli, bo‘yi 110—120 sm. Usuv shoxlari kam rivojlanadi, poyasi tuksiz, yotib qolmaydi. Hosil shoxlari yo‘q, nol tipda shoxlanadi, ko‘saklari asosiy poyadagi barg qo‘ltig‘ida rivojlanadi. mevabandi uzun. Birinchi ko‘sak 4—5- bo‘g‘imda hosil bo‘ladi. Barglari yirik, 3—5 bo‘lakli, bargning bo‘laklanishi kuchli, o‘rtadagi bo‘lagi juda cho‘ziq, uchburchak shaklida.
Guli yirik, gultojibarglari sariq rangli, asosida qizg‘ish antotsian dog‘i bor. Ko‘sagi tuxumsimon-yumaloq, kalta uchli, 3—4 chanoqli, tolasi och sariq, paxtasi chanoqlardan to‘kilib ketmaydi. Chigiti deyarli tuksiz, uchlari va choki bir oz tuklangan, tuki och ko‘kimtir-och kul rang tusda. 1000 ta chigitining vazni 120—140 g keladi. Bitta ko‘sakdan 3,0—3,5 g paxta chiqadi. Tola salmog‘i 34,0—35%.
Tolasining uzunligi 35—37 mm, metrik nomeri 5500—6000, pishiqligi 5,5 gr, uzilish uzunligi 32 km, ingichka tolali g‘o‘za tolasiga qo‘yilgan talablarga javob bermaydi U asosiy ingichka tolali nav sifatida ekiladi.
5595-V navi. Seleksioner V. P. Krasichkov tomonidan Tojikiston SSR Vaxsh tajriba stansiyasida 5476—IXS—2525 navlarini chatishtirishdan olingan duragay avlodidan chiqarilgan. 1958 yildan davlat nav sinovida bo‘lib, 1964 yilda rayonlashtirilgan.
5904—I naviga nisbatan 1—3 kun kech ochiladi, lekin fuzarioz viltga undan ko‘ra birmuncha chidamli. Tupi ustunsimon, hosil shoxlari deyarli rivojlanmaydi (cheklangan tip), poyasi tuksiz. Ko‘sagi tuxumsimon-cho‘ziq, bitta ko‘sak paxtasining vazni 5904—I navinikaga teng, ya’ni 3,0—3,2 g keladi. Tola salmog‘i 5904—I navinikiga nisbatan 3—4% kam. Tolasining uzunligi 35—37 mm, metrik nomeri 6800, pishiqligi 4,9 gr, fuzarioz viltga nisbatan chidamli.

Yüklə 427 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə