Termiz muhandislik-texnologiya


Ventilatorlarning birgalikda ishlashi



Yüklə 2,8 Mb.
səhifə11/12
tarix08.06.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#116050
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
ангрен kurs ishi.tayor

Ventilatorlarning birgalikda ishlashi
Ko‘pincha shaxtalarni shamollatish bir necha ventilatorlar yordamida amalga oshiriladi. Bunda ventilatorlar o‘zaro ketmaket, parallel va kombinatsion usullarda ulangan bo‘lishi mumkin.Ventilatorlarning birgalikda ishlashdagi masalalarni yechish uchun ularning to‘liq xarakteristikasi va bir-biriga ta’sirini bilish kerak. Quyidagi hollarda ventilatorning ketma-ket ishlashi qo‘llanadi:
— ikkita ventilator boshqa-boshqa stvolga joylashtirilib, ularning bittasi havoni haydash, ikkinchisi esa so‘rish usulida ishlaganda;
— yer yuziga o‘rnatilgan bosh ventilator bilan yer ostiga o‘rnatilgan yordamchi ventilatorlar birgalikda ishlaganda;
— uzun lahimlarning o‘tish vaqtida ularni shamollatish uchun bitta quvurga bir necha ventilatorlar o‘rnatilganda.
Ventilatorlarning birgalikda ishlash masalalarini hal qilish ularning umumiy debiti va depressiyalar yig‘indisini aniqlashdan iborat bo‘lib, masalalar grafik yoki elektrik modellash asosida yechiladi. Bunda, eng avvalo, ventilatorlarning xarakteristikasi yig‘indisi deb ataluvchi umumiy xarakteristika quriladi.
Ventilatorlarning birgalikda ishlashi:
a - ikkita havo haydovchi ketm a-ket ulangan ventilatorlar bilan sham ollatish; b - haydovchi-so‘ruvchi ventilatorlar bilan shamollatish;
d - ikkita parallel joylashtirilgan so‘ruvchi ventilatorlar bilan sham ollatish; e - so‘rish usulida sham ollatishning flangli sxemasi; f - haydash usulida sham ollatishning flangli sxemasi.
Shamollatish usullari. Shaxtalarni shamollatishda so‘ruvchi, haydovchi (puflovchi) va ham so‘ruvchi, ham haydovchi shamollatish usullaridan foydalaniladi.So‘ruvchi shamollatish usulida ventilator stvol bilan shamollatish kanali orqali birlashtiriladi va havo ventilator diffuzori orqali atmosferaga chiqib ketadi.Shamollatishning haydovchi usuli qo‘llanganda, ventilator to‘xtab qolgan sharoitda shaxtada havo bosimi ko‘payadi va havoga metan ajralib chiqishi kuchayadi. Shuning uchun shamollatishning havoni haydovchi usuli shaxtaning yuqori gorizontlari, shuningdek, karbonat angidrid ajralib chiqadigan shaxtalarni shamollatishda qo‘llanadi. Bu sxemada qazishdan bo‘shagan maydon orqali atmosferaning so‘rilishi sodir bo‘- ladi. Natijada havoning sirqib chiqishi kamayadi va o‘z-o‘zidan yonishga moyil qatlamlarni qazib olishda yong‘in xavfsizligi yuqori bo‘ladi.Shamollatishning haydovchi-so‘ruvchi usuli o‘z-o‘zidan yonishga moyil, qalin ko‘mir qatlamlarini qazib oladigan va lahimlar tarmog‘ining aerodinamik qarshiligi katta bo‘lgan shaxtalarning yuqori gorizontlarini shamollatishda qo‘llanishi mumkin. Bunda bosh havo haydovchi va yordamchi havoni so‘ruvchi ventilatorlar yordamida shamollatishning flangli sxemasi qo‘llanadi.



Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə