Texnologiya ta'iimi darslarida muammoli ta'lim Reja: Kirish Asosiy qism


Muammoli ta’limning nazariy asoslari



Yüklə 75,66 Kb.
səhifə6/9
tarix28.05.2023
ölçüsü75,66 Kb.
#113788
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Texnologiya ta\'iimi darslarida muammoli ta\'lim

Muammoli ta’limning nazariy asoslari.

  • Muammoli ta’limning nazariy asoslari.
  • Umumta’lim maktablari, kasb – hunar kollejlari, akademik litseylar oldida turgan bosh maqsad talabalarning har tomonlama garmonik rivojlanishini ta’minlashdan iborat. O’quvchi, talaba shaxsini har tomonlama va garmonik rivojlanishini ko’rsatuvchi asosiy faktor, uning yuqori darajada mustaqil fikrlash, o’z nuqtai nazarini himoya qilishda namoyon bo’ladi.
  • Agar o’quv jarayoni o’quvchi – talabani mustaqil fikr yurita olishga o’rgatsa, unday ta’limni rivojlantirishga asoslangan o’quv – biluv jarayoni deb qabul qilish mumkin.
  • O’quvchini fikrlashga yo’naltirilgan maxsus vositalarni qo’llab, uni fanga qiziqtirish, erkin fikrlashga o’rgatish, rivojlantirish tizimi yaratib borilsa, buni muammoli ta’lim deyish muumkin.
  • O’quvchini faollashtirishda samarali ta’lim metodini amalga oshirishda yangicha didaktik yondashuv asosida olib borilishi tushuniladi.
  • O’quvchilarning aqliy fikrlashlarini tayyor, avvaldan tayyor, mavjud bo’lgan yo’llar bilan o’stirish maqsadga erishishning oddiy usuli bo’lib, u ijodkorlikka, izlanuvchanlikka olib kelmaydi.
  • Muammoli ta’lim jarayonida o’quvchi tahlillar asosida qo’llash, sintez qilish, umumlashtirish, faktik materialni aniqlashtirish, o’zi mustaqil, yangi axborot oladi. Boshqacha aytganda, ilgari olgan bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, o’zlashtiradi va amalda qo’llay bilishga harakat qiladi.
  • Olgan bilimlarini hayotda qo’llashda o’qituvchi qo’llanma, darsliklardan tayyor bilim olishni bermaydi, u o’quvchi tomonidan izlab topiladi. Mana shu

holatda izlanuvchanlik, sinchkovlik, ishlash metodikasi va ko’nikmalari shakllanib boradi.

  • holatda izlanuvchanlik, sinchkovlik, ishlash metodikasi va ko’nikmalari shakllanib boradi.
  • Aqliy izlanish – juda murakkab jarayon bo’lib, u asosan muammoli vaziyat vujudga keltirilganda, aniq muammolar ko’rsatilgandagina vujudga keladi. Agar o’qituvchi o’quvchiga topshiriq berib, uni qanday bajarish yo’lini aytib, uni bajarishga undasa, bu muammoni yechishga kirmaydi. Bu o’quvchini tanxo o’zini yagona yechishga o’rgatadi xolos.
  • O’quvchini haqiqiy faollashtirish, uni muammoni mustaqil fikrlash, nazariy va amaliy tamoyillarini hisobga olish, tahlil orqali muammo yechimini o’zi o’ylaganidek yakun toptirishga olib kelishi kerak.
  • Muammoli ta’lim an’anaviy ta’limdan o’zining maqsad, printsiplari, metodlari, vazifalari jixatidan keskin farq qiladi. An’anaviy ta’limning bosh maqsadi ilgaritdan fanga ma’lum bo’lgan, bilimlarni o’zlashtirish, o’quvchini fanga ma’lum ma’lumot bilan qurollantirish, ular haqida tushuncha, ko’nikma va malakalar hosil qilishdan iborat.
  • Muammoli ta’lim darajalari.
  • Birinchi bosqich. O’qituvchi muammoni to’liq yoritadi va uni yechimini topib beradi. Qarshi savollar yordamida o’quvchilarni fikrlashga ixtiyoriy majbur etadi.
  • Ikkinchi bosqich. O’qituvchi muammoni qo’yib, uning mazmun – mohiyatini ifodalaydi. Keyin o’quvchilarni muammo yechimini mustaqil izlashga yo’naltiradi.
  • Uchinchi bosqich. O’qituvchi muammoni bayon etmaydi, balki muammoli vaziyat yaratadi. O’quvchilar mustaqil fikr yuritib, muammoli vaziyatdan chiqish yo’llarini izlab topadilar.

Yüklə 75,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə